40
9 – LABORATORIYA ISHI
ILASHISH MUFTASI TUZILISHINI O‘RGANISH
9.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad:
Ilashish
muftasining
tuzilishi,
ishlashi
va
ularning
konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat.
9.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Kuchni o‘zgartirishda transmissiyani ishlab turgan dvigateldan
vaqtincha
uzish uchun, avtomobilning o‘rnidan ravon qo‘zg‘alishini
ta’minlash va uzatmalarni almashtirishda transmissiyani ishlab turgan
dvigatel validan vaqtincha ajratish vazifasini bajaradi.
9.1 – rasm. Friksion ilashish muftasi sxemasi:
1 – g‘ilof; 2 – siquvchi disk; 3 – maxovik; 4 – yetaklanuvchi disk;
5 – bikr plastinkalar; 6 – prujinalar; 7 – richaglar; 8 – podshipnik;
9 – mufta vilka; 10 – padal; 11 – prujina; 12 – tortqi.
Ishlash prinsipiga ko‘ra ilashish muftasi friksion, gidravlik va
elektromagnitli bo‘ladi. Hozirda asosan friksion ilashish muftalari
41
ishlatiladi. Ular dvigateldagi burovchi
momentni uzatmalar qutisiga
o‘zaro ishqalanuvchi disklar yordamida uzatadi. Ilashish muftasi
yetakchi disklarning soniga qarab bir, ikki va ko‘p diskli,
siquvchi
prujinalarning turiga va joylashuviga
qarab-aylana joylashgan
prujinali, bitta markaziy prujinali va markaziy diafragma prujinali
bo‘ladi. Aylana bo‘ylab joylashgan va markaziy diafragma prujinali,
bir diskli, quruq ilashish muftasi avtomobillarda ko‘proq ishlatiladi.
Chunki bunday ilashish muftasi oddiy bo‘lib, ishlatish va ta’mirlash
ancha qulay.
Ikki diskli ilashish muftasi asosan og‘ir yuk ko‘taradigan
avtomobillarga o‘rnatiladi. Ural-375, Kraz-257, MAZ-5335. Kamaz-
5320. Ko‘p diskli ilashish muftasi
gidromexanik uzatmalarda
qo‘llaniladi. Friksion ilashish muftasi to‘rtta asosiy qismdan tashkil
topgan: yetakchi va yetaklanuvchi qismlar, siquvchi va ilashish
muftasini boshqaruvchi mexanizmlar.
Yetakchi qismiga maxovik,
qobiq va siquvchi disk, yetaklanuvchi qismiga, yetaklashuvchi disk
kiradi. Ilashish muftasining qo‘shilishini ta’minlaydigan siquvchi
mexanizm bir nechta prujinalardan iborat. Boshqarish mexanizmiga
ajratish muftasi podshipnigi, ajratish vilkasi, tortqi,
pedal va prujina
kiradi.
Dostları ilə paylaş: