2.2.1-misol. Ikkita a, b hosil qiluvchi elementlarga ega bo‘lib,
ord(a) = 2, ord(b) = n, b · a = a · b−1
bo‘lgan Dn = ⟨a, b⟩ gruppa n-darajali diedr gruppasi deyiladi, bu yerda n ≥ 3. Ta’kidlash joizki, Dn gruppa tartibi 2n ga teng bo‘lgan nokommutativ gruppa bo‘lib, uning elementlari quyidagilardan iborat
Dn = {e, b, b2, . . . , bn−1, a, a · b, a · b2, . . . , a · bn−1}.
Ma’lumki, D3 oltinchi tartibli gruppa bo‘lib, D3 ∼= S3 bo‘ladi. D4 esa sakkisinchi tartibli nokommutativ gruppa hamda D4 gruppaning elementlari
2 3 2 3
{e, b, b , b , a, ab, ab , ab }
bo‘lib, a2 = b4 = e, ba = ab3, b2a = ab2, b3a = ab. Demak,
ord(a) = ord(b2) = ord(ab) = ord(ab2) = ord(ab3) = 2, ord(b) = ord(b3) = 4. Quyidagi misolda GL2(R) ikkinchi tartibli teskarilanuvchi kvadrat mat-
ritsalar gruppasining D4 gruppaga izomorf bo‘lgan qism gruppasi mavjudligini ko‘rsatamiz.
2.2.2-misol. Aytaylik, G ⊆ GL2(R) quyidagi matritsalardan hosil qilunivchi gruppa bo‘lsin
A = 0 1 , B = 0 1 .
1 0 −1 0
U holda ord(A) = 2 va ord(B) = 4. Bundan tashqari
BA = 0 1 0 1 = 1 0
AB3 = 0 1 0 −1 = 1 0 .
Demak, BA = AB3, bundan esa, G gruppa 4-tartibli diedr gruppasi bo‘lishi kelib chiqadi.
Endi S4 o‘rin almashtirishlar gruppasining 4-tartibli diedr qism gruppasini ko‘rsatamiz.
2.2.3-misol. S4 gruppaning a = (24) va b = (1234) elementlarini qaraylik. Ma’lumki,
a2 = e, b2 = (13) ◦ (24) , b3 = (1432) , b4 = e, b ◦ a = a ◦ b3.
Bundan esa, G = ⟨ a, b⟩ gruppa 4 -tartibli diedr gruppasi ekanligi kelib chiqadi.
Endi D4 diedr gruppasining barcha qism gruppalarini aniqlaymiz. Lagranj teoremasiga ko‘ra, D4 ning xos qism gruppalarining tartibi faqat 2 va 4 ga teng bo‘lishi mumkin. Tekshirish qiyin emaski,
H1 = { e, a} , H2 = { e, b2} , H3 = { e, a · b} , H4 = { e, a · b2} , H5 = { e, a · b3}
gruppalar D4 ning tartibi 2 ga teng qism gruppalari bo‘ladi. Uning tartibi 4 ga teng qism bo‘lgan qism gruppalari esa quyidagilardan iborat:
T1 = { e, b, b2, b3} ,
T2 = {e, a, b2, a · b2},
T3 = {e, a · b, b2, a · b3}.
Endi yana bir tartibi 8 ga teng bo‘lgan gruppa Q8 kvaternion gruppasini qaraymiz.
Dostları ilə paylaş: |