O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə172/178
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#194299
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   178
Abstrakt algebra-fayllar.org

6.5.4-ta’rif. Agar (6.8) tenglamaning θ ildizi K maydonning qandaydir radikal kengaytmasiga tegishli bo‘lsa, u holda θ ildiz radikallarda ifodalanadi deyiladi. Agar tenglamaning barcha ildizlari radikallarda ifodalansa, u holda ushbu tenglama radikallarda yechiladi deb ataladi.
Ta’kidlash joizki, θ ildizning radikallarda ifodalanishi uning K maydon ele- mentlari ustida to‘rtta arifmetik amal va n-darajali ildiz chiqarish orqali hosil qilinishi bilan teng kuchli.
6.5.2-tasdiq. Agar f (x) keltirilmas ko‘phadning hech bo‘lmaganda bitta ildizi radikallarda ifodalansa, u holda f (x) = 0 tenglama radikallarda yechiladi.

Isbot. Aytaylik, f (x) keltirilmas ko‘phad bo‘lib, θ uning radikallarda ifodala- nuvchi ildizi bo‘lsin. U holda K ⊂ F radikal kengaytma mavjud bo‘lib, θ ∈ F. O‘z navbatida 6.5.3-teoremaga ko‘ra F maydonni o‘z ichiga olivchi F maydon mavjud bo‘lib, K ⊂ F kengaytma normal radikal kengaytma bo‘ladi. θ ∈ F bo‘lganligi va K ⊂ F kengaytmaning normalligidan, f (x) = 0 tenglamaning barcha ildizlari F maydonda yotishi kelib chiqadi. Demak, f (x) = 0 tenglama radikallarda yechiladi.


6.5.3-tasdiq. Ixtiyoriy normal radikal kengaytmaning Galua gruppasi yechiluv- chan bo‘ladi.
Isbot. Aytaylik, K ⊂ F normal radikal kengaytma berilgan bo‘lsin. U holda Galua nazariyasining fundamental teoremasiga ko‘ra
K = L0 ⊂ L1 ⊂ · · · ⊂ Ls−1 ⊂ Ls = F
radikal qatorga Gal(F, K) Galua gruppasining quyidagi qism gruppalari ketma- ketligi mos keladi
Gal(F, K) = H0 ⊃ H1 ⊃ · · · ⊃ Hs−1 ⊃ Hs = E, (6.9) bu yerda Hi = Gal(F, Li).

Ixtiyoriy i (1 ≤ i ≤ s) uchun Li−1 ⊂ Li kengaytma normal kengaytma ekan- ligidan Hi = Gal(F, Li) qism gruppaning Hi−1 = Gal(F, Li−1) qism gruppada nor- mal bo‘luvchi ekanligini hosil qilamiz. Bundan tashqari, Hi−1/Hi faktor gruppa Gal(Li, Li−1) gruppaga izomorf bo‘lib, Li−1 ⊂ Li kengaytma sodda radikal ken- gaytma bo‘lganligi uchun 6.5.2-teoremaga ko‘ra Hi−1/Hi faktor gruppa yechiluv- chan bo‘ladi. Demak, (6.9) qator normal qator bo‘lib, uning har bir Hi−1/Hi faktor gruppalari yechiluvchan. Bundan esa Gal(F, K) Galua gruppasining yechi- luvchan ekanligi kelib chiqadi.


Ta’kidlash joizki, 6.5.3-tasdiqning teskarisi umuman olganda o‘rinli emas, ya’ni Galua gruppasi yechiluvchan bo‘lgan ixtiyoriy normal kengaytma radikal ken- gaytma bo‘lavermaydi. Lekin Galua gruppasi yechiluvchan bo‘lgan ixtiyoriy nor- mal kengaytmani o‘z ichiga oluvchi normal radikal kengaytma mavjud. Biz ushbu fakt isbotini keyingi paragrafda keltirib o‘tamiz (6.6.2-teoremaga qarang). Galua teoremasi deb yuritiladigan quyidagi asosiy teoremaning isbotida esa biz ushbu faktdan foydalanamiz.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin