O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


 Milliy valyuta tizimi va uning elementlari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
14.2. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari 
Milliy valyuta tizimi – bu alohida olingan bir mamlakatda valyuta 
munosabatlarini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir. 
Davlat shakli deyilishining sababi shundaki, valyuta munosabatlari davlat 
tomonidan tashkil etiladi. 


251 
Huquqiy shakli deyilishining sababi shundaki, valyuta munosabatlarini 
tashkil qilish va tartibga solish maqsadida o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilish va 
ularni bajarish valyuta munosabatlari ishtirokchilari uchun majburiydir. 
Milliy valyuta tizimi mintaqaviy va jahon valyuta tizimlarining yuzaga 
kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Milliy valyuta tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi: 
1. Milliy valyuta. 
Har qanday mamlakat milliy valyuta tizimining dastlabki elementi bo‘lib, 
uning milliy valyutasi hisoblanadi (O‘zbekistonda so‘m, AQShda –dollar, 
Rossiyada – rubl va hokazo). 
2. Milliy valyutaning almashinish sharti. 
Har qanday milliy valyuta almashinish shartiga ko‘ra, quyidagi uch turdan 
biriga kiradi: 
- to‘liq almashinadigan valyuta; 
- qisman almashinadigan valyuta; 
- umuman almashinmaydigan valyuta. 
3. Milliy valyuta kursining rejimi. 
Valyuta kursining uch asosiy rejimi bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
- erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimi; 
- qat’iy belgilangan valyuta kursi rejimi; 
- boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta kursi rejimi. 
4. Milliy valyutaning pariteti. 
Milliy valyutaning pariteti deganda milliy valyuta qiymatining xorijiy 
valyuta qiymatiga nisbatiga aytiladi. 
Hozirgi davrda milliy valyutaning pariteti uning xarid qobiliyatini xorijiy 
valyutaning xarid qobiliyati bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. 
Milliy valyutaning kursi valyuta bozorida talab va taklifga qarab aniqlanadi. 
Ammo paritetni hisoblash nima uchun kerak? 
Valyuta paritetini hisoblash milliy valyutaning kursi bilan uning xarid 
qobiliyati o‘rtasidagi farqning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash uchun 


252 
kerak. Agar valyuta pariteti bilan valyuta kursi o‘rtasida farq yuzaga kelib, ushbu 
holat milliy valyutaning kursini sun’iy ravishda yuqori bo‘lishiga olib kelgan 
bo‘lsa, ushbu holat mamlakatda xorijiy valyutaga bo‘lgan qiziqishni kuchayishiga 
olib kelishi mumkin. Bu fanda “fetishizm” deb ataladi. Fetishizm oqibatida bahosi 
yuqori bo‘lgan va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni (uy-joy, avtomashina 
va boshq.) xorijiy valyutaga oldi-sotdi qilish yuzaga keladi. Mazkur farqni yo‘q 
qilish uchun, odatda, Markaziy bank milliy valyutani devalvatsiya qilishga majbur 
bo‘ladi. 
5. Mamlakatning xalqaro miqyosda valyutaviy to‘lovga qobilligi. 
Mamlakatning xalqaro miqyosda valyutaviy to‘lovga qobilligi deganda 
uning xorijiy valyutadagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajara olish 
imkoniyatiga aytiladi. 
XVF ekspertlari tomonidan mamlakatning xalqaro miqyosda valyutaviy 
to‘lovga qobilligini aniqlash bo‘yicha bir nechta uslublar taklif etilgan. Ulardan 
ikkitasi xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin