1.3.4-misol. Tartibi nm(n > 1, m > 1) ga teng bo‘lgan gruppaning xos qism gruppasi mavjud ekanligini ko‘rsating.
Yechish. Aytaylik, G gruppaning tartibi nm soniga teng bo‘lsin. Agar G siklik bo‘lsa, u holda G = ⟨a⟩ bo‘lib, ord(am) = n bo‘ladi. H = ⟨am⟩ to‘plam esa, G gruppaning xos qism gruppasi bo‘ladi.
Agar G gruppa siklik bo‘lmasa, u holda uning birlik elementdan farqli ixtiyoriy a ∈ G elementini olib, H = ⟨a⟩ to‘plamni qarasak, ushbu to‘plam G gruppaning xos qism gruppasi bo‘ladi. Q
Mustaqil ishlash uchun misol va masalalar
Quyidagi to‘plamlar (Z12, +12) gruppaning qism gruppasi bo‘lishini isbotlang:
H1 = {0, 2, 4, 6, 8, 10}.
H2 = {0, 3, 6, 9}.
H3 = {0, 4, 8}.
Quyidagi matritsalar to‘plamlarini (GL2(R), ·) gruppaning qism gruppasi bo‘lishini isbotlang:
= a b c d
= a 0
0 a
| ad − bc = 1 .
| a /= 0 .
= a b
−b a
| a2 + b2 /= 0 .
H = SLn(R) to‘plam G = (GLn(R, ·) gruppaning qism gruppasi bo‘lishini isbotlang.
H = {z ∈ C | |z| = 1} to‘plam (C\{0}, ·) gruppaning qism gruppasi bo‘lishini ko‘rsating.
G = {(a, b)| a, b ∈ R, b 0} to‘plamda binar amal (a, b) ∗ (c, d) = (a + bc, bd)
kabi kiritilgan bo‘lsa, u holda quyidagilarni isbotlang:
(G, ∗) nokommutativ gruppa.
H1 = {(a, b) ∈ G | a /= 0} to‘plam G gruppaning qism gruppasi.
H2 = {(a, b) ∈ G | b > 0} to‘plam G gruppaning qism gruppasi.
H3 = {(a, b) ∈ G | b = 1} to‘plam G gruppaning qism gruppasi.
G = {(a, b)| a, b ∈ R, b /= 0}, (a, b) ∗ (c, d) = (a + bc, bd) gruppaning tartibi 2 ga teng bo‘lgan elementlarini toping.
(Z, +) gruppaning quyidagi qism gruppalarini aniqlang:
H1 = ⟨4, 6⟩.
H2 = ⟨4, 7⟩.
H3 = ⟨6, 9⟩.
(Z, +) gruppaning barcha qism gruppalarini aniqlang.
S3 gruppaning quyidagi T = {x ∈ S3 | x2 = e} qism to‘plami qism gruppa bo‘ladimi?
S3 gruppaning barcha qism gruppalarini aniqlang.
S4 gruppaning tartibi 3 ga teng bo‘lgan barcha qism gruppalarini aniqlang. 12. Ushbu H = {e, (1 2)◦(3 4), (1 3)◦(2 4), (1 4)◦(2 3)} to‘plam S4 gruppaning
Dostları ilə paylaş: |