O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Mehnat unumdorligi 
ma‘lum ish vaqti birligi mobaynida 
ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab 
chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o‗lchanadi.
Mehnatning intensivligi 
deganda ish vaqti birligi davomida ishchi 
kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi.
Tovar qiymatining negizini aniqlash doimiy ravishda tortishuvlar va 
munozaralarga sabab bo‗lib, bu borada quyidagi ikki asosiy yo‗nalish 
mavjud: 
1) qiymatning mehnat nazariyasi; 
2) qiymatning keyingi qo‗shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. 


33 
Qiymatning mehnat nazariyasi 
asoschilari bo‗lib Uilyam Petti, 
Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi. 
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlarni 
ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning 
miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya‘ni ijtimoiy 
zaruriy ish vaqti bilan o‗lchanadi. 
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish 
sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy 
mehnatni taqsimlash va rag‗batlantirishni tartibga soluvchi, obyektiv 
qiymat qonunini
mavjud bo‗lishini tan oladi. Ular fikriga ko‗ra, bu 
qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati 
asosida amalga oshiriladi.
Qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan 
ozroq bo‗lgan ishlab chiqaruvchilarni rag‗batlantiradi. Bu bilan ishlab 
chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirishga undaydi. Aks holda 
ular bozordan siqib chiqarilishlari yoki xonavayron bo‗lishlari mumkin.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat 
kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib 
turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. 
Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari 
quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo‗lgan holda narx = qiymat. 
Talab > taklif bo‗lgan holda narx > qiymat.
Talab < taklif bo‗lgan holda narx < qiymat.
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar 
ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‗lmay, balki obyektiv 
qiymat qonunining kuchi ta‘siri ostida bo‗ladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin