Sintaktik usul bilan ravish yasalishi bo‘yicha eski o‘zbek tili bilan hozirgi o‘zbek tili o‘rtasida deyarli farq yo‘q. Qo‘shma ravishlar quyidagi so‘zlar ishtirokida hosil bo‘ladi:
1. Bir so‘ziga payt, makon, va shunga o‘xshash ma‘nolarni bildiruvchi so‘zlarni qo‘shish bilan: Bir lahza sensiz sabr yoq (Lutfiy). Meni bir yerdә muqim etkүsidүr (ShN).
2. Har belgilash olmoshiga payt yoki makon bildiruvchi so‘zlarni qo‘shish bilan: Har kun salamg‘a barur erdim (Tafsir). Har yerdә barsaңыz qullug‘da bolur-siz (BN).
3. Ul, bu, oshal kabi olmoshlarga payt yoki makon bildiruvchi so‘zlarni qo‘shish bilan: Kөңlүm ul yān tartadur (Lutfiy). Bu qыsh qār bisyār ulug‘ tushub erdi (BN).
163
4. Hech, qay olmoshlariga payt yoki makon bildiruvchi so‘zlarni qo‘shish bilan: Hech zamānda hech kim eshitkәn vә kөrgәn yoqtur (Sh.tar.).
Eski o‘zbek tilidagi ravishlarni ham ma‘no jihatdan quyidagicha tasnif qilish mumkin:
1. Holat ravishlari: āhista, ravān, āsān, āgāh, tүrkchә, āshыqāna.
2. Payt ravishlari: tүnlә, hargiz, nāgāh, hamisha, damādam, dambadam, har dam, har lahza, avval, hālā.
3. O‘rin ravishlari: har sarы, bu yer, bunda, anda.
4. Daraja-miqdor ravishlari: az, kӛp, bүrgүtchә, menchә, ulug‗cha, g‗āyat, bag‗āyat.
5. Chegaralov ravishlari: haftag‗acha, kӛkkәchә, G‗aznыg‗acha, axshāmg‗acha, xususan, bataxsis.
6. O‘xshatish ravishlari: lāladek, burung‗ыdek, ыnang‗udek, yegүtek, paritek.
Juft ravishlar. Eski o‘zbek tilidagi juft ravishlarning ko‘pchilik qismi ot turkumidagi so‘zlarning ravishga ko‘chishidan hosil bo‘lgan: Yana tun-kun bardыlar (Tafsir). Qazar erdi arыg‘nы kecha-kunduz (Navoiy,FSh).4
Xulosa
Xulosa o‘rnida ravish haqida shularni aytishimiz mumkinki, ravishlarni bugungi kungacha bir qancha olimlar o‘rgangan bo‘lib, Azim Hojiyev ham o‘zining asarlarida o‘z fikrlarini bildiradi. Ravishning yasalishiga to‘xtalib o‘tadi. Bundan tashqari Ayub G‘ulomov ham maqolalar yozadi. Bundan tashqari bir qancha olimlar filologiyaning dolzarb masalalari haqida fikr yuritganda ravishga ham to‘xtalib o‘tadi.
Ravish hamisha tilshunoslikning muammoli masalasidan bo‘lib kelgan. Uni o‘rgangan olim V.V.Vinogradov «mustaqil so‘zning hech bir guruhiga sig‘may qolgan so‘z ravish turkumiga yig‘ilgan» deb haqqoniy baho bergan edi. Uning ma’no va vazifasi ot, sifat, son, olmoshga yaqin turishi arab va Yevropa tilshunosligida qayd etilgan. Sharq va g‘arb tilshunosligi ravishni ma’no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa birortasiga xos bo‘lmagan belgi – o‘zgarmaslik belgisi bilan ismdan farqlaydi. «Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini bildiruvchi o‘zgarmas so‘z» – ravishning so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik ma’nosi. Ravish gapda ko‘pincha fe’lga bog‘lanib hol, otga bog‘lanib sifatlovchi vazifasida keladi.
Tilshunosligimizda ravish yasalishi munozarali. Chunki ravishning asosiy qismi – asli boshqa turkumga mansub soddalashgan, yaxlitlashgan leksema. Shu boisdan aksariyat tilshunoslar ravish yasalishini inkor etishib, ravishlashish (boshqa turkum so‘zining ravishga o‘tishi) mavjudligini tan olishadi. Lekin –an, -chasiga, -ona, -larcha, -lab kabi qo‘shimchalar orqali ravish yasaladi. Qo‘shma ravishlar esa yasalib ular hali beri,bir dam kabi so‘zlaridir.
Ravish holat, miqdor-daraja, o‘rin, payt, maqsad, sabab kabi ma’noviy guruhlariga bo‘linadi.
Payt ravishi. Payt ravishi harakatning vaqti, payti, muddatini bildiradi: endi, saharlab, hali, doim, indin kabi. U gapda ko‘pincha hol, ba’zan kesim bo‘lib keladi: Bugun erta turib tongni ko‘rdim. (Uyg‘.) Bugunning hakami ertadir. (A.Xud.)
Dostları ilə paylaş: |