Paskal tilning alfaviti Ma’lumki, har qanday tilni o‘rganish uning alfavitini o‘rganishdan boshlanadi. Tilning alfaviti - shu tilgagina tegishli bo‘lgan asosiy belgilari va tushunchalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Paskal tilining alfavitini tashkil etuvchi asosiy belgilar jamlamasini 3 guruhga ajratish mumkin: harflar, raqamlar va maxsus belgilar.
Til alfavitining metalingvistik (Bekus - Naur) formulasi quyidagicha bo‘ladi:
::= Harf sifatida katta va kichik lotin harflari ishlatiladi. Lekin, matnlar va programmaga izohlar yozish uchun kirill alifbosining bosh va kichik harflarini ham alfavitga kiritilgan.
Raqamlar sifatida oddiy arab raqamlari olingan:
::=01234...9
Maxsus belgilar ko‘p sonli va bir jinssiz bo‘lganligi uchun ularni o‘z navbatida to‘rtta guruhga ajratamiz:
::= .
::= * / + -
Bu amallar mos ravishda ko‘paytirish, bo‘lish, qo‘shish va ayirish belgilari hisoblanadi.
Solishtirish amallarining belgilari, ularning matematik ifodasi va amallarning ma’nosi 1-jadvalda o‘z ifodasini topgan. Bu erda shu narsaga ahamiyat berish kerakki, ba’zi bir amallar ikkita belgi orqali ifodalangan.
1-jadval
Ajratgichlar guruhini quyidagi belgilar tashkil qiladi:
::= . , : ; ( ) [ ] { } ' :=
Ajratgichlarning vazifalarini tilni o‘rganish davomida aniqlab boramiz.
Hizmatchi so‘zlar guruhi esa juda keng, shuning uchun bu so‘zlarni hammasini birdaniga yodlab, eslab qolish shart emas, balki ulardan foydalanish davomida ketma-ket eslab qolinaveradi:
::=and array begin case const div do downto else end for function goto if in label mod nil not of or packed program | procedure record repeat set then to type until var while with