O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


V bob. MASHINALARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH VA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

V bob. MASHINALARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH VA 
DIAGNOSTIKALASH BAZALARI 
 
5.1. Texnik xizmat ko‘rsatish vositalarining turlari 
 
MTP larida har bir qishloq xo‘jaligi korxonasining (klasterlar, 
aksionerlik birlashmalari, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab 
chiqaruvchi birlashmalar, mashina traktor stansiyalari va b.) texnikasiga 
o‘z vaqtida va sifatli TXK ishlarini bajarish uchun etarli darajada TXK 
vositalari bilan qurollangan bo‘lishi shart. 
TXK vositalari – bularga TXK mo‘ljallangan jixozlar, priborlar, 
moslamalar, asboblar va qurilmalar kiradi. 
MTP larida bajariladigan TXK joylariga qarab quydagicha xizmat 
ko‘rsatish darazalariga bo‘linishi mumkin: 

1 – mashina ishlash joyi, bunga dala sharoiti ham kiradi; 

2 – qishloq xo‘jalik kopxonasining tarmog‘i (mexanizatorlar otryadi, 
bo‘limi, brigadasi), fermerlik xo‘jaliklari; 

3 – qishloq xo‘jalik korxonasining markaziy korxonasi; 

4 – tuman yoki tumanlaropo xizmat ko‘rsatish (na’mirlash-xizmat 
ko‘rsatish) korxonasi. 
Xizmat ko‘rsatish darajasini ortib borishi mashinalarga TXK 
jarayonining murakkablashishiga va turlarini ko‘payishiga sababchi 
bo‘ladi. 
MTP dagi TXK vositalari ko‘chmas, ko‘char (mobil) va olib 
yuriladigan turlarga bo‘linadi. 
MTP larining TXK dagi asosini 
ko‘chmas ob’ektlar
; qishloq xo‘jaligi 
korxonalarining 
texnik-ta’mirlash 
bazalari 
(TTB) 
brigadalari 
(bo‘limlari) tashkil qiladi: xo‘jalikning markazidagi TTB; tuman yoki 
hududiy texnik xizmat ko‘rsatish korxonasi kiradi. Shu sababli 
ko‘chmas ob’ektlarga atab texnik xizmat ko‘rsatish vositalarining 
jamlamasi (TXKVJ) tafsiya qilingan: ikkinchi darajadagi korxona 
uchun – TXKVJ-I, uchinchi darajadagi korxona uchun – TXKVJ-2 va 
to‘rtinchi darajadagi korxona uchun – TXKVJ-3 jamlamalari tafsiya 
qilinadi. 
Ko‘chmas ob’ektlar jamlamasiga kiruvchi asosiy jixozlar to‘plamasi 
5.1 jadvalda keltirilgan. 


177 
5.1 jadvali 
Asosiy texnologik jixozlarning jamlamasining tarkibii 
Belgilanishi 
Jamlamadagi soni, dona 
TXKVJ-

TXKVJ-

TXKVJ-

Yuvish qurilmasi 



Sozlovchining asboblar jamlamasi


1* 
Moylash va quyish qurilmasi 



ko‘chma moy quyish qurilmasi 



Dizellarning moylash tizimini yuvish 
qurilmasi 



Kompressor 



Havo filtrining qog‘oz filtrlarini 
yuvish qurilmasi 

1** 

Moyni tozalash qurilmasi 

1** 

Diagnostikalash 
vositalarining 
jamlamasi 

1*** 

Berkilib 
qolgan 
forsunkalarni 
tozalash stendi 



*jamlamalar soni TXK postlar soniga qarab aniqlanadi. 
** traktorlarning soni 100 ta va undan ko‘p bo‘lsa qo‘llaniladi. 
***traktorlarning soni 75 tadan ko‘p bo‘lsa qo‘llaniladi. 
Ko‘chmas jamlamalar nashinalarga yilning hohlagan davrida TXK 
ishlarini barcha texnik talablarga amal qilgan holda va xizmat ko‘rsatuvchi 
hodimlarni sanitary-gigeyenik talablar asosida ishni bajarishiga imkon 
beradi.
Qishloq xo‘jaligi sharoitida mashinalarni ishlatish (mashinalarning 
ishlash joylarini juda keng yoyilganligi) albatta ko‘char TXK vositalarini, 
ko‘chmas vositalar bilan hamkorlikda qo‘llashni talab etadi. Shu sababli 
ko‘chmas ob’ektlarning ixtiyoriga mobil vositalar beriladi, ular TXK 
vaqtida mashinalarni bekor yo‘l yurishini kamaytirish bilan birga, qishloq 
xo‘jaligi ishlarini bajarish davridagi tig‘izlok darajasini kamaytirishga 
katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘chma vositalar asosan quyidagi turkumlarga bo‘lonishi mumkin: 

Avtomobillarga 
shassisiga 
yoki 
priseplarga 
o‘rnatilgan 
mexanizatsiyalangan quyish agregatlari; 


178 

avtomobil shassisiga yoki o‘zi yurar shassiga o‘rnatilgan TXK 
agregatlari; 

avtomobil shassisiga yoki pritsepga o‘rnatilgan ko‘char ta’mirlash va 
ta’mirlash-diagnostikalashustaxonasi; 

avtomobil-furgon shassisiga o‘rnatilgan ko‘char diagnostikalash 
qurilmasi. 
Dala sharoitida mashinalarga TXK ko‘char agregatlari quydagi 
jamlama bilan jixozlanishi kerak. 
Ko‘chma vositalar yordamidadala dala sharoitida quyidagi TXK 
ishlarini bajarish mumkin: mashina dizeliga yonilg‘i va moy quyish
mashinalarga 1-TXK va 2- TXK ishlarini bajarish, mashinalardagi 
murakkab buzilish oqibatlarini yo‘qotish va uning kelib chiqish 
oqibatlarini aniqlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin