48
11 – LABORATORIYA ISHI
KARDAN UZATMA TUZILISHINI O‘RGANISH
11.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad:
Kardan
uzatma tuzilishi, ishlashi va ularning konstruksiyalarini
o‘rganishdan iborat.
11.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
Kardanli uzatma o‘qlari bir-biriga to‘g‘ri yotmagan va o‘z holatini
o‘zgartira oladigan vallar yordamida burovchi momentni kuch
uzatmaning bir agregatidan boshqa agregatiga uzatib beradi.
Avtomobilning kuch uzatmasiga o‘rnatilgan kardanli uzatma
dvigateldan olinadigan burovchi momentni
uzatmalar qutisi orqali
bitta yetakchi ko‘prikka tarqatish qutisi yordamida bir nechta
ko‘prikka uzatib berishi lozim.
11.1 – rasm. Qisqa bazali avtomobilning kardanli uzatmasi:
1, 3, 9, 10 – vilkalar; 2 – krestovina; 4 – vtulka; 5 – shilisali uchlik;
6 – manjeta; 7 – rezinali g‘ilof; 8 – val.
Avtomobil notekis yo‘llarda yurganida yetakchi ko‘prik ramaga
nisbatan tik tekislikda tebranib, uzatish burchagi o‘zgarib turadi. Shu
sababli burovchi momentning uzatmalar qutisidan (yoki
tarqatish
qutisidan) yetakchi ko‘prikka o‘zgaruvchan burchak ostida uzatishda
kardanli uzatmadan foydalaniladi. Kardan sharnirlar o‘qlari bir-biriga
nisbatan to‘g‘ri yotmagan vallardan burovchi momentni o‘zaro uzatish
49
uchun xizmat qiladi. Tepish va buralma tebranishlar xavfini
kamaytirish uchun aksari zamonaviy avtomobillarda kardanli sharnirli
hamda ikkita val shuningdek, oraliq
tayanchdan tashkil topgan
kardanli uzatmadan foydalaniladi. Bunda uzatmaning uzayib
qisqarishini ta’minlaydigan shlitsali birikma mavjud.
11.2 – rasm. Turli g‘ildirak formulali avtomobillar uchun kardanli
uzatma:
a
,
b
– 4x2;
d
– 4x4;
e
,
f
– 6x6; 1 – uzatmalar qutisi;
2 – kardan sharniri; 3 – kardanli val; 4, 7, 9 – yetaklovchi ko‘priklar;
5, 8 – oraliq tayanchlar; 6 – taqsimlash qutisi; 10 – reduktor.
50
Avtomobillarda qo‘llaniladigan kardanli sharnirlar ikki xil
bo‘ladi: burchak tezliklari bir xil va
burchak tezliklari bir xil
bo‘lmagan kardanli sharnirlar. Burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan
kardanli sharnirlar. O‘z navbatida qayishqoq (elastik) va bikr
(krestovinali) bo‘lishi mumkin.
Avtomobillarda uzatmalar qutisidan yetakchi ko‘prikning asosiy
uzatmasiga burovchi momentni uzatish uchun burchak tezliklarga bir
xil bo‘lmagan sharnirlarga ega bo‘lgan bir
yoki ikki valli kardanli
uzatmalardan foydalaniladi. Agar avtomobilda bitta kardanli uzatma
o‘rnatilsa kardanning old tomoniga biriktirilgan vilka kardanli
sharnirning bitta vilkasi uzatmalar qutisining ikkilamchi vilkasi shlitsli
uchlikga payvandlangan. Shlitsali uchlik kardanning shlitsali
vtulkasiga kiritilib, o‘q bo‘ylab siljuvchi birikma hosil qiladi. Shlitsali
vtulka
kardan valining old qismiga, valning ketingi uchi esa kardan
valining old qismiga va valning ketingi uchi esa shu kardan
sharnirining vilkasiga payvandlangan. Rezinadan tayyorlangan g‘ilof
shlitsali birikmani tashqi muhitdan kiradigan iflos zarrachalardan
saqlaydi.
Dostları ilə paylaş: