O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi



Yüklə 296,96 Kb.
səhifə11/14
tarix09.05.2023
ölçüsü296,96 Kb.
#110064
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ravish kurs ishi

-lay (-layin): tiriklay, tiriklayin, butunlay

  • -n (-in, -un): ertan-kechin, qishin-yozin, ochin-to‘qin, ostin-ustun

  • -chasiga: yangichasiga, Toshkentchasiga, dehqonchasiga.

  • -siga: tikkasiga, yalpisiga.

  • -ligicha: xomligicha, tirikligicha, butunligicha, ho’lligicha.

  • -dek, -day: o’qdek, qushdek.

  • -lab: ertalab, ko’plab.

  • -an: umuman, taxminan, majburan, asosan, rasman.

  • -gacha: kechgacha, tushgacha.

  • -simon: erkalangansimon, uyalgansimon, hazilsimon.

  • -namo: uyalgannamo, oliftanamo.

  • -incha: ko’pincha, aksincha.

  • -siz, be-: to’xtovsiz, beixtiyor.

  • -chang: ko’ylakchang, kavushchang.

    Qo`shimcha

    Xususiyati


    Yasalma

    Asos



    ­an:

    unumsiz



    tasodifan, vijdonan, taxminan, fikran, xayolan, ruhan, rasman, qat’iyan, majburan

    ot,sifat,

    modal



    bar­:

    unumsiz



    Barvaqt

    Ot



    be­:




    beijozat, beixtiyor, bevosita, bedarak, bemalol, betinim, bevaqt

    Ot



    ­iga//­siga:




    surunkasiga, nomiga, qatorasiga, uzunasiga, rostakamiga, ko`ndalangiga, tikkasiga, chinakamiga, birdaniga, qanaqasiga, yalpisiga

    ot, sifat, ravish, olmosh




    ­lab:




    oylab, donalab, harflab, haftalab, bo`g`inlab, yaxshilab, bittalab, ko`plab

    ot, sifat, son, ravish




    ­lay/­layin:

    unumsiz



    tiriklayin, yoshlayin, butunlay

    sifat, olmosh




    ­larcha:




    qahramonlarcha, bolalarcha, do`stlarcha, otalarcha, vahshiylarcha, mardlarcha, yovvoyilarcha, telbalarcha

    ot, sifat,




    ­ligicha:




    yangiligicha, xomligicha, butunligicha

    sifat



    ­namo:




    hazilnamo; oliftanamo (gerdaymoq), uyalgannamo (yuzini chetga burmoq)

    ot, sifat, sifatdosh shakl




    ­n//­in:

    tarixiy yasalish




    yozin­qishin, oldin; ochin­to`qin; ertan, kechin.

    ot, sifat, ravish




    ­ona:




    do`stona, mardona, xolisona, oqilona, fidokorona, itoatkorona

    ot, sifat




    ­siz:

    yasama so`z sifat, keyin ravishga ko`chgan




    dom­daraksiz, navbatsiz, to`xtovsiz

    ot, harakat nomi




    ­simon:




    hazilsimon, xafasimon, erkalangansimon

    ot, sifat, fe’lning sifatdosh shakl




    ­cha:




    tirnoqcha, qishloqcha, yaxshilikcha, osonlikcha, o`g`rincha (­n orttirilgan), o`zbekcha, vaqtincha (­in orttirilgan), o`zgacha, boshqacha, yangicha, yashirincha, sizcha, o`zicha, istagancha, ko`pincha (­in orttirilgan), hozircha, keyincha, keragicha, boricha

    ot, sifat, olmosh, fe’lning sifatdosh shakli, ravish, modal




    ­chasiga:




    qishloqchasiga, dehqonchasiga, soldatchasiga, yigitchasiga, mo`g`ulchasiga, ochiqchasiga, harbiychasiga

    ot, sifat




    ­chang:

    unumsiz



    mahsichang, ko`ylakchang

    Ot



    - aki

    unumsiz



    yodaki, zo`raki

    ot, sifat





    • Kompozitsiya usuli. Qo`shma ravish tarkibi quyidagicha bo`lishi mumkin:

    • 1) u/bu/shu/o`sha ko`rsatish olmoshi + yer/yoq/ora/o`rta oti: u yerga, bu yerda, shu yerdan, o`sha yoqdan, bu orada, shu o`rtada.

    • 2) shu/o`sha ko`rsatish olmoshi + kun/zamon/vaqt/on/asno oti: shu kuni, o`sha zamon, shu zamon, shu zahoti, shu onda, shu asnoda.

    • 3) har belgilash olmoshi + bosh/o`rin kelishigidagi so`z: har kuni, har yili, har yoqqa, har yerda, har taraf, har dam, har zamonda, har gal, har yoqdan, har lahza.

    • 4) bir soni + bosh/o`rin-payt kelishigidagi so`zlar: biryo`la, bir kuni, bir dam, bir zumda, bir nafas, bir pas, bir on, bir onda, bir boshdan, bir zamon, bir tekis, bir oz, birmuncha, bir talay, bir nav.

    • 5) hamma olmoshi + yoq/vaqt/zamon/joy/yer: hamma yoq, hamma vaqt, hamma zamonda, hamma joy, hamma yer.

    • 6) qay olmoshi + vaqt/choq/zamon/payt/mahal: qay vaqt, qay choq, qay zamon, qay payt, qay mahal.

    • 7) alla olmoshi + mahal/nechuk/payt/zamonlar: allamahal, allanechuk, allapayt, allazamonlar.

    Ravishning tuzilishiga ko‘ra turlari. Ravish tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab turga bo‘linadi.
    Sodda ravish bir o‘zakli bo‘ladi: bugun, indin, ertaga, ertalab.
    Murakkab ravish o‘z o‘rnida uchga bo‘linadi:
    a) juft ravish;
    b) takroriy ravish;
    d) qo‘shma ravish.
    Juft ravish ikki so‘zning juftlashishidan tashkil topadi: yana-tag‘in, eson-omon; ochin-to‘qin, oldinma-keyin, qishin-yozin; uzil-kesil, ura-sura, unda-bunda; ora-sira, ora-chora, ro‘y-rost, sal-pal, chala-chulpa, emin-erkin, oz-moz, huda-behuda; azza-bazza, apil-tapil, eran-qaran, o‘lda-jo‘lda.
    Juft ravish ikki so`zning teng bog`lanishi bilan yasaladi: • 1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon • 2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri • 3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam-badam, kundankunga, naridan-beri, kamdan-kam • 4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo`lishli va bo`lishsiz shaklda takrorlash bilan: qayta, sezilar-sezilmas, qo`yarda-qo`ymay, bilinarbilinmas kabi.
    Takroriy ravishda bir o‘zak takrorlanadi: galma-gal, zinhor-bazinhor, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, es-es, o‘qtin-o‘qtin, ahyon-ahyonda.
    Qo‘shma ravish birdan ortiq mustaqil so‘zning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: bir yo‘la, bir muncha, bir talay; bajonudil, baholiqudrat, baqadrihol; har yili, har yoq, har dam; shu zahoti, shu asnoda.
    II. BOB. Ravish so‘z turkumlari haqida umumiy gaplar.
    2.1. O‘zbek va nemis tillarida ravishlarning tuzilishidagi farqli jihatlari
    Har qanday tilda bo’lgani kabi o’zbek va nemis tillaridagi ravishlar ham tildagi so’z boyligining asosiy qismini tashkil etadi. O’zbek va nemis tillari bir-biriga mutlaqo qardosh bo’lmagan tillar bo’lganligi uchun ham, har qanday til hodisasini ushbu tillarda qiyoslab o’ganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan sanaladi. Ravish - mustaqil soʻz turkumlaridan biri bo’lib, harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlar morfologik tarkibiga ko’ra asosan uch guruhga bo’linadi: 1) Sodda ravishlar; 2) Qo’shma ravishlar; 3) Juft ravishlar. Sodda ravishlar. Birgina so’zdan iborat bo’lgan ravishlar sodda ravishlar deyiladi. Sodda ravishlar o’zbek tilida tuzilishi jihatidan ikki guruhga ajratiladi: 1) Tub ravishlar. Bular morfologik jihatdan tarkibiy qismlarga bo’linmaydi. Masalan:sira, zo’rg’a, arang, to’satdan, zo’rg’a, arang, bultur, olg’a, yana, nari, beri, eng, sekin, doim nari, ilgari va boshqalar. Yasama ravishlar. Bular morfologik tuzulishiga ko’ra ikki qismdan – asos va so’z yasovchi qo’shimchadan iborat bo’ladi. Har xil so’z turkumiga mansub bo’lgan asosga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi bilan yasama ravish hosil bo’ladi. "Science and Education" Scientific Journal April 2021 / Volume 2 Issue 4 www.openscience.uz 604 Masalan: do’stlarcha, mardona, donolarcha, qahramonona, tasodifan, aravalab, yashirin, yangicha, soldatchasiga, hazilnamo, mardlarcha kabi. Asosiy qism. Nemis tilida ham sodda ravishlar o’zbek tilidagi kabi tuzilishi jihatidan ikki guruhga ajraladi: 1) Tub ravishlar. Bular morfologik jihatdan tarkibiy qismlarga bo’linmaydi. Masalan: dort, da, , bald, wann?, sehr, wie?, sonst va boshqalar. 2) Yasama ravishlar. Bular morfologik tuzulishiga ko’ra ikki qismdan – asos va so’z yasovchi qo’shimchadan iborat bo’ladi. Har xil so’z turkumiga mansub bo’lgan asosga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi bilan yasama ravish hosil bo’ladi. Bunda so’zning asos qismiga ma’lum bir qo’shimcha yoki boshqa bir so’z turkumiga oid bo’lgan so’z qo’shilishi orqali hosil bo’ladi. Bu so’z yasash usuli eng ko’p tarqalgan so’z yasash usullaridan biri hisoblanadi. Masalan: abends, mittags, morgens, nachts, anfangs, beiderseits, allerseits, allerorts, eilends, schnellstens, bestens, frühestens, neuerdings, jährlings, seewärts, talwärts, nordwärts, westwärts, seltsamerweise, lächerlicherweise, schrittweise, bekanntermaßen, mancherlei, keinerlei va boshqalar [1]. Qo’shma ravishlar. Ikki yoki undan ortiq so’zlarning o’zaro birikishidan hosil bo’lgan ravishlar qo’shma ravishlar hisoblanadi. O’zbek tilida qo’shma ravishlar quyidagicha ko’rinishlarga ega: 1) Qismlari alohida qo’llana oladigan, mustaqil leksik ma’noga ega bo’lgan qismlardan tarkib topgan ravishlar. Bunday ravishlarning qismlaridan birortasi ham morfologik qo’shimchalar olmaydi. Masalan: bir lahza, bir oz, bir zamon, bir zum, hech qachon, hech vaqt kabi. 2) O’z leksik ma’nolarini saqlagan so’zlarning aniqlovchi-aniqlanmish munosabatda birikishidan tarkib topgan ravishlar. Masalan: o’tgan kun(i), shu zahoti, hamma vaqt, kuni kecha, shu yerda, bu yerda, shu yoqqa, shu kuyi, shu kecha, tunov kun kabi [2]. Nemis tilida qo’shma ravishlar quyidagicha ko’rinishlarga ega: 1) Olmosh-ravishlar (da, hier, wo o’rin ravishlari va an, auf, für, gegen va hokazo predloglarning birikuvidan yasaladi). Masalan: daran, darauf, daraus, dabei, dadurch, dafür, dagegen, hieran, hierauf, hieraus, hierbei, hiermit, hierfür, hiergegen, woran, worauf, woraus, wodurch, womit va h. 2) o’rin ravishlari + her yoki hin. Masalan: daher, hierher, dorthin, wohin va h. 3) Predlog + her yoki hin. Masalan: nebenher, nebenhin, vorher, hinterher, umher. 4) Sifat + her yoki hin. Masalan: fernerhin, weiterhin, künftighin. 5) Ot + predlog. Masalan: flußauf, kopfüber, tagaus. 6) Predlog + ko’rsatish olmoshi. Masalan: außerdem, währenddessen, ohnedies [3]. "Science and Education" Scientific Journal April 2021 / Volume 2 Issue 4 www.openscience.uz 605 Juft ravishlar. Juft ravishlar quyidagicha ko’rinishlarga ega: 1) Ma’nodosh so’zlarning qator keltirilishi bilan hosil bo’lgan juft ravishlar. Masalan: asta-sekin, eson-omon, ochiq-oydin, uzil-kesil kabi. 2) Bir so’zning aynan takrorlanishi bilan vujudga kelgan juft ravishlar. Masalan: bir-bir, bitta-bitta, yakka-yakka, oz-oz, kam-kam, kars-kars, gumbur-gumbur, kulakula, kuta-kuta kabi. 3) Qarama-qarshi ma’noli so’zlarning birikuvidan hosil bo’lgan juft ravishlar. Masalan: qishin-yozin, ostin-ustin, ochin-to’qin, erta-kech, kecha-kunduz, o’qiro’qimas, chiqar-chiqmas kabi. Nemis tilida juft ravishlar quyidagicha ko’rinishlarga ega: 1) Bir so’zning aynan takrorlanishi bilan vujudga kelgan juft ravishlar. Masalan: bald bald, mehr mehr, sehr sehr, durch und durch. 2) Ma’nodosh so’zlarning qator keltirilishi bilan hosil bo’lgan juft ravishlar. Masalan: immer wieder, bereits schon, noch hinzu, ausschließlich nur, wieder von neuem, nachdem danach, einander gegenseitig, darüber hinaus nach, oder ferner, gern hoffen, zuerst anfangen, zuletzt schließen. 3) Qarama-qarshi ma’noli so’zlarning birikuvidan hosil bo’lgan juft ravishlar. Masalan: hin und her, auf und ab, ab und zu. Qiyosiy grammatika fani mustaqil fan sifatida o’z tekshirish obyekti, metodi, ilmiy-nazariy va amaliy aspektlariga ega. Hozirgi nemis va o’zbek tillarida ravishlarni quyidagicha qiyoslash mumkin. 1. Ravish har ikkala tilda ham ish-harakatning qay holda bajarilishini, paytini, sababini, o’rnini va ba’zan predmetning belgisini ifodalaydi. 2. Ravishlar nemis tilida ham o’zbek tilida ham asosan ikki usul, ya’ni affiksatsiya (morfologik usul) usuli hamda kompozitsiya (sintaktik usul) usuli bilan yasaladi. 3. O’zbek tilida morfologik usul bilan ravish yasash, negizga -cha, -larcha, -day, -dek, -lab, -ona, -an, -lay (-layin), -nama, -ligicha, -(i)ncha, n(in), -iga, (-siga), - gacha, -chasiga,-siz, -simon kabi yasovchi affikslar qo’shish bilan hosil qilinsa, nemis tilida ravishlar -lings, -wärts, -lich, -sam, -weise, -maßen, -weise, -dings, - seits,-wegen, -wiellen, -halben, -willen –wegen, -s singari suffiks va yarim suffikslar yordamida yasaladi: 4. O’zbek va nemis tillaridagi ravish yasovchi qo’shimchalarning ayrimlari ma’no jihatdan ma’lum darajada mos kelsada, lekin ba’zilari butunlay mos kelmaydi. -lings, -lich suffikslari yordamida yasaluvchi ravishlar ma’nosi o’zbek tilining - larcha, -day, -dek affiksi bilan yasaluvchi ravishlarning ma’nolariga yaqin keladi. 5. O’zbek tilidagi ayrim ravish turlari nemis tilidagi ravishlarga mos kelmaydi. Bu ravishlarning ba’zilari nemis tiliga sifat bilan berilsa, boshqalari esa so’z "Science and Education" Scientific Journal April 2021 / Volume 2 Issue 4 www.openscience.uz 606 birikmalari orqali ifoda etiladi, jumladan o’zbek tilidagi do’stona ravishiga xos ma’no nemis tiliga freundlich yoki freundschaftlich sifati yordamida ifoda etiladi. 6. So’zlarning o’zaro qo’shilishi natijasida qo’shma ravish yasash kompozitsiya usulida amalga oshiriladi. Nemis tilida kompozitsiya usuli bilan ravishlarning yasalishi quyidagicha: 1) Ikki qadimgi ravishlarning qo’shilishidan ravishlar yasaladi; 2) Qadimgi ravishlar (bisland, vorgestern, übermorgen, jahraus, jahrein)ning boshqa turkumga oid so’zlar bilan qo’shilishi yoki otning sifat, olmosh va son bilan qo’shilishidan qo’shma ravishlar yasaladi; 3) Nemis tilining qadimgi davrida ravish hisoblanib, hozirgi davriga kelib predlogga ko’chib, turg’un holatga kelgan predlogli ravishlar deb ataladigan ravishlar qo’shma ravishlarning maxsus gruppasini tashkil qiladi. 7. O’zbek tilida kompozitsiya usuli bilan qo’shma, murakkab va juft ravishlar yasaladi. Bunday ravishlar komponentlarining birikish formasi va qanday turkumga oid so’zlardan tashkil topishiga ko’ra bir necha turga bo’linadi. 1) Ko’rsatish olmoshlariga jo’nalish, o’rin-payt yoki chiqish kelishigida kelgan yer, yoq so’zlaridan biri qo’shilishi orqali ravish yasaladi; 2) Belgilash olmoshi har biri bilan bosh, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi ot, ravishlarning qo’shiluvi orqali ravish yasaladi; 3) Bosh, chiqish, o’rin-payt kelishigidagi ot va ravishlarning bir so’zi bilan qo’shilishi orqali yasaladi; 4) Hamma, hech va alla so’zlarining ot yoki ravishga qo’shilishi bilan ravish yasaladi; 5) So’zlarning takrorida ham ravishlar yasaladi: Bunday ravishlarda komponentlar aynan bir shaklda yoki turlicha shaklda bo’lishi mumkin; 6) Antonimlarning o’zaro birlashishidan juft ravishlar yasaladi; 8. O’zbek tilida bo’lganidek, nemis tilida ham ravish so’z turkumi boshqa so’z turkumlari hisobiga boyib boradi: otlar, fe’llar, butun so’z birikmalari ravish so’z turkumiga o’tadi. Adverbializatsiyaning kerakli sharti leksik ma’noning zaiflashuvi yoki ravishlangan so’z va so’z birikmalari ma’nosining o’zgarishidir. 9. Nemis tilida ravish gapda hol, aniqlovchi, ot - kesim vazifalarida, shuningdek, ba’zi ravishlar og’zaki nutqda fikrni obrazli ifodalash maqsadida qo’llanadi. O’zbek tilida ravishlar gapda kesim, fe’l-kesimga bog’lanib, hol vazifalarida keladi. 10. Ravishlar ma’no jihatidan har ikkala tilda ham quyidagi turlarga bo’linadi: 1. O’rin ravishlari (lokale Adverbien); 2) Payt ravishlari (temporale Adverbien); 3) Holat ravishlari (modale Adverbien, Adverbien der Art und Weise); 4) Sabab ravishlari (Adverbien des Grundes); "Science and Education" Scientific Journal April 2021 / Volume 2 Issue 4 www.openscience.uz 607 5) Maqsad ravishlari (Adverbien des Zieles, der Folge und der Bedingung); 6) Miqdor - daraja ravishlari (Adverbien des Maßes und des Grades). 11. Ravishlar morfologik tarkibiga ko’ra har ikkala tilda ham asosan sodda, qo’shma, juft ravishlarga bo’linadi. O’z navbatida sodda ravishlar o’zbek tilida ham nemis tilda ham tuzilishi jihatidan tub va yasama ravishlarga ajraladi: 12. Ikki yoki undan ortiq so’zlarning o’zaro birikishidan hosil bo’lgan ravishlar qo’shma ravishlar hisoblanadi. O’zbek tilida qo’shma ravishlar komponentlari alohida qo’llana oladigan, mustaqil leksik ma’noga ega bo’lgan qismlardan tarkib topgan ravishlar hamda o’z leksik ma’nolarini saqlagan so’zlarning aniqlovchianiqlanmish munosabatda birikishidan tarkib topgan ravishlarga bo’linsa, nemis tilida qo’shma ravishlar quyidagicha ko’rinishlarga ega boladi: 1) Olmosh-ravishlar (da, hier, wo o’rin ravishlari va an, auf, für, gegen va hokazo predloglarning birikuvidan yasaladi); 2) o’rin ravishlari + her yoki hin; 3) Predlog + her yoki hin; 4) Sifat + her yoki hin; 5) Ot + predlog; 6) Predlog + ko’rsatish olmoshi Xulosa. O’zbek va nemis tilarida ravishlarning qiyoslanishi quyidagi xulosalarni berdi: Har ikkala tilda ham ravishlar harakat va holatning, ba’zan belgining belgisini ifodalaydi. Fe’lga bog’lanib keladi. Har ikki tilda ham sodda va yasama ravishlarga ajratiladi va qo’shimchalar qo’shish orqali yasaladi. O’zbek tilida ravishlar asosan hol vazifasida, nemis tilida esa boshqa gap bo’laklari vazifasida kelishi ham uchraydi.3



    Yüklə 296,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin