O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

regulyar pretsessiya
 
harkati deb 
ataladi. 


271 
V-BOB. 
ANALITIK MEXANIKA. 
BOBNING MAQSADI: 
• Analitik mexanika haqida tushuncha berish. 
• Mexanikaning asosiy prinsiplari bilan tanishtirish. 
• Lagranj tenglamalari bilan tanishtirish. 
5.1.1. Analitik mexanikaning vazifalari va tushunchalari. 
Har bir fanni rivojlantirgan olimlar mazkur fan uchun umumlashgan 
formulalar va umumlashgan teoremalar yaratishga harakat qilishgan. Bunday 
harakatlar mexanika fani tarixida ham boʻlgan. Ayniqsa XVII-XIX asrlarda yashab 
oʻtgan Yevropalik olimlar J.Dalamber, J.Lagranj va boshqalar, XVIII-XIX asrlarda 
yashagan Rossiyalik olimlar L.Eyler, M.B.Lomonosov, M.B.Ostragradskiy, 
P.L.Chebishev, S.B.Kovalev-skaya, A.M. Lyapunov va boshqalar mexanikaning 
analitik usullari, ya’ni differentsial va integral hisoblariga asoslangan usullarini 
rivojlantirishgan. Dalamber va Lagranj asoslagan analitik mexanika elementlari 
hozirgi kungacha dolzarb va zamonaviy hisoblanadi. Hatto ular yaratgan prinsiplar 
va formulalar bosqa fanlardagi oʻzgaruv-chan jarayonlarni tadqiq qilishda juda qoʻl 
keladi. Buning sababi bu prinsiplar va formulalar birlikka ega boʻlmagan 
kattaliklarda (yoki ixtiyoriy oʻlchov kattaligi uchun) ishlab chiqilgan. Analitik 
mexanikaning boʻlajak muhandislar uchun asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1)
Koʻp qismlardan iborat, murakkab tuzilmalar uchun statikadagi 
muvozanat tenglamalarini qisqa va hisoblashlari yengil boʻlgan 
usullarni yaratish. 
2)
Mexanik sistemalar uchun ichki kuchlar va passiv kuchlarni 
hisobga olmay, harakat differentsial tenglamalarini tuzish hamda 
maxsus dasturlar asosida kompyuter yordamida integrallash. 


272 
3)
Analitik mexanika elementlarini elektrodinamik analoglar 
yordamida boshqa sohalarga tadbiq etishni oʻrganish. 

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin