283
Davlatlar orasida tovarlar ayirboshlash jarayonlari ning tezlashuvida,
shuningdek savdoning globallashuvi va xalqaro integratsiya jarayonlari ham muhim rol
o‘ynaydi. Globallashuv milliy iqtisodiyot barcha ishlab chiqarish sohalarini jahon
iqtisodiy tizimi bilan yanada kuchliroq bog‘lanishi uchun yangi imkoniyatlarni
yaratib beradi. Bunday vaziyat, ayrim hollarda kichik va o‘rta biznes subyektlari,
shuningdek yirik milliy tadbirkorlar faoliyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ham
ko‘rsatishi mumkin. Biroq, aksariyat hollarda globalizatsiya jarayonlari milliy
iqtisodiyotni erkinlashtirish va uni yanada rivojlantirishshning muhim omili bo‘lib
xizmat qiladi
1
.
Globallashgan jahon iqtisodiyotida maqsadga muvofiq va samarali tashqi savdo
siyosatini olib borish eng asosiy masalalardan biriga aylanadi. Ana shunday
bnr sharoitda mamlakatlar oldida tashqi savdoni takomillashtirish orqali milliy
iqtisodiyot eksport salohiyatini yuksaltirish va dunyo bozoridan munosib o‘rinni
egallash eng muhim vazifa hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: