31
Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi
shundaki, bunda tovar yoki xizmat o‗zining iste‘moli uchun emas, balki
bozorga sotish uchun yaratiladi.
Tovar xo‗jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-
iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‗y berishi. Bunda ishlab
chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga
ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o‗z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili
bo‗yicha, ya‘ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab
chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;
2) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda
ular o‗z mehnat natijalarini o‗zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik
xo‗jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o‗zi hal
qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur
qilib qo‗yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi.
Mehnat mahsuli tovarga, ya‘ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish
uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab
chiqaruvchilarga aylanadi.
Tovar –
bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‗lgan ayirboshlash
uchun yaratilgan mehnat mahsuli.
Tovar ikki xususiyatga ega:
birinchidan,
u kishilarning qandaydir
ehtiyojini qondiradi;
ikkinchidan,
u boshqa buyumga ayirboshlana
oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar iste‘mol va almashuv
qiymatlariga ega.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan,
marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari
ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning
xayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya‘ni hech kim bilan aloqasi
bo‗lmagan o‗rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o‗zi qolib
ketgan Robinzonning xayoli bilan aniqlash usulini qo‗llaydilar. Albatta,
tabiatda mavjud bo‗lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday
narsa ham naflilikka ega bo‗lavermaydi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik
degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni
tan oladi.
Dostları ilə paylaş: