55
Asosiy uzatma sxemasi va ishlashini o‘rganish;
Yakka asosiy uzatmaning yetaklovchi va yetaklanuvchi
shesternyalarining konstruksiyasini o‘rganish;
Gipoidli asosiy uzatmaning konstruksiyasini o‘rganish. Uning
afzalliklari va kamchiliklarini o‘rganish;
Chervyakli asosiy uzatmaning konstruksiyasini o‘rganish;
Oldi yetaklovchi va boshqariluvchi avtomobilning yakka
asosiy uzatma konstruksiyasini o‘rganish;
Qo‘shaloq asosiy uzatmaning
zaruriyatini talabalarga
tushuntirish;
Qo‘shaloq asosiy uzatmali konstruksiyani o‘rganish;
Markazlashgan qo‘shaloq asosiy uzatma konstruksiyasini
o‘rganish;
Ikki
qismga bo‘lingan – ajratilgan asosiy uzatma
konstruksiyasini o‘rganish.
12.5. Ish bo‘yicha hisobot
1.
Asosiy uzatma turlarining kinematik sxemalarini chizish.
2.
Asosiy uzatmaning detallarining vazifasini qisqacha yoritish.
3.
Asosiy uzatmaning asosiy parametrlarining qiyosiy jadvali.
№
Ko‘rsatkichlar
Avtomobil turi
Neksiya
KamAZ ZIL
Matiz
1. Asosiy uzatmaning turi
2.
Asosiy uzatmaning uzatish
soni
3. Yetakchi
valning tayanchlari
12.6. Nazorat uchun savollar
1.
Asosiy uzatmaning vazifasini ayting?
2.
Yakka asosiy uzatmaning turlarini ayting?
3.
Qo‘shaloq asosiy uzatmaning turlarini ayting?
4.
Gipoid shesternyali asosiy uzatmaning afzalliklari nimalardan
iborat?
56
5.
Qo‘shaloq asosiy uzatma konstruksiyasini qo‘yilishini asosiy
sabablari nimalardan iborat?
6.
Konussimon shesternyali asosiy
uzatmaning kamchiliklari
nimalardan iborat?
7.
Qo‘shaloq asosiy uzatma konstruksiyasini qo‘yilishini asosiy
sabablari nimalan iborat?
8.
Asosiy uzatmaning uzatish soni nimani bildiradi?
9.
Yakka asosiy uzatma konstruksiyalarida tayanch tirgak
qo‘yilishining sababi nima?
10.
Ajratilgan asosiy uzatma konstruksiyasining afzalligi nimada?
11.
Qanday avtomobilda ajratilgan asosiy uzatma qo‘llaniladi?
12.
Ajratilgan asosiy uzatmada
burovchi moment necha joyda
ko‘payadi?
13.
Zamonaviy avtomobillarda nima uchun chervyakli asosiy
uzatma qo‘llanilmaydi?
14.
Chervyakli asosiy uzatmaning avzalligi va kamchiligi
nimadan iborat?
15.
Oldi g‘ildiraklari yetaklovchi va boshqariluvchi bo‘lgan
yengil avtomobillarda qanday asosiy uzatma qo‘yilgan?
16.
Konusli shesternyalar nima uchun spiral tishli qilib yasaladi?
17.
Gipoid uzatma spiral uzatmadan nima bilan farq qiladi?
18.
Oldi g‘ildiraklari yetaklovchi va boshqariluvchi bo‘lgan
yengil avtomobillarda asosiy uzatmaning
yetakchi shesternyasi
qayerda joylashgan?
19.
Yakka asosiy uzatmalar sxemasini chizish.
20.
Qo‘shaloq asosiy uzatmalar sxemasini chizing.
21.
Nima uchun silindrik asosiy uzatmalarda katta uzatishlar
sonini olish mumkin emas?
22.
Yengil avtomobillarda asosiy uzatmaning uzatish soni qanday
oraliqda bo‘ladi?
23.
Yuk avtomobillarda asosiy uzatmaning uzatish soni qanday
oraliqda bo‘ladi?
Dostları ilə paylaş: