277
nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko‘proq
imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo‘lishi
mumkin bo‘lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai
nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo‘lavermaydi.
To‘lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi
dunyo o‘rtasida bo‘ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning
iqtisodiy aloqalarini aniq-lo‘nda ifodalab pul-kredit, valyuta, budjet-soliq, xalqaro
savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo‘nalishlarini tanlash uchun
indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu
jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to‘lov balansida o‘z
aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta
operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi
faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi.
Shuning uchun ham to‘lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha
tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to‘lovlar ko‘rsatilgan
hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta’minlanishi
mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun
to‘lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda tovar deganda
ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni, u moddiy ne’mat, xizmat,
ishchi kuchi, kapital va valyuta bo‘lishi mumkin
Dostları ilə paylaş: