238
Poydevorga ega bo’lmagan devorlar –
reallik bilan bo’lgan kuchsiz
aloqa
(asosan idealist).
Poydevoriga alohida urg’u berilgan devor –
subektning konfliktli
vaziyatlarni aniqlashga
urinishi, qiyinchilik va xavotirni his qilayotganligi.
Gorizontal chiziqlarga urg’u berib chizilgan devor –
vaqt bilan bog’liq
nomuvofiqlik (o’tmish yoki kelajakning dominantligi). Subektning muhitga juda
ta’sirchanligi.
Vertikal chiziqlarga urg’u berib chizilgan devor –
subektning o’z
xohishiga ko’ra
reallikdan uzoqlashib, fantaziyalardan lazzatlanishi.
Yon chiziqlari juda ingichka va noadekvat chizilgan devor –
falokatdan
qo’rqish.
Chiziqlariga juda urg’u berilgan devor –
nazoratni yo’qotmaslikka ongli
ravishda intilish.
Bir o’lchovli perspektiv (bitta tomonning tasvirlanganligi), agar bu yon
tomon bo’lsa –
subektda qarshilik va begonalik (muholifat)ning kuchli
namoyon bo’lishi.
Shaffof devor –
anglanmagan ishtiyoq , vaziyatga iloji boricha ta’sir
ko’rsatish (hukmronlik qilish, tashkillashtirish)ga intilish.
EShIKLAR.
Eshiklarning yo’qligi –
subektning boshqalar
bilan ochiq munosabatga
kirishishga qiynalishi (asosan uydagilar bilan).
Orqa yoki yon tomondagi eshiklar (bitta yoki bir nechta) –
chekinish,
inkor qilish, qochish.
Dostları ilə paylaş: