O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


-rasm. The Digital Economy and Society Index (DESI) DESI 2020



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

2.7-rasm. The Digital Economy and Society Index (DESI) DESI 2020 
 
Networked Readiness Index, NRI 
Tarmoqlashgan jamiyatga tayyorlik indeksi (NRI) mamlakatlarning 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanishga boʻlgan 
moyilligini oʻlchaydi. U INSEAD bilan hamkorlikda tayyorlanib, yillik 
Axborot texnologiyalari boʻyicha global hisobot (GITR) doirasida nashr 
etiladi. Hisobot AKT milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi va 
farovonligiga qanday ta’sir koʻrsatishini eng obroʻli va keng qamrovli 
baholash sifatida qaraladi.
Tarmoqlashgan jamiyatga tayyorlik indeksi (NRI) birinchi marta 
2002 yilda nashr etilgan va AKTning jamiyat va mamlakatlar 
rivojlanishiga har tomonlama ta’sirini baholash uchun yaxlit asos yaratgan. 
2016 yilgacha NRI Jahon iqtisodiy forumi (WEF), Kornel universiteti va 
INSEAD tomonidan nashr etilgan global axborot texnologiyalari 
toʻgʻrisidagi hisobotning (GITR) bir qismi edi. Jahon Iqtisodiy Forumi 
doirasida “Texnologiyalarga tayyorlik” deb nomlanadigan Tarmoqlashgan 
jamiyatga tayyorlik indeksi (NRI) “Axborot texnologiyalari boʻyicha 
global hisobot” (GITR) qismi sifatida nashr qilindi. 


132 
2019 yilda ba’zi ichki qayta tashkil etish va ustuvorliklarning 
oʻzgarishi sababli, WEF NRI mahsulotini oʻzining dastlabki muharrirlari 
Soumitra Dutta va Bruno Lanvinlarga topshirdi. Bu NRI doirasini qayta 
koʻrib chiqish va kelajakda tayyor holga keltirish uchun ajoyib imkoniyat 
yaratdi. Ushbu imkoniyat doirasida muharrirlar indeks nomini Tarmoqqa 
tayyorlik indeksidan tarmoqning tayyorligi indeksiga oʻzgartirdilar 
(
Networked
Readiness Index to 
Network
Readiness Index.) 2019 nashrida 
NRI toʻrtta ustunni oʻz ichiga olgan: Texnologiya, Aholi, Boshqaruv va 
Ta’sir. NRI 2019 yilda Soumitra Dutta, Bruno Lanvin va Karolina 
Rossinilar tomonidan birgalikda yaratilib, Portulans instituti tomonidan 
nashr etildi. NRI toʻptta sub-indekslarni oʻz ichiga oladi. (2.8-rasm) 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin