Tilning asosiy tushunchalari Operatorlar Operator tushunchasi tilning eng asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, har bir operator tilning yakunlangan jumlasi hisoblanadi va ma’lumotlar tahlilining tugallangan bosqichini ifodalaydi.
Operatorlarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh operatorlarining tarkibida boshqa operatorlar qatnashmaydi va bu operatorlarni asosiy operatorlar deb ataladi. Asosiy operatorlar jumlasiga quyidagi operatorlar kiradi: o‘zlashtirish operatori, pro sedura operatori, o‘tish operatori, bo‘sh operator. Ikkinchi guruh operatorlarining tarkibida esa boshqa operatorlar ham qatnashib, ular tarkibiy operatorlar deb ataladi. Ular jumlasiga quyidagi operatorlar kiradi: tashkiliy operator, tanlov operatori, takrorlash operatori, ulash operatori.
Masalani echish algoritmining programmasida yuqoridagi ikki guruh operatorlarining ketma-ketligi cheklanmagan miqdorda qatnashishi mumkin. Bu ketma-ketlikdagi operatorlar o‘zaro ";" ajratish belgisi orqali ajratiladi, ya’ni programma matnining yozuvi alohida operatorlarga bo‘linadi. SHunday qilib, S orqali ixtiyoriy yozish mumkin bo‘lgan operatorni belgilasak, masala echilishining algoritmi quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha ifodalanishi mumkin:
S; S; ...;S.
Operatorlarning bu ketma-ketligi ularning programmada yozilish tartibi bo‘yicha bajariladi. SHunday qilib, operatorning izdoshi undan keyin yozilgan operator hisoblanadi. Operatorlar bajarilishining bu tabiiy ketma-ketligini faqat o‘tish operatori yordamida buzish mumkin. Tarkibiy operatorlarda esa operatorlarning bajarilish tartibi o‘ziga xos qoidalar bilan aniqlanadi.
Ismlar va identifikatorlar Ma’lumki, ma’lumotlarning tahlili jarayonini ifodalovchi algoritm turli xil ob’ektlar (o‘zgarmaslar, o‘zgaruvchi miqdorlar, funk siyalar va hokazo) ustida ish olib boradi. Bu ob’ektlarga ularning vazifasi va qabul qiladigan qiymatlariga qarab maxsus ismlar beriladi. SHu ismlarni odatda, identifikatorlar deb ataladi. Identifikator deb harf yoki "_" belgisidan boshlanuvchi harf, raqam va "_" belgisining ixtiyoriy ketma-ketligiga aytiladi:
::= Agar quyidagi oraliq tushunchani kiritsak:
::= YUqoridagi aniqlashni quyidagicha ham yozish mumkin:
::= {}.
Hizmatchi so‘zlardan identifikator sifatida foydalanish mumkin emas. Odatda identifikator so‘zining o‘rniga qulayroq va qisqaroq qilib ism deyish mumkin. Programmada qatnashuvchi ob’ektlarga ismlarni programma tuzuvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlab olishi mumkin. Bir xil ism bilan bir necha xil ob’ektlarni nomlash mutlaqo mumkin emas. Turbo Pascal muhitida ismda qatnashuvchi belgilar soni (ism uzunligi) 63 ta belgidan oshmasligi kerak.
Ismlarga misollar:
_Burchak, _A1, Ahmad_Berdiev, C, Summa, Time, A, S1, … E’lonlar Paskal tilining asosiy tushunchalaridan biri e’lon qilish hisoblanadi. Programmada qatnashuvchi barcha ob’ektlarning ismlari mos ravishda programmaning bosh qismida, ularning qanday tipdagi qiymatlar qabul qilishi mumkinligiga qarab, e’lon qilinib qo‘yilishi kerak. Paskal tilida e’lon qilishning 5 xil turi mavjud:
metkalar (tamg’alar) e’loni;
o‘zgarmaslar e’loni;
tip aniqlash uchun e’lon;
o‘zgaruvchilar e’loni;
pro sedura va funk siyalar e’loni.
Umuman olganda, yuqorida sanab o‘tilgan e’lonlarning vazifalari ularning nomlaridan ham sezilib turibdi, e’lonning vazifalari esa keyinroq to‘la ochib beriladi.