O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

Arpapoya. 
Toshkentdagi ko‘cha. Ilgari 
mavze 
nomi 
bo‘lgan 
Qadimgi 
Toshkentning 
janubiy 
qasmida 
joylashgan 

Arpapoya
‖ aropa - xandaq va ―poy‖ - oyoq, 
chekka so‘zlardan hosil bo‘lgan. Qadimgi 
Toshkent atrofiga mudofaa handagi qazilgan 
bo‘lgan. Bu xandaq chekkadagi, oyoqdagi xandaq 
bol‘gan, nomi shundan kelib chiqqan. 
Old tomoni 
Orqa tomoni 
Toponimik kartochka namunasi 
Kartochkalar tayyor bo'lganidan keyin geografik nomlarni alifbo bo'yicha tartibga solib, lug'at 
tayyorlash mumkin. Yoki nomlarning turlariga qarab (oronim, gidronim, etnonim, diniy nomlar 
va h.k.), guruhlarga ajratish ham mumkin. Nomlarni hosil bo'lishiga qarab ham guruhlarga 
jamlasa bo'ladi. Agar toponimik ma'lumotlar yuqorida bayon etilgan talablar hisobga olinib, 
to'g'ri to'plangan bo'lsa katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. Mahalliy geografik terminlar 
(atamalarni) o'rganishda ham har bir termin uchun kartochka to'ldirib borish juda yaxshi natija 
beradi. Har bir joy toponimiyasini (joy nomlarini) tadqiq qilishda mahalliy terminlar haqidagi 
ma'lumotlar juda zarur. Chunki ko'p joy nomlari asosini terminlar tashkil etadi. 
Toponimlarning xalqona va ilmiy talqinlari 
Xalq terminlari (atamalari) 


Xalq terminlari umuman terminlarning muhim turlaridan biri bo'lib, ilmiy terminlarning milliy - 
mahalliy xususiyatlarini aks ettiradi. Qomusiy geograf olim L.S.Berg ta'rifi bilan aytiladigan 
bo'lsa, xalq tilida bitmas - tuganmas boylik bor, bu - ilmiy terminlarni kengaytiruvchi manbadir.
Ayrim geografik ilmiy tadqiqotlarda xalq terminlarini mahalliy terminlar deb atashadi. 
Qozog'istonlik G.Konkoshbayev ko'proq xalq geografik terminlari iborasini, ozarbayjonlik 
M.Geldixonov esa mahalliy geografik terminlar iborasini ko'proq ishlatadi. Mahalliy geografik 
terminlar iborasi ko'proq lokal xarakterga ega bo'lib, muayyan bir hududga oid bo'ladi. Xalq 
geografik terminlari iborasi esa kengroq ma'no kasb etadi.
Xalq terminlarining asosiy manbalari quyidagilardir: 
1. Xalq og'zaki ijodi - folklori. 
2. Qadimgi qo'lyozma manbalar. 
3. Turli lug'atlar, ensiklopediyalar. 
4. Yirik masshtabli topografik xaritalar. 
5. Sharqshunoslarning asarlari. 
Xalq terminlarini to'plash, saralash va tasniflash muhim vazifalardan biri bo'lib, ularni to'plash 
uchun ilmiy terminologik ekspeditsiyalar uyushtirish zarur bo'ladi. Bunday ilmiy ekspeditsiyalar 
uzoq qishloqlarga, tog' vodiylari va daryo bo'ylaridagi aholi punktlariga uyushtirilishi lozim. 
Sababi, bunday aholi punktlarida xalq terminlari o'zgartirilmasdan, uzoq yillardan buyon 
ishlatilib kelinadi. Bundan tashqari, ayrim xalq an'analari, va urf odatlari qadim zamonlardan 
saqlanib kelinmoqda va bu hodisa xalq terminlarida o'z aksini topgan. Masalan, Janubiy 
O'zbekistonda - buloqlarning atrofini tozalash, ko'zini ochish maqsadida uyushtiriladigan hashar 
teganak (taganak) deb yuritiladi va bu marosim ajdodlardan meros bo'lib, hozir ham amalga 
oshirib kelinmoqda. Bu va shunga o'xshash ko'plab xalq terminlarini mahalliy aholi, asosan 
qariyalar bilan suhbatlar chog'ida to'plash mumkin. 
Xalq geografik terminlarining muhim manbalaridan biri qadimgi qo'lyozma manbalardir. 
Yuqorida qayd etilganidek Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg'u bilig‖, Mahmud Koshg'ariyning 
―Devonu lug'atit turk‖ asarlari eng qadimiy yaxlit manbalardir. 
Turli davrlarda yozilgan lug'atlar, ensiklopediyalar ham xalq geografik terminlarini to'plashning 
muhim manbalaridan hisoblanadi.
Ilmiy baynalmilal terminlar qatoridan o'rin olgan xalq geografik terminlarini ko'proq yirik 
sharqshunos olimlarning asarlaridan to'planadi. O'rta Osiyo, xususan O'zbekiston hududiga oid 
ko'plab ilmiy asarlar yozgan yirik sharqshunos olim V.V.Bartold turkiy (o'zbek) xalq geografik 
terminlaridan ko'p foydalangan.
Tabiiy geografiyaga oid o'zbek (turkiy) xalq geografik terminlarini (XGT) quyidagicha 
guruhlashtirish mumkin:
1. Geografik o'rinni bildiruvchi XGT; 
2. Relyefni bildiruvchi XGT; 
3. Iqlimga oid XGT; 
4. Gidrologiyaga oid XGT; 
5. Tuproqshunoslikka oid XGT; 
6. Biogeografiyaga oid XGT; 
7. Landshaftshunoslikka oid XGT; 
8. Tog' jinslariga oid XGT. 
Ayrim xalq geografik terminlari E.M.Murzayev ta'biri bilan aytganda, anatomik terminlar - inson 
tanasi a'zolari nomlari bilan bog'liq. Quyida ulardan ayrim namunalar keltiriladi.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin