53
a)ha;
b)yoq;
v)ba`zida;
g)bilmadim.
3. Bevosita-to`g`ri savol: “Sizda xavotirlanish kabi shaxs hislati
mavjudmi?”
4. Bavosita savol: “Imtihon paytida sizda
bezovtalik holati vujudga
keladimi?”
Bundan tashqari interv`yu, yani savollarga og`zaki javob olish metodlari
ham mavju bo`lib, bunda tadqiqotchi savol beradi va sinaluvchi bergan
javoblarni o`zi yozib oladi. Bunda beriladigan savollar so`rov, ya`ni yozma
savolnomadagidek oldindan aniqlab olinadi.
Psixodiagnostika metodlaridan biri –
kontent tahlil
dir. Bunda faoliyat
natijalarini tahlil qilish orqali shaxs xususiyatlari baholanadi.
Oldindan
tayyorlab qo`yilgan sxema asosida sinaluvchining yozma matnlari, asarlar,
xatlar, faoliyat natijalari mazmuni jihatidan tahlil qilinadi. Kontetn-tahlilning
vazifasi – insonning yozma ijodiyot mahsullarida namoyon bo`ladigan
shaxsning psixologik tavsiflarini aniqlash va baholash hisoblanadi.
Psixodiagnostika metodi sifatida eksperimentni qollanilishining o`ziga xos
xususiyati shundaki, bunda sinaluvchining u yoki bu xislatini baholash uchun
maxsus psixodiagnostik eksperiment tashkil etiladi. Shu xislat namoyon bo`lishi
mumkin bo`lgan sun`iy vaziyat yaratiladi. Psixodiagnostik eksperimentni tashkil
qilish va o`tkazish natijasida tadqiqotchi o`zini qiziqtirayotgan xususiyatni yoki
holatni eksperimental vaziyatda sinaluvchi xulq-atvorini kuzatish orqali oladi.
Masalan, xavotirlanish kabi shaxs xislatini baholash qiziqtirayotgan bo`lsa,
tadqiqotchi uni hayotiy, real, aniq baholash maqsadida diagnostic eksperimentni
quidagicha tashkil etish mumkin: Sinaluvchini
imtihon vaziyati holatiga
tushiriladi yoki qisqa vaqt ichida murakkab vazifani bajarish va uning
natijalarini jiddiy baholash sharoitiga qo`yiladi. Sinaluvchi ishni bajarayotganda
kuzatiladi va yuqori xavotirlanishning turli belgilari qayd qilinadi. Agar bunday
54
belgilar haddan tashqari ko`p bo`lsa, o`rganilayotgan xislat bu sinaluvchida
kuchli rivojlanganligi haqida xulosa qilish mumkin. Bunday belgilar
kuzatilmasa, sinaluvchida ushbu xislat mavjud emasligidan darak beradi. Agar
bunday belgilar kuchsiz namoyon bo`lsa, xavotirlanish holati o`rtacha darajada
ekanligi to`g`risida xulosa qilish mumkin.
Amaliyotda qo`llaniladigan ko`pchilik psixodiagnostik metodikalar
blankali
metodikalar hisoblanadi, ya`ni sinaluvchiga bir necha seriyada fikr-
mulohazalar va savollar taklif qilinib, ularga og`zaki yoki yozma ravishda javob
berish so`raladi. Olingan natijalarga qarab,psixologik xususiyatlar haqida fikr
yuritiladi. Bunday metodikalarni keng foydalanilishining sababi ularni qollash
va natijalarni qayta ishlash unchalik qiyinchilik tug`dirmaydi.
Diagnostikada ko`p qo`llaniladigan metodikalardan yana biri so`rov
metodikalaridir. Ushbu metodikalarning ijobiy tomoni
ular maxsus blankalar
tayyorlashni talab qilmaydi hamda sinaluvchiga nisbatan o`ziga xos
munosabatda bo`lish imkoni mavjud. Salbiy jihati – savollarni tanlash va
javoblarni interpretatsiya qilishdagi sub`ektivlik; ularni standartlashtirish
mushkul, yuqori ishinchlilikka erishish va olingan natijalarni taqqoslash
myrakkab.
Qollanilish chastotasiga ko`ra keyingi o`rinda rasmli psixodiagnostik
metodikalar turadi. Ularda tekshiriluvchilarning psixologiyasi
va xulq-atvorini
o`rganish uchun chizgan rasmlaridan doydalaniladi (mavzusi berilgan va
spontan xarakterdagi rasmlar). Ba`zida tekshiriluvchilar standart, tayyor
tasvirlarni tavsiflab berishlari ham mumkin. Bunday tasvirlarda ko`rgazmali
shaklda turli xil vazifalar, topshiriqlar berilib, tekshiriluvchidan ularni bajarishi
talab qilinadi ( masalan, Raven progressive matricalari).
Proektiv metodikalar
turli shakllarda blankali, so`rovnoma va rasmli
shakllarda bo`lishi mumkin. Ularning qo`llanilish chastotasi baland, chunki
ularning validligi yuqori va informativligi kuchli
11
.
11
Немов Р.С. Психология. 3 книга. Москва, «Владос», 2003. (мазмунидан олинди).
55
Yuqorida
keltirilgan
tasniflar
asosida
ta`kidlash
mumkinki,
psixodiagnostika bilan shug`ullanuvchi olimlar ushbu masalaga turlicha
yondoshadilar. Lekin ular uchun
xarakterli jihat shundaki, tasniflar shakli
turlicha bo`lsada, ularning mazmun-mohiyati o`rtasida tafovutlar kuzatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: