253
O‘zbekiston Respublikasida oltin savdosiga nisbatan davlat monopoliyasi
mavjud. Shu sababli, milliy oltin bozori mavjud emas.
8. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilash.
Odatda, Markaziy bank tomonidan xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
tartibi, hisob-kitob shakllaridan foydalanish mexanizmi belgilab beriladi.
9. Mamlakatda xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi va nazorat
qiluvchi davlat organlari.
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi
qonunining 10-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
O‘zbekiston Respublikasida valyutani tartibga soluvchi davlat organidir.
Ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida
barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi.
Mazkur Qonunning 20-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat Bojxona
qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida valyutani nazorat qiluvchi organlardir.
Dostları ilə paylaş: