O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

9-Mavzu: Toponimik tadqiqotlar 
Reja. 
1. Toponimik ma'lumotlarni to'plash 
2. Toponimik va terminologik kartochkalar 
Tayanch tushuncha va iboralar. 
Dromonim, 
Ekzonim, Etnonim nomlar , Gibrid nomlar
Gidronim,
.
Indikator.
Tadqiqot metodlari, aholi orasida ma‘lumotlar to‘plash. Toponimik va terminologik 
kartochkalar. Toponimik ekspeditsiyalar uyushtirish. Toponimlarning xalqona va ilmiy talqinlari.
 
Toponimik ma'lumotlarni to'plash 


Har bir joyning geografik nomlarini o'rganish ma'lumotlar to'plashdan boshlanadi. Geografik 
nomlar haqidagi ma'lumotlar bevosita joyda, o'rganilayotgan hududda yig'iladi. 
Kerakli ma'lumotlarni yana xaritalardan, turli xil ma‘lumotlardan, badiiy, tarixiy adabiyotlardan, 
shuningdek davlat arxivlaridan olinadi. Ilmiy sayohatlar vaqtida aholidan, xususan qariyalardan 
so'rab o'rganish ma'lumot to'plashda katta yordam beradi. Ma'lumotlar qanday manbalardan 
to'plangan bo'lishidan qat'iy nazar, to'g'ri bo'lishi kerak. 
Joyda ma'lumot yig'ish vaqtida hamma nomlarni, shu jumladan juda kichik geografik obyektlar 
nomlarini ham yozib borish kerak. Geografik nomlar tushunarli bo'lsa ham, tushunarsiz bo'lsa 
ham, o'zbekcha bo'ladimi, boshqa tilda bo'ladimi baribir yozib olish zarur. Yozuv o'zbek tili 
qoidalariga mos bo'lsin. 
Joy nomlarini o'rganishni har bir nom uchun kartoteka tuzishdan boshlash zarur. Har bir nomni 
o'rganganda va ma'lumot to'plaganda muayyan tartibdagi savollar tuzilishi va nomlarni dastlabki 
o'rganish ana shu savollarga javob tayyorlashdan iborat bo'lishi kerak. 
Bu savollar quyidagilar: 
1. Mazkur nom nimaning nomi: qishloqmi, shaharmi, tog'mi, daryomi, ko'lmi, ko'chami, ovulmi, 
mahallami, guzarmi, buloqmi, jarmi va h.k. 
2. Bu obyektning boshqa nomi ham bormi, bo'lsa ilgarigi nomi qanday, qachon, nega 
o'zgartirilgan? 
3. Bu nom qachondan beri mavjud? 
4. Yaqin atrofda yana shu nomda boshqa obyektlar (daryo, ko'l, jar, qishloq va boshqalar) bormi? 
5. Mahalliy aholi joy nomi ma'nosini qanday tushuntiradi? 
6. Mahalliy aholining joy nomi haqidagi fikri siz yiqqan ma'lumotlarga to'g'ri keladimi? 
7. Joy nomida mahalliy tabiiy xususiyatlar qanchalik aks etgan. 
Har bir nom uchun tayyorlanadigan kartochka o'lchami 7,5 x 12,5 sm bo'lib, yupqa kardon 
qog'ozdan tayyorlansa yaxshi bo'ladi. Kartochkaning bir tomoniga eng yuqori qismiga yirikroq 
harflar bilan joy nomi yozib qo'yiladi. So'ngra bu nomning nimadan iboratligi, qayerda 
joylashganligi, boshqa nomlar bo'lsa, ular ham yoziladi. Kartochkaning orqasiga mazkur 
nomning etimologiyasi, hozirgi vaqtda qanday talaffuz qilinishi, to'g'ri yozilishi yozib qo'yiladi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin