193
Tizimli
yondashuv
ijtimoiy
xodimning
oila
munosabatlaridagi
tushunchalariga ham ta'sir ko‗rsatadi. Bunday
tamroqlar ijtimoiy ishda
foydalanilib, ijtimoiy xodim va mijozni zanjir sifatida ko‗radi. Tizimli yondashuv
shuningdek o‗zini tartibga soluvchi tizim sifatida oilani ko‗rish uchun asosni
ta'minlaydi, bu belgilangan qoidalar asosida ishlaydi. Ijtimoiy xodimlar va oilaviy
terapevtlar oilaviy tizim moslashuvchanlik qobiliyatini va atrofdagi o‗zgarishlarga
tadbirlarni amalga oshiradilar. Yopiq tizim bo‗lgan
oila moslashuning samarasiz
yo‗llarida rivojlanmaydi.
Qiyin hayotiy holatga duch kelgan inson ijtimoiy tizimning maxsus elementi
sanaladi. Ijtimoiy himoya muammosini hal qilish va insonlarni qo‗llab-quvvatlash
tizimni tartibga solish va takomillashtirishga tayanadi. Bunda ijtimoiy xodimning
vazifalari ikkiga bo‗linadi: ular bir tomondan insonlarga yordam ko‗rsatuvchi
tashkilot va idoralar faoliyatini yaxshilash bilan bog‗liq, boshqa tomondan o‗zini
tartibga soluvchi tizim sifatida inson salohiyatini faollashtirishni nazarda tutadi.
Shundan kelib chiqib tizim nazariyasida ikkita katta yo‗nalish ajratiladi–
funksionalizm, mijozga yordam ko‗rsatishga yo‗naltirilgan,
va konstruktivizm,
bunda ijtimoiy xodim va mijoz o‗rtasidagi ijobiy munosabatlarni shakllantirish.
Bunda ijtimoiy xizmat maqsadli tizim sifatida ko‗riladi. Bunday elementlardan biri
mijozning ijtimoiy muhiti bo‗lib, shuning uchun tizim nazariyasi ekologik ijtimoiy
xizmat modeliga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: