O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo‘qon davlat pedagogika instituti sirtqi ta’lim fakulteti informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi



Yüklə 150,5 Kb.
səhifə5/14
tarix17.10.2022
ölçüsü150,5 Kb.
#65341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi Sirtqi

Paskal tilining asosiy tiplari

O‘zgaruvchilar
O‘zgaruvchi programma ob’ekti bo‘lib, turli xil qiymatlarni xotirada ma’lum nom bilan saqlab turish uchun ishlatiladi. O‘zgaruvchi o‘z qiymatini programmani bajarilish davomida, o‘zlashtirish operatori yordamida qabul qiladi. Qabul qilingan qiymat, o‘zgaruvchiga boshqa yangi qiymat berilmaguncha saqlanib turiladi va yangi qiymat berilishi bilan eski qiymat butunlay o‘chib, yo‘q bo‘lib ketadi. Har bir o‘zgaruvchiga ma’lum bir tipga tegishli qiymatlarnigina qabul qilish huquqi beriladi. Boshqa tipdagi qiymatlarni o‘zlashtirishga urinish programmaning xatoligini ta’minlaydi.
O‘zgaruvchi - bu identifikatordir. Uning ismi o‘zgaruvchining qiymatiga murojaat qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, programma matnidagi ism, shu o‘zgaruvchining qiymatini ifodalaydi.
Funksiyalar va proseduralar
O‘rta maktab kursidan funksiya tushunchasi bizga yaxshi ma’lum. Algoritmik tillarda, faqat qiymatini hisoblash algoritmlari ma’lum bo‘lgangina funksiyalar ishlatiladi. Programma tuzuvchi programma uchun lozim bo‘lgan keraklicha funk siyalarni o‘z programmasiga kiritishi mumkin.
Xuddi funksiyalar kabi hal qilinayotgan masalaning ma’lum bir tugallangan bosqichlarini hisoblash vazifasini proseduralar zimmasiga yuklasa ham bo‘ladi. Funksiyani hisoblash natijasida faqat, yagona natijaviy qiymatga erishiladi, proseduradan foydalanganda esa, natijaviy qiymatlar soni etarlicha ko‘p bo‘lishi mumkin.
Programmada aniqlangan funk siya va proseduralar o‘zgaruvchilarning e’loni bo‘limida e’lon qilinib qo‘yilishi kerak. Bunda har bir funksiya va proseduraga, ularning bajaradigan vazifasiga mos ismlar berib qo‘yiladi. Ularni aniqlashda formal parametrlardan foydalaniladi. O‘z navbatida, bu parametrlarning tiplari funksiya va proseduraning ichida aniqlanilib, e’lon qilinadi.
Programmada aniqlangan funksiya va proseduralardan foydalanish uchun programma matnida ularning ismlari va formal parametrlarga mos faktik parametrlari berilishi kerak.
Ma’lumki, matematika kursidagi elementar funksiyalardan programma tuzishda juda ko‘p foydalanishga tug’ri keladi. Masalan va hokazo. Bunday funksiyalarni boshqa tillardagi kabi standart funksiyalar deb ataladi va standart funksiyalarning ismlaridan boshqa maqsadda foydalanish maqsadga muvofiq emas.

Yüklə 150,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin