44
10 – LABORATORIYA ISHI
UZATMALAR VA TAQSIMLASH QUTISI TUZILISHINI
O‘RGANISH
10.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad:
Uzatmalar va taqsimlash
qutisining tuzilishi, ishlashi va ularning
konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat.
10.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
Avtomobilning yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi momentni va
tezligini o‘zgartirib turish uchun kerakli paytda ularning yo‘nalishini
ham o‘zgartirib berish va avtomobil to‘xtab
turganda yoki inersiya
bilan yurib ketayotganda salt ishlab turgan dvigatelning tirsakli valini
kuch uzatmadan uzoq muddatga ajratib qo‘yish vazifasini bajaradi.
10.1 – rasm. Uzatmalar qutisi: 1 – yetaklovchi val; 2 – uzatmalar
qutisining richagi; 3 – vilkalar; 4 – yetaklanuvchi val; 5 – transmission
moyni to‘kish jo‘mragi; 6 – oraliq val; 7 – qobig‘i.
Avtomobillarda asosan tishli mexanizmga ega bo‘lgan pog‘onali
uzatmalar qutisi ishlatiladi. Bunday uzatmalar qutisida avtomobilning
har xil yo‘l sharoitida turlicha tezlik va tezlanishini ta’minlash uchun
uzatish soni har xil qiymatga ega bo‘lgan bir nechta juft tishli
shesternyalardan foydalaniladi. Yengil avtomobillarda qo‘llanilgan
uzatmalar qutisi uch, to‘rt, yoki beshta pog‘onali, yuk avtomobillarida
45
esa to‘rt, besh, ba’zan sakkiz va undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Uzatmalar qutisi qancha ko‘p pog‘onali bo‘lsa, avtomobil turli yo‘l
sharoitiga bemalol moslashib ishlaydi, bu esa dvigatelning quvvatidan
unumli foydalanishni yaxshilaydi hamda yonilg‘i sarfini kamaytiradi.
Zamonaviy yengil avtomobillarning ko‘pchiligida to‘rt
va besh
pog‘onali, uch valli uzatmalar qutisi o‘rnatilgan.
Dostları ilə paylaş: