I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Dasturda ijodiy faoliyatga o’rgatish metodikasi kursining maqsad va vazifalari, ijodiy tarbiya haqida tushuncha, ijodiy tarbiyaning nazariy asoslari, MTMsida bolalarni ijodiy faoliyatga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari, bolalarga o’rgatiladigan ijodiy ishning mazmuni, ijodiy tarbiyani amalga oshirish vosita va shakllari, ijodiy faoliyatni o’yin jarayonida tashkil etish, ijodiy malakalarini shakllantiruvchi omillar, ish jarayonini loyihalash, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, ijodiy natijalarini namoyish etish va baholash, bolalarni ijodiy faoliyatga o’rgatuvchi ish turlari, o’z-o’ziga xizmat, maishiy xo’jalik ishlari, tabiatda ishlash, qo’l ijodiyoti, o’quv ijodiyoti kabi masalalarni qamrab olgan. Dasturda ijodiy faoliyatga o’rgatuvchi shart-sharoitlar, bolalarni ijodiy faoliyatga o’rgatish usullari: jamoa bo’lib bajaradigan ijodiy, mustaqil ijodiy, yakka tartibdagi ijodiy, qiz va o’g’il bolalar ijodiyotidagi umumiylik va xususiylik, ijodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan predmetlar turlariga oid masalalar yoritilib berilgan.