O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


Uzatmalar qutisi gidroqurilmasi nasosining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

Uzatmalar qutisi gidroqurilmasi nasosining
uzatish meyorlar qiymatlari
Traktor markasi 
Nasosning uzatishi, l/min 
nominal 
Ruxsat etilgan 
chegaraviy 
К-701 
40 
32 
26 
МТЗ-100 
35 
24 
16 
Т-150 
38 
28 
20 
2.12-rasm 
Moyning siljib yo‘qolish meyorlari 
Traktor markasi 
Nasosning uzatishi, l/min 
nominal 
Ruxsat etilgan 
К-701 
6,0 
11,0 
МТЗ-100, МТЗ-102 
5,0 
9,7 
Т-150 
5,6 
10,4 
Gidrotaqsimlagich va gidravlik harakatlanuvchi muftalardan moyni 
siljib oqishini aniqlash uchun quyidagi ishlar bajariladi: 

uzatmalar qutisidagi chiqarib yuborish klapanining prujinasi 
ohirgi holatgacha qotiriladi (ishning so‘ngida sozlash vinti ikki-uch
aylanaga bo‘shatiladi); 

droselning dastagi sekin asta aylantirilib, bosimni so‘rish 
yolagidagi bosim 1,0 MPa (10 kgs/sm
2
) ko‘tariladi va limba shkalasi 
bo‘yicha nasosning uzatish qiymati aniqlanadi; 

moyni siljib yo‘qolish qiymatlari aniqlanadi. Siljib oqish 
qiymatini aniqlash amaldagi uzatish bilan nasosni uzatishi oralig‘idagi farq 
bo‘yicha aniqlanadi, bunda tekshirish saqlash klapaning prujinasini tortilgan 
holda aniqlanadi; 

siljib oqishning aniqlangan qiymatlari meyoriy qiymatlar (2.12-
jadval) bilan solishtiriladi. 


68 
Agarda aniqlangan qiymat chegaraviy qiymatdan ortiq bo‘lsa, u 
holda gidrotaqsimlagich va gidravlik harakatlanuvchi mufti ta’mirlanadi.
2.4. Mashinalarni diagnostikalash texnik vositalari 
 
 
Diagnostikalash 
vositalarining 
komplektlari. 
Mashina, 
traktor, 
kombayin va qishloq ho‘jaligi mashinalarini diagnostikalash vositalarini 
loyixalashda qurilma va moslamalarning komplektligiga etibor beriladi. 
Don va em yig‘ishga mo‘ljallangan kombayinlarni tekshirish va 
sozlash КИ- 28120M rusumudagi vosita ularning texnik holatini nazorat 
qilishga, nosozliklarni aniqlash va yo‘qotish, asosiy qism va agregatlarni 
(ishchi organlarni, yurish qismini, rul boshqarmasi, gidravlik tizimni, 
elektrajixozlarni) dala sharoitida tekshirish, texnik xizmat ko‘rsatish 
korxonalarida bajarilgan TXK va T ishlarining sifati aniqlanadi. 
Komplekt tuzilishi bo‘yicha to‘rtta ko‘chma qutuchalardan tashkil 
topgan, ularning ichida texnik holatini nazorat qilish, nosozliklarni 
yo‘qotish va sozlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar va moslamalar 
joylangan. 
Komplekt 
vositalarini 
qo‘llab 
kombayinlarning 
quyidagi 
ko‘rsatkichlari tekshiriladi: 

vtulkali-rolikli zanjirlarning eyilganligi; 

vtulkaki-rolikli zanjirlarning taranglik darajasi; 

jadkaning kesuvchi pichog‘ining harakat yo‘li; 

jadka bashmoqlarining tuproqqa bosimi; 

ishchi organlarning saqlash muftasining ishga tushish kuchi; 

ishchi organlarning yig‘ma birliklarini o‘rnatish tirqishlari; 

podshipnik qosmlarining radial tirqishlari; 

vallarning bukilganligi, shneklarni (yulduzchalar) urilishi; 

ishchi organlarning tasmalarining tarangligi; 

compressor, ventilyator va generator tasmalarining tarangligi; 

yon tomondagi maksimal tirqish yig‘indisi bo‘yicha transmissiyaning 
eyilganligini; 

shinalardagi bosim va bosimlar farqi, shina protektoridagi eyilganlik 
darajasi; 

boshqariladigan gildiraklarning o‘qdoshligi; 


69 

g‘ildirakli 
mashinalarning 
rul 
boshqarmasini 
sozligi: 
rul 
boshqarmasining gidravlik tizimining saqlash klapanini ochilish 
bosimi; rul gardishining erkin yo‘li; rul gardishiga tasir kuchi; 

g‘ildirakli mashinalarning tormoz tizimining samaradorligi, tormoz 
yo‘li; o‘rnatilgan sekinlashish; to‘xtash vaqti; to‘xtashdagi dastlabki 
tezlik; g‘ldirakli mashinalarni yon tomonga siljishi; tormoz tepkisini 
bosish kuchi; 

to‘xtab turish tormozining sozligi; 

asosiy gidravlik tizimning saqlash klapani va saqlash-toshirish 
klapanlarining ochilish bosimi; 

gidrastatik transmissiyaning (GST) filtirlarini ifloslanganligi va 
vakuummetrning sozligi; 

GST ni taminlovchi nasosining saqlash klapanini ochilish bosimi; 

GST ning yuqori bosimli saqlash klapanining ochilish bosimi; 

GST ning toshirib yuboruvchi chegaraviy klapanining ochilish 
bosimi; 

kombayin qismlari va brikmalarida taqillashlar va shovqin; 

akkumuluyator batareyasining zaryadsizlanganlik darajasi; 

generatordagi kuchlanish; 

motor, 
transmissiya 
va 
gidravlik 
tizimdagi 
moylarning 
ifloslanganligi. 
Komplektning tarkibi 2.13-jadvalda keltirilgan. 
2.14-jadvalda traktorlar va datchiklar uchun o‘lchash ko‘rsatkichlari 
keltirilgan.
Dvigatellarni diagnostikalash qurilmalarining ichida КИ- 5918 
rusumidagi mexanotestor va КИ- 5973 silindrlar germetikligini taxlil qilish 
(analizator) qurilmasi ancha qulay hisoblanadi. Ular diagnostikalash 
uchun ko‘chma holda yoki avtonom ravishda qo‘llaniladi. 
Dvigatelning germetikligini taxlil qiluvchi compression va moy sidirish 
halqalarining holati, silindr gilzalarining silliqligi, kiritish va chiqarish 
klapanlarini holatini aniqlashga mo‘ljallangan. 
Analizator (2.11-rasm) korpus 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin