O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

5.1.2. Dinamik bogʻlanishlar. 
Statika qismida turli xil tayanchlarda uchraydigan bogʻlanishlar bilan 
tanistirildi. Lekin jism harakatiga qoʻyilgan chek (toʻsiq) va chegaralar 
(yoʻnaltiruvchi va boshq.) turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun dinamikada
bog‘lanishlar
deb, sistemaga ta’sir etayotgan kuchlarning qanday bo‘lishligidan 
qat’iy nazar, mexanik sistema nuqtalarining holatlariga va ularning tezliklariga 
qo‘yiladigan chegaralanishga aytiladi. Bunday bog‘lanishlarning turlarini ko‘rib 
o‘tamiz: 
-
ideal va ideal boʻlmagan bogʻlanishlar; 
-
statsionar va nostatsiyonar bogʻlanishlar; 
-
geometrik, kinematik va differentsial bogʻlanishlar; 
-
integrallanuvchi va integrallanmaydigan bogʻlanishlar; 
-
golonom va nogolonom bogʻlanishlar;
-
ishlab turuvchi va ishlab tura olmaydigan bogʻlanishlar va h.k. 
Ideal bogʻlanishlar 
deb, sistemaning cheksik kichik koʻchishida passiv 
kuchlarning (ishqalanish va reaksiya kuchlarining ) bajargan ishlari nolga teng 
boʻlgan bogʻlanishlarga aytiladi. Masalan juda yaxshi yogʻlangan podshipniklar va 
muftalar,porshenlar, silliq sirt, bunga misol boʻla oladi. Vaqtga bog‘liq bo‘lmagan 
bog‘lanishlarni, 
statsionar
bog‘lanishlar deb ataladi, vaqtga bog‘liq holda 
o‘zgaruvchi bog‘lanishlarni 
nostatsionar
 
bog‘lanishlar deb ataladi. Statsionar 
bogʻlanishlar matematik funksiya sifatida quyidagi koʻrinishda beriladi: 
f(x, y, z) = 0,
(5.1) 
nostatsionar bogʻlanishlar esa
f(x, y, z, t) = 0.
(5.2) 
Masalan vaqtga bogʻliq ravishda ishlaydigan klapanlar, tormozlash va ishga 
tushuruvchi moslamalar. 
Geometrik bogʻlanishlar 
deb, sistema nuqtalarining faqat 
holatlarini chegaralovchi bogʻlanishlarga aytiladi. Turli tayanchlar, ipli, sterjenli va 


273 
h.k. lar. Agar bogʻlanish sistema nuqtalarining koordinatalaridan tashqari uning 
tezligini ham cheklasa, bunday bogʻlanishlar 

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin