279
S + I + G -YaIMning bir qismi (absorbsiya)
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo‘yicha barcha xalqaro operatsiyalar
ko‘rsatiladi.
Kapital harakati balansi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha
tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga qilingan xarajatlar.
Shunday qilib, balansning bu ikki bo‘limi bir-biri bilan tenglashib boradi.
To‘lov balansi qoldig‘i= Joriy operatsiyalar + Kapital harakati balansi
Biroq, amalda to‘lov balansining bu qismida ham ko‘pincha
kamomad yoki
ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy
zaxiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega bo‘lib,
bu zaxiralar joriy
operatsiyalar bo‘yicha balans va kapital harakati bo‘yicha balans nomutanosibligini
bartaraf etishda qo‘llaniladi.
Rasmiy zaxiralarning qisqarishi (+)
kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy
zaxiralarning o‘sishi (-) esa to‘lov balansining musbat qoldig‘i miqdorini ko‘rsatadi.
Natijada uning barcha uch bo‘limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy
valyuta taklifini va unga mamlakatda bo‘lgan talab tengligini bildiradi.
Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o‘zaro
aloqalarini
umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Y=C+I+G+Xn;
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);
Sn = I+Xn
(I-S)+Xn=0 ( egiluvchan valyuta kursi rejimida markaziy bank aralashmagan
sharoitda), bu yerda: Sn – milliy jamg‘arish;
(I-S) – miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg‘armalardan ortiqchaligini
ko‘rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig‘ini bildiradi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko‘ra joriy operatsiyalar
va kapital harakati
hisoblari bir-biriga tenglashadi:
280
X-M = Xn=-(I-S)=S-I ichki balans
Bu
shuni bildiradiki, to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘ycha kamomadi
kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: