O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

14.1-rasm. Xorijiy valyuta bozori
70
 
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, 
bir o‘zbek so‘mining AQSH dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valyuta 
kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (15.1-
rasm).
Dollarga bo‘lgan talabning kamayishi D to‘g‘ri chizig‘ida berilgan. Bu shuni 
ko‘rsatadiki, agarda dollar o‘zbekistonliklar uchun arzon bo‘lsa, amerika tovarlari 
ham ular uchun arzon bo‘ladi va bu, o‘z navbatida, ularning amerika tovarlariga 
bo‘lgan talabini oshiradi. 
Dollarning taklifi (S) kamaysa, so‘mda belgilangan dollarning qiymati oshadi 
(ya’ni, dollarda belgilangan so‘mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda 
amerikaliklar ko‘proq o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Chunki, so‘mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o‘z navbatida o‘zbek 
tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko‘proq o‘zbek tovarlarini 
sotib olish imkoni paydo bo‘ladi. 
70
Djumayev Z. A. Makroiqtisodiyot (ma’ruzalar matni) – T.: TDIU, 174 bet. 


268 
O‘zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSH dollarini valyuta bozoriga 
olib chiqadi, chunki, o‘zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so‘mga 
almashtirishadi. Dollarga bo‘lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning 
so‘mdagi qiymatini bildiradi. 
Agarda, dollarning so‘mdagi qiymati oshsa, so‘m qiymatining pasayganligini 
yoki qadrsizlanganligini ko‘rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so‘mdagi qiymati 
pasaysa, so‘m qiymatining oshganligini yoki so‘mning qimmatlashganligini 
ko‘rsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valyuta 
sarf qilish milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan 
so‘m qadrsizlansa, dollar so‘mga nisbatan qimmatlashadi. 
Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan 
rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‘lib, unga valyuta bozorida talab va 
taklifning o‘zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi.
Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan 
foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog‘liq bo‘lgan tahlika va noaniqlikni 
kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo‘llash o‘zaro foydali savdo va 
moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan 
valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o‘zaro aloqalar jarayondagi ikki 
sharoitga bog‘liq: 
- zaxiralarning mavjudligi; 
- o‘z hajmi bo‘yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‘lov balansi aktivlarining 
tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zaxiralarini 
yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimida milliy valyutaning almashuv kursi 
valyuta bozorida, talab va taklifga qarab erkin shakllanadi. Mamlakatning Markaziy 
banki kursning ma’lum holati uchun javob bermaydi. Ushbu valyutalarning kursi 
katta oraliqlarda tebranishi mumkin. 
Qat’iy belgilangan valyuta kursi rejimida milliy valyutaning kursi xorijiy 
valyutaga yoki valyuta savatiga nisbatan belgilab qo‘yiladi. Mamlakatning Markaziy 


269 
banki milliy valyutaning kursini belgilangan holatini ta’minlash yuzasidan javobgar 
hisoblanadi. 
Boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta kursi rejimi valyuta qonunchiligida 
rasman belgilab qo‘yilmaydi. Mazkur rejim XX asrning 70-yillarida paydo bo‘ldi. 
Ya’ni, XVF ekspertlari ayrim mamlakatlarning valyuta qonunchiligida erkin suzib 
yuruvchi valyuta kursi rejimi belgilangan bo‘lsa-da, ularning Markaziy banklari 
valyuta kursini shakllanish jarayoniga faol aralasha boshlaganligini payqab qolishdi. 
Natijada ekspertlar yangi kurs rejimi paydo bo‘lganligini e’tirof etishdi va uni 
boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta kursi rejimi deb atashdi. 
Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida 
shakllanish darajasi, o‘z-o‘zicha kurslar o‘rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real 
jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak, 
valyuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar 
majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Valyuta kurslarining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularni 
qisqacha qarab chiqamiz: 
1. Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o‘zgarishi. 
2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‘zgarishlar. 
3. Bahodagi nisbiy o‘zgarishlar.
4. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSH inflatsiyani quvib o‘tish 
maqsadida « qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz 
stavkalari (inflatsiya sur’atini hisobga olib o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz 
stavkalari) AQSHda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda 
ko‘tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSH 
moliyaviy vositalarni qo‘yish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika 
moliyaviy aktivlariga talabning bu ko‘payishi Angliya funti taklifining 
kengayganligi va shu sababli dollar qiymati o‘sganligini bildiradi. 
5. Spekulyasiya.
Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko‘tarilishi to‘g‘risidagi 
prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat 


270 
qiladi va shu bilan funtga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining 
pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chiqaradi. 
O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy 
Banklarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki rasmiy valyuta zaxiralari bir vaqtning 
o‘zida ham to‘lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun 
yetarli bo‘lmasligi mumkin. 
Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona 
yo‘lidir. 
Nominal va real valyuta kurslari o‘zaro farqlanadi. Nominal valyuta kursi 
valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan nominal valyuta kursi 
haqida fikr yuritdik. 
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy 
bahosidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga 
almashishi mumkin bo‘lgan nisbatni ko‘rsatadi, shu tufayli u 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin