O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo‘qon davlat pedagogika instituti sirtqi ta’lim fakulteti informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi


Programma matnini yozish qoidalari



Yüklə 150,5 Kb.
səhifə6/14
tarix17.10.2022
ölçüsü150,5 Kb.
#65341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi Sirtqi

Programma matnini yozish qoidalari
Har bir algoritmik tilning programma matnini yozish qoidalari turlicha bo‘ladi. Programmalash tillaridan eng soddasi Beysik tilining ma’lum versiyalarida, programmaning har bir operatori qat’iy aniqlangan qator nomerlari orqali yoziladi. Paskal tilida esa, operatorlar ketma-ket yozilib, o‘zaro ";" belgisi bilan ajratib boriladi. Bundan tashqari, yozilgan programmaning o‘qishga oson va undan foydalanish qulay bo‘lishligi uchun programmada "matnni ajratish" tushunchasidan foydalaniladi (bo‘sh joy, qatorni tugashi va izohlar).
Bo‘sh joy (probel) grafik tasvirga ega emas belgi bo‘lib, qatordagi bo‘sh joyni anglatadi. Lekin, bo‘sh joy belgisi o‘zining sonli kodiga ega va programma matnidagi boshqa belgilar kabi komp yuterga kiritiladi.
Qator oxiri (tugashi) boshqaruvchi belgi bo‘lib, u ham grafik tasvirga ega emas. Ma’lumki, programma matnini yozish davomida uni tabiiy ravishda yangi qatorlarga ajratilib yoziladi. CHunki, shu matnni yozmoqchi bo‘lgan qog’ozning ham, komp yuter ekranining ham o‘lchamlari cheklangan. Programma matnini alohida qatorlarga ajratmay yozish ham mumkin, lekin bir satrga 256 tadan ortiq belgi sig’maydi. Programma matnini alohida qatorlarga ajratish, programma tuzuvchining xohishiga qarab bajariladi. Ma’lum bir qator tugamay turib, yangi qatorga o‘tish uchun "qator oxiri" tugmachasi bosiladi. Bu tugmacha ham o‘zining maxsus sonli kodiga ega.
Izoxlar programmani o‘qishga oson bo‘lishi, uni qiynalmay tekshirib, yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g’rilash va programmada bajarilayotgan ishlarni tushuntirib borish uchun qo‘yiladi. Izoxsiz yozilgan programmani hujjat sifatida qabul qilinmaydi. Muvaffaqiyatli qo‘yilgan izoh programmaning va programma tuzuvchining katta yutug’i hisoblanadi. Izoxlar ixtiyoriy vaqtda programma matniga kiritilishi yoki olib tashlanishi mumkin. Bu bilan programmaning ishi o‘zgarib qolmaydi. Izoxlarni "{" va "}" qavslari ichiga olinib yoziladi.
Programma "matn ajratgich"laridan foydalanishning quyidagi qoidalariga amal qilish lozim:

  • tilning ketma-ket yozilgan ikkita konstruk siyasi orasiga albatta bo‘sh joy yozilishi kerak;

  • ajratgichlarni hizmatchi so‘zlar, sonlar va ismlar orasiga qo‘yish maqsadga muvofiq emas.

Quyida yuqoridagi qoidalar asosida yozilgan programmaga doir misol keltirilgan.
Misol. Quyidagi berilgan funk siyalarning qiymatlarini [a,b] oralig’idagi x=a+ih, lar uchun (n-berilgan son) hisoblash programmasini tuzing: f1(x)=x2, f2(x)=3-x, f3(x)=0,5-sinx


Program P1;
{ f1(x)=x*x; f2(x)=3-x; f3(x)=0.5-sin(x) funk siyalar qiymatini [a,b]
oralig’ida hisoblash programmasi }
const
n=10; {[a,b] oraliqni 10 ta bo‘lakchalarga ajratdik}
Var
{Programmada qatnashadigan barcha o‘zgaruvchilar e’lon qilinmoqda}
a,b:real;
i:integer;
x,h,y1,y2,y3:real;
Begin
read(a,b); [a,b] oraliqni chegaralarini ajratish}
h:=(b-a)/n; x:=a; i:=0; {Boshlang’ich ma’lumotlar hisoblandi}
Repeat
y1:=x*x;
y2:=3-x;
y3:=0.5-sin(x);
Writeln (x,y1,y2,y3); {Funk siyalar hisoblanib, natijalar chop etilmoqda}
x:=x+h; i:=i+1;
Until i=n+1
{Hisob ishlari yakunlandi}
end.




    1. Yüklə 150,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin