O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


IMD-World Digital Competitiveness, WDC



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
IMD-World Digital Competitiveness, WDC 
IMD
WDC
Jahon raqamli raqobatbardoshlik reytingi 2019 
natijalariga koʻra, uchinchi yil hisoblanayotgan boʻlib, u 63 ta mamlakat 
iqtisodiyotining biznes, davlat va jamiyatda iqtisodiy oʻzgarishlarning 
asosiy omili sifatida raqamli texnologiyalarni qabul qilish va oʻrganishga 
tayyorligini oʻlchaydi. 
2.11-rasm. WDC boʻyicha top-3 mamlakatlar
51
 
Texnologiyalar nafaqat biznes samaradorligiga, balki iqtisodiyotning 
amal qilish holati va kelajakka tayyorlanishiga ham ta’sir koʻrsatadi. Jahon 
mamlakatlari raqamli iqtisodiyotga qoʻshimcha qiymat yaratish va gullab-
yashnashni kuchaytirish uchun katta sarmoya kiritmoqdalar. 
Top-5likka 
kiruvchi 
mamlakatlar 
bilimlarni 
shakllantirishga 
yoʻnaltirilganligi jihatidan umumiy yoʻnalishlarga ega, ammo ularning har 
biri raqamli raqobatbardoshlikka har xil yondashadi. Amerika Qoʻshma 
51
www.Imd.org sayti ma’lumotlari


137 
Shtatlari 
va 
Shvetsiya 
bilimlarni 
shakllantirish, 
texnologiyalarni 
rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish va innovatsiyalarni qabul 
qilishga tayyorlik oʻrtasida muvozanatli yondashuvga amal qilmoqdalar. 
Singapur, Daniya va Shveytsariya bir yoki ikkita omilga ustuvor ahamiyat 
beradi. 
“Noaniqlik va nobarqaror global vaziyatda, egiluvchan biznes va 
jamiyatlar IMD Jahon Raqobatbardoshlik reytingi bilan chambarchas 
bogʻliqdir. Shuningdek, bilim turli mamlakatlarning raqamli koʻrsatkichlari 
uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi”deya ta’kidlaydi, IMD Jahon 
raqobatbardoshlik markazi direktori, professor Arturo Bris. 
2.4 – jadval 
IMD WDC boʻyicha mamlakatlar reytingi 


138 
2020 yilgi IMD World Raqamli Raqobatbardoshlik Reytingida 
pandemiyadan chiqish qobiliyatini bashorat qilishga yordam beradigan 
iqtisodiyotning raqamli texnologiyalardan foydalanishini tahlil qilishda 
Amerika Qoʻshma Shtatlari va Singapur birinchi va ikkinchi oʻrinni 
egalladi. Jahon raqobatbardoshlik markazi reytingida Daniya uchinchi, 
Shvetsiya toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 
IMD Jahon raqobatbardoshlik markazining bosh iqtisodchisi Kristos 
Kabolis fikriga koʻra, “Oʻz iqtisodiyotini COVID-19 zarbasidan qayta 
tiklamoqchi boʻlgan mamlakatlar uchun bir paytning oʻzida ham 
odamlarning, ham xususiy sektorning eguluvchan va moslashuvchan 
boʻlishi katta jumboqdir.” 
2020 yilgi natijalar 2019 yilning birinchi oʻntaligida biroz 
oʻzgarishlarni koʻrsatmoqda. Biroq, 2020 yil natijalaridagi uchta aniq 
tendentsiya yuqori darajadagi barcha top mamlakatlar iqtisodiyotiga 
xosdir. Ulardan biri – raqamli iste’dodlardan samarali foydalanish, bu esa 
texnologik infratuzilmaning mavjudligi va mavjud texnologiyadan 
foydalanishning aksidir. 
Jamiyatni raqamlashtirish koʻrsatkichlari statistikada oʻz ifodasini 
topadi. 
Xorijiy tahlilchilarning tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, qayta 
ishlanayotgan ma’lumotlarning doimiy oshib borishi va biznesning 
uzluksizligi uchun ma’lumotlarga egalik qilish imkoniyatining oʻsib 
borishi soʻnggi yillarda ma’lumotlarni saqlash vazifasini diqqat markaziga 
qoʻydi. Ushbu holatda yagona yechim boʻlib bajarilayotgan vazifalarga 
toʻla mos keladigan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashni tashkil 
etishga majmuaviy yondashuv xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165-sonli “Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi 
qarori doirasida davlat statistika 
organlarining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini zamonaviy server 
va kommunikatsiya uskunalari bilan qayta jihozlashdagi kompleks 
yondashuv shakllantirildi.
Axborot-hisoblash tizimining infratuzilmasini takomillashtirishning 
asosiy maqsadlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:


139 

biznes-jarayonlar uzluksizligini ta’minlash va AKT xizmatlarining 
ochiqligini oshirish;

ishonchlilikni oshirish;

unumdorlikni oshirish;

xizmat koʻrsatishga ketadigan umumiy harajatlarni kamaytirish;

axborot xavfsizligi darajasini oshirish;

statistik axborotlarning yagona ombori bilan ta’minlash;

ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash.
Axborot-hisoblash infratuzilmasini takomillashtirish shunday keng 
koʻlamli loyihani ifoda etadiki, uning asosida axborotlashtirishni 
boshqarish tizimlarining uzoq muddatli taraqqiyotini belgilab beradigan 
tashkiliy-texnologik poydevor quriladi. Takomillashtirish loyihasining 
asosiy tamoyillari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
1. Lokal yechimlardan integratsiyalashgan jarayonli-yoʻnaltirilgan 
amaliy yechimlarga oʻtish;
2. Axborot, hisoblash va tashkiliy resurslarni yagona tizim ostida 
birlashtirish, 
ularni 
davlat 
statistika 
organlarining 
faoliyatini 
avtomatlashtirish va axborotlashtirishning muhim yoʻnalishlarida qoʻllash;
3. Ishbilarmonlik jarayonlarini axborot tahminoti funktsiyalarini 
amalga oshiradigan rasmiy boʻlmagan (ma’lumotli) tizimlardan ana shu 
tizimda saqlanadigan va qayta ishlanadigan ma’lumotlarni qoʻllash 
imkoniyatini ta’minlaydigan elektron hisobga olish tizimlariga oʻtish. Bu 
ma’lumotlar Davlat statistika qoʻmitasining ichki boshqarish jarayonlarini 
tashkil etishda yuridik jihatdan ahamiyatli boʻladi va uning tashqi 
kontragentlar (fuqarolar, xususiy, davlat va jamoat tashkilotlari) bilan 
oʻzaro aloqasini tahminlaydi. Yagona axborot ta’minoti muhiti va 
tizimlararo oʻzaro aloqa qilishning standartlari asosida zamonaviy 
jarayonli-yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda ishlab chiqiladigan 
integrallashgan amaliy yechimlar tomonga avtomatlashtirish vektori 
yoʻnaltirilishini anglatadi. Foydalanuvchilarni ta’minlashning dasturiy 
mahsulotlari, ishlab chiqish vositalarini, asosiy dasturiy komponentlarni 
tanlashga yondashuvni belgilab beradi. Texnik va tashkiliy resurslarni 
yagona tizim ostiga birlashtirish tamoyili tashkiliy infratuzilmani 
takomillashtirish boʻyicha yechimlar negizida yotadi. Davlat statistika 


140 
organlari faoliyatiga tadbiq etilayotgan axborot tizimlari printsipial 
oʻzgarishlar bilan bogʻliqdir.
Tizimli infratuzilmani takomillashtirish jarayoni quyidagilarni 
koʻzda tutadi: 
1. Ishchi oʻrinlarida qoʻllaniladigan eskirib qolgan hisoblash 
texnikasining asta-sekin oʻzgartirilishi;
2. 
Hisoblash 
resurslari 
va 
ma’lumotlar 
omborlarini 
masshtablashtirish salohiyatiga e’tibor bergan holda ma’lumotlarni qayta 
ishlash markazini yangilash; 
3. 
Amaliy 
va 
asosiy 
dasturiy-texnologik 
infratuzilmani 
takomillashtirish, 
ma’lumotlarni 
qayta 
ishlash 
markazi 
texnik 
parametrlarini 
asta-sekin 
kengaytirish. 
Asosiy 
dasturiy-texnologik 
infratuzilmani takomillashtirish quyidagilarni koʻzda tutadi:
1. Ishchi oʻrinlarini qayta jihozlagan sari foydalanuvchilarning ishchi 
muhitini almashtirish;
2. Amaliy tizimlarning integratsiyasi uchun tizimlararo oʻzaro aloqa 
qilish standartlarini ishlab chiqish;
3. Mavjud boʻlgan lokal tizimlar va ma’lumotlar bazalarining 
integratsiyalashgan platformasi sifatida axborot portallari tizimini tadbiq 
etish.
Amaliy dasturiy-texnologik infratuzilmani takomillashtirish taktikasi 
mavjud boʻlgan amaliy tizimlarni bir vaqtning oʻzida ishbilarmonlik 
jarayonlarining qamrovini kengaytirgan va shu bilan bir vaqtda ana shu 
tizimlarni integratsiya qilgan holda faoliyat koʻrsatishning yangi 
texnologiyalariga koʻchirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni qayta ishlash 
markazlari (MQIM) – barcha ma’lumotlar, servislar va ilovalar 
markazlashgan holda kafolatlangan ishonchlilik, ochiqlilik va ma’lumotlar 
xavfsizligi darajasiga ega boʻlgan yagona, yaxlit axborot resursida 
saqlanishi va ijro etilishini koʻzda tutadi. MQIM ilovalar servislari 
ma’lumotlarining xavfsiz markazlashgan holda qayta ishlanishi, saqlanishi 
va taqdim etilishi uchun moʻljallangan hisoblash infratuzilmasini (oʻzaro 
bogʻlangan dasturiy va qurilmaviy komponentlar, tashkiliy ishlar) ifoda 
etadi.
MQIM ning asosiy vazifalari:


141 

ma’lumotlardan samarali foydalangan holda saqlash va qayta 
ishlash;

foydalanuvchilarga amaliy xizmatlarni taqdim etish;

amaliy tizimlarning faoliyat koʻrsatishini ta’minlash.
Davlat statistika qoʻmitasining ma’lumotlarni qayta ishlash 
markazini avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan qayta jihozlash 
axborot hisoblash tizimlari va ma’lumotlarning tartibli boʻlishi hamda 
samarali qoʻllanilishini ta’minlaydi. MQIM oʻzgarayotgan va yuzaga 
kelayotgan ma’muriy jarayonlar tomonidan keltirib chiqariladigan joriy va 
istiqbolli vazifalarning yechilishini ta’minlaydi. Yagona MQIM bazasi 
doirasida ma’lumotlarning markazlashuvi ma’lumotlarning xavfsizligi, 
ishonchliligi va yaxlitligini ta’minlash borasidagi vazifalarning yechilishini 
sezilarli darajada osonlashtiradi. Zamonaviy MQIMlarning xarakterli 
xususiyati boʻlib, resurslarni boshqarishning yuqori darajasi va buning 
oqibatida ana shu resurslarni maksimal toʻliqligi va ularni qoʻllashning 
nazorati xizmat qiladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi yuqori 
unumdor 
axborot 
infratuzilmasini 
yaratish 
va 
ma’lumotlarning 
kafolatlangan ishonchlilik, ochiqlilik va xavfsizlik darajasiga ega boʻlgan 
yagona, yaxlit axborot resursini ta’minlash uchun moʻljallangan 
majmuaviy tashkiliy-texnik yechim hisoblanadi. 
2020-yil 1-iyuldagi PQ-4771-sonli “Boʻsh turgan ob’yektlardan 
samarali 
foydalanishni 
tashkil 
etish 
va 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
keng 
joriy 
etish 
chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq faoliyat 
koʻrsatmayotgan, foydalanilmasdan turgan noturar ob’yektlardan oqilona 
va samarali foydalanish hamda ularni tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatiga 
keng jalb etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini 
boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini 
ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalari negizida Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi boʻsh 
turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda 
uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hududiy boshqarmalarini tashkil etildi. Shuningdek, mazkur qaror bilan 
boʻsh turgan obyektlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Markaz tomonidan 


142 
avtomatlashtirilgan tizim orqali tegishli davlat organlaridan olinadi hamda 
boʻsh turgan obyektlar toʻgʻrisida ma’lumotlar (ob’yekt toʻgʻrisidagi qisqa 
ma’lumot, geolokatsiya joylashuvi va boshqalar) Markazning rasmiy veb-
saytida joylashtiriladi va har oyda yangilab boriladi. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin