87
Assotsiatsii ahamiyati shundan iboratki, ish beruvchi va mustaqil kengash
oldida ijtimoiy xodimning manfaatlarini aks ettirib, muammoli masalalar paydo
bo‗lganda maslahat berib, ijtimoiy xodim tayyorgarligiga zamonaviy talablar
to‗g‗risida axborot beradi.
Assotsiatsiya boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi: ijtimoiy ish
maktablari assotsiatsiyasi, direktorlar assotsiatsiyasi, kasaba uyushma tashkilotlari.
Bu kuchlarni birlashtirish, o‗zaro faoliyatning strategik yo‗nalishlarini ishlab
chiqish va ijtimoiy xodim faoliyatida siyosiy nuqtai nazardan o‗zgartirishga
yorjam beradi.
Assotsiatsiya a'zolari quyidagi imtiyozlarga ega: bepul maslahat olish,
sug‗urtalashda, mebellar, buyumlar xarid qilishda chegirmalar, seminar va
konferensiyalarda qatnashishda imtiyozlar.
4
.Qo‗shma Shtatlardagi ijtimoiy xodimlar milliy assotsiatsiyasi (NASW)
ijtimoiy xodimlar kasbiy tashkiloti. NASW o‗z a'zolari va umuman ijtimoiy
xodimlar uchun so‗nggi axborot va boshqa resurslarni olish, tadqiq qilishni
ta'minlaydi.
AQSh ijtimoiy xodimlar milliy assotsiatsiyasi o‗z siyosatini amalga
oshirishda asosiy tamoyil sifatida inson huquqlarini olib, ijtimoiy xizmat nazariyasi
va amaliyoti shunday tuziladi: «insonlarning fuqarolik, madaniy, siyosiy, ijtimoiy
va iqtisodiy ehtiyojlarini ta'minlashda jamiyatning javobgarligi to‗g‗risida masala
ko‗tarilganda ijtimoiy xodimlar ularni bajara olishlariga ishonchi komil bo‗lishi
kerak.» (NASW 2000:181). Ijtimoiy xodim insonlar bilan noinsoniy
munosabatlarning har qanday shakliga qarshi turishi lozim»
15
.
Dostları ilə paylaş: