O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə43/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

2.2.1-teorema. Ixtiyoriy to‘rtinchi tartibli gruppa Z4 va K4 gruppalardan biriga izomorf.
Isbot. Aytaylik, G = {e, a, b, c} to‘rtinchi tartibli gruppa bo‘lib, u siklik gruppa bo‘lsin, u holda G ∼= Z4. Demak, G siklik bo‘lmagan holni qarash,
ya’ni siklik bo‘lmagan to‘rtinchi tartibli gruppani K4 ga izomorf ekanligini ko‘rsatish kifoya. G gruppa siklik bo‘lmaganligi uchun uning to‘rtinchi tar- tibli elementi mavjud emas. Ixtiyoriy elementning tartibi gruppaning tartibi bo‘luvchisi bo‘lganligi uchun a, b, c elementlarning tartiblari 2 ga teng bo‘ladi, ya’ni a2 = b2 = c2 = e. Endi a · b elementning c ga tengligini ko‘rsatamiz. Faraz qilaylik a · b = e bo‘lsin, u holda a = a · e = a · (a · b) = a2 · b = b tenglikdan a = b ekanligini hosil qilamiz, bu esa ziddiyat, demak a · b /= e. Agar a · b = a bo‘lsa ham e = a · a = a · (a · b) = a2 · b = b tenglikdan e = b ekanligini hosil qilib, yana ziddiyatga kelamiz, ya’ni a · b /= a. Xuddi shunga o‘xshab a · b /= b ham kelib chiqadi, demak, a · b = c. Yuqoridagi kabi b · a = c tenglikni ham ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari
a · c = c · a = b, b · c = c · b = a
tengliklar ham shu usul bilan ko‘rsatiladi. Bu esa, to‘rtinchi tartibli ixtiyoriy siklik bo‘lmagan gruppa K4 ga izomorf ekanligini bildiradi.
Endi oltinchi tartibli gruppalarni o‘rganamiz. Ma’lumki, Z6 siklik gruppa va S3 o‘rin almashtirishlar gruppasi oltinchi tartibli gruppalar bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, S3 siklik bo‘lmagan nokommutativ gruppadir, shuning uchun Z6 va S3
gruppalar izomorf emas. Bundan tashqari S3 eng kichik tartibli nokommutativ gruppadir. Quyidagi teoremada izomorfizm aniqligida faqat 2 ta oltinchi tartibli gruppa mavjud ekanligini ko‘rsatamiz.

2.2.2-teorema. Ixtiyoriy oltinchi tartibli gruppa Z6 va S3 gruppalardan biriga izomorf.


Isbot. Aytaylik, G oltinchi tartibli siklik bo‘lmagan gruppa bo‘lsin. G ning tartibi juft son bo‘lganligi uchun unda tartibi 2 ga teng bo‘lgan a G element mavjud, ya’ni a2 = e. Agar G gruppaning barcha elementlari ikkinchi tartibli bo‘lsa, u holda G kommutativ gruppa bo‘lib, uning turli a, b elementlari orqali hosil qilingan qism gruppa e, a, b, ab elementlardan iborat bo‘ladi. Bu esa ziddiyat, chunki 6-tartibli gruppa 4-tartibli qism gruppaga ega emas. Demak, G gruppaning tartibi 2 dan farqli elementi mavjud. G siklik emasligini va barcha elementining tartibi 6 ning bo‘luvchisi ekanligini hisobga olsak, tartibi 3 ga teng bo‘lgan b ∈ G element mavjudligini hosil qilamiz. Demak, ord(a) = 2 va ord(b) = 3. Ma’lumki, H = {e, b, b2} to‘plam G gruppaning indeksi 2 ga teng bo‘lgan qism gruppasi bo‘lib, ixtiyoriy gruppaning indeksi 2 ga teng qism gruppasi normal bo‘lganligi


uchun H a G. Ikkinchi tomondan esa a ∈/ H ekanligidan G = H ∪ aH kelib
chiqadi, ya’ni G = {e, b, b2, a, a · b, a · b2}. Endi b · a va b2 · a elementlarni qaraymiz. Buning uchun H ning normal ekanligidan foydalansak, a−1 · b · a ∈ H. Demak, a−1 · b · a element e, b va b2 elementlardan biriga teng bo‘lishi kerak.
Agar a−1 · b · a = e bo‘lsa, u holda b = a · e · a−1 = e. Bu esa ziddiyat. Agar a−1 · b · a = b bo‘lsa, u holda b · a = a · b bo‘lib, ord(a · b) = ord(a) · ord(b) = 6 kelib chiqadi. Bu ham G ning siklik emasligiga zid. Demak a−1 · b · a = b2, ya’ni b · a = a · b2 kelib chiqadi. Xuddi shunga o‘xshab, b2 · a = a · b tenglikka ega bo‘lamiz. Ya’ni G gruppa {e, b, b2, a, a · b, a · b2} elementlardan iborat bo‘lib,
a2 = b3 = e, b · a = a · b2, b2 · a = a · b.
Shunday qilib, biz ixtiyoriy oltinchi tartibli siklik bo‘lmagan gruppa yagona gruppaga izomorf bo‘lishini, xususan S3 ga izomorf bo‘lishini ko‘rsatdik.
Quyidagi misolda ikkita hosil qiluvchi elementga ega bo‘lgan n-darajali diedr gruppasini keltiramiz.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin