57
13 – LABORATORIYA ISHI
DIFFERENSIAL VA YARIM O‘QLAR TUZILISHINI
O‘RGANISH
13.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad:
Differensiallar va yarim o‘qlarning
tuzilishi, ishlashi va ularning
konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat.
13.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
Ma’lumki, avtomobil burilayotganda bir xil vaqt ichida ularning
tashqi g‘ildiraklari ichki g‘ildiraklariga nisbatan ko‘proq yo‘l bosadi.
Demak, bu holda tashqi g‘ildiraklar ichki gildiraklarga qaraganda tez
aylanadi. G‘ildiraklarning bu kabi
har xil tezlikda aylanishi
avtomobillar (to‘g‘ri yo‘nalishda) notekis yo‘llardan harakatlanganda,
shuningdek, g‘ildiraklar har xil diametrga (shinalarning yoyilishi yoki
havo bosimi turlicha bo‘lganda) ega bo‘lganida ham ro‘y beradi.
13.1 – rasm. Differensial tuzilishini soddalashtirilgan sxemasi:
1, 6 – yarim o‘qlar; 2 – yetaklanuvchi shesterna; 3 – o‘q;
4, 8 – konussimon satellitlar; 5 – differensial qutisi; 7, 9 – yarim o‘q
shesternalari.
58
Yetakchi g‘ildiraklarning har xil
tezlikda harakatlanishini
ta’minlash uchun ularni bitta valga o‘rnatmasdan, har biri mustaqil
harakatlanadigan va yarim o‘q deb ataluvchi
ayrim-ayrim vallarga
o‘rnatiladi. Shunday qilib, avtomobil burilayotganda ma’lum
aylanishlar chastotasiga ega bo‘lgan asosiy uzatmadagi yetaklanuvchi
shesternyaning harakati gildiraklarga har
xil aylanishlar chastotasi
bilan uzatilishi kerak. Avtomobillarda bunday vazifani differensial
bajaradi.
Avtomobillarda asosan shesternyali va kulachokli differensiallar
ishlatiladi.
Yarim o‘qlar differensialdan
burovchi momentni yetakchi
g‘ildiraklarga uzatadi. Avtomobillarda qo‘llaniladigan yarim o‘qlari-
ning asosiy turlari quyida keltirilgan. Yarim o‘qlarning tashqi uchlari
g‘ildirak gupchagiga flanes, shponka yoki shlitsa yordamida ulanadi.
Ichki uchi esa ko‘pchilik avtomobillarda yarim o‘q shesternyasi bilan
shlitsa yordamida biriktiriladi.
13.2 – rasm. Yarim o‘qlar:
a
– flanesli;
b
– flanessiz;
d
– yarim
yuksizlantirilgan;
e
– to‘la yuksizlantirilgan; 1, 3 – shlisli uchlari;
2 – flanes; 4 – podshipnik; 5 – balka; 6 – yarim o‘q; 7 – gupchak.