Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


Matlab dasturining asosiy menyulari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149
Axborot texnologiyalari

Matlab dasturining asosiy menyulari: 

“File” menyusi yangi ish sohasini ochish, kompyuterda 
saqlangan fayllarni ochish, yangilash, saqlash, bosmaga chiqarish, 
dasturdan chiqish kabi boʻlimlarni oʻz ichiga olgan.

“Edit” menyusi nusxa olish, olingan nusxani joylashtirish, 
kesib olish, barchasini belgilash, oʻchirish, qidirish, fayllarni 
qidirish, ischi maydonni tozalash, oxirgi amalni bekor qilish kabi 
boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 

“View” menyusi dasturning umumiy koʻrinishini 
oʻzgartirsh va xususiyatlarini sozlash imkonini beruvchi 
boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 

“Debug” menyusi kechiktirilgan ishlarni ochish, qadam 
bilan ishlash, davom etirish, tozalash, kechiktirilgan darchani 
yopish kabi boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 

“Desktop” menyusi buyruqlar darchasini qisqartirish, 
qatlamlar bilan ishlash, uskunalar paneli bilan ishlash imkoni 
beruvchi boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 

“Window” menyusi barcha darchalarni yopish va boshqa 
darchalarni koʻrish, hamda ular bilan ishlash imkonini beruvchi 
boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 

“Help” menyusi dastur haqida ma’lumot beruvchi 
boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. 
Matlab dasturida vektor va matrisa bilan ishlash. 
Matlab 
dasturi vektor va matrisalar bilan ishlash uchun qulay dastur 
hisoblanadi. Vektor va matrisalarni yozish uchun noʻmalumlardan 
foydalaniladi. 3 elementdan iborat vektorni koʻrsatish uchun 
kvadrat qavslar ichiga yoziladi. Masalan, vektorni oʻzlashtirish 
uchun quyidagini amalga oshiramiz: 
>> M=[1 2 3]
M= 
1 2 3 
M
vektor 3 elementdan iborat, ular 1, 2, 3 ga teng. Vektor 
kiritilgandan soʻng tizim uni ekranga chiqaradi. 
222


Matrisalarni oʻzlashtirish uchun bir necha qator kerak boʻladi. 
Qatorlarni ajratish uchun “;” belgidan foydalaniladi. Matrisa 
quyidagicha oʻzlashtiriladi: 
>> K=[1 2 3; 4 5 6; 7 8 9]; 
bu kavadrat matrisani beradi va uni tizim quyidagicha ekranga 
chiqaradi: 
>> K 
K = 
1 2 3 
4 5 6 
7 8 9 
Vektor va
 
matrisadan arifmetik amallarni bajarish uchun 
foydalanish mumkin. Masalan: 
>> M= [2+2/(3+4) exp(5) sqrt(10)]:
>> M =2.2857 147.4132 3.1623 
Vektor va matrisaning elementlaridan alohida foydalanish 
M(1)
va 
K(i, j)
ifodalardan foydalaniladi. Masalan, ularni quyidagicha 
e’lon qilish mumkin: 
>> K (2. 2) 
arts= 5 
Natija 5 ga teng boʻladi. 
K(i,j)
ga yangi qiymatni oʻzlashtirish 
uchun, 
K(i,j)=x
ifodan foydalaniladi. Masalan, 
K(i,j)
ga 10 sonini 
oʻzlashtirish uchun quyidagi ifodadan foydalanamiz: 
>> K (2. 2) = 10 
Matlab dasturi sehrli matrisani hosil qilish imkonini beradi. 
Bunda 
n*n
matrisa hosil boʻladi, uning ustunlari va qatorlari soni, 
hamda dioganali boʻyicha elementlar soni bir xil songa teng 
boʻladi. Sehrli matrisa quyidagicha oʻzlashtiriladi (matrisaning 
elementlari 4*4 ya’ni, 4 ustun, 4 qator):
>> M=magic(4)
М =
16 


13 
 

11 
10 8 
 



12 
 

14 
15 1 
 
>> sum(M)
ans= 
223


34 34 34 34
>> sum(M’)
ans= 
34 34 34 34
>> sum(diag(M))
ans=34
>> M(1.2)+M(2.2)+M(3.2)+M(4.2) 
ans= 34 
Matrisalar bilan ishlash jarayonida matrisaning alohida ustun va 
qatorlarini oʻchirish zaruriyati paydo boʻladi. Buning uchun oldin 
matrisani e’lon qilamiz: 
>> М=[1 2 3; 4 5 6; 7 8 9] 
М =
1 2 
3
4 5 
6
7 8 
9
Matrisaning 2 ustunini oʻchirish kerak boʻlsin. Buning uchun 
“:” belgisidan foydalaniladi. 
М(:.2)=[ ]
1 3
4 6
7 9

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin