O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Makroiqtisodiy siyosat

Xn < 0 X-M < 0 X< M ; 
I-S >0 I >S xorijdan kapital kiritilishi
.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg‘armalardan ko‘p bo‘lsa (I > S), ortiqcha 
investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu qarzlar 
mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko‘proq import qilinishini 
taminlaydi (M>X). Ya’ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega bo‘ladi. Mamlakat 
xalqaro jarayonga qarzdor bo‘lib qatnashadi. 
Joriy operatsiyalar musbat qoldiqqa ega bo‘lganda, ortiqcha mablag‘lardan 
xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko‘chmas mulk sotib olishda foydalaniladi. 
Xn>0 X-M>0 X>M; 
I-S<0 I
Davlatlar rasmiy zaxiralar va qarzlar hisobiga qoplash qobiliyatiga ega 
bo‘lmagan to‘lov balansining katta davriy taqchilligi bo‘lgan hollarda o‘z valyutalari 
devalvatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Bu importning fizik hajmi ko‘payishiga 
va oqibatda mamlakatda xorijiy valyuta tushumining o‘sishi hamda to‘lov balansi 
kamomadi tugatiladi. 
To‘lov balansini tuzish tamoyillariga ko‘ra u doimo balanslashgan bo‘ladi. 
Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina to‘lov balansining alohida 
qismlariga ta’lluqli. Shu bilan birga to‘lov balansi qoldig‘ining milliy iqtisodiyotga 
ta’siri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib 
to‘lov balansining musbat qoldig‘i ham, manfiy qoldig‘i ham ijobiy yoki salbiy deb 
baholanishi mumkin. 
To‘lov balansi holatiga baho berishda savdo balansi qoldig‘i, joriy operatsiyalar 
balansi qoldig‘i, kapital harakati va moliya balansi qoldig‘i hamda rasmiy hisob 
kitoblar balansi qoldig‘i alohida tahlil etiladi. 
Savdo balansi qoldig‘i o‘zgarishiga baho berishda bu o‘zgarishlar qaysi omillar 
ta’sirida ro‘y berganligi e’tiborga olinadi. Masalan, manfiy qoldiq eksportning 


281 
qisqarishi hisobiga ro‘y bergan bo‘lsa, bu holat milliy iqtisodiyotning 
raqobatdoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va negativ hodisa deb qaralishi 
mumkin. Lekin bu holat mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimi 
ko‘payishi hisobiga importning o‘sishi natijasida ro‘y bergan bo‘lsa miliy 
iqtisodiyotning zaiflashshiidan dalolat deb qaralmaydi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin