Memorial nomlar bundan mustasno, albatta. O'zbek xalqining jahon fani va madaniyati
taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan,
taniqli olim, yozuvchi, shoirlar, sarkardalar, ma'rifiy
namoyondalar, xalq ustalari nomlarini Toshkentda hurmat va g'urur bilan e'tirof qilishadi.
Ularning nomlari ko'chalar,
maydonlar, bog'lar, hiyobonlarga, o'quv yurtlari, ayrim muassasa,
korxona, tashkilotlarga qo'yilgan. Lekin kishilar nomlari berilgan joylarga o'sha
shaxs haqida
ma'lumotnoma yozib qo'yilsa yaxshi bo'lardi. Amir Temur, Bobur, Ulug'bek, Beruniy, Navoiy,
Mashrab, Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, Fitrat,
Abdulla
Avloniy, G'ofur G'ulomlarning kimligini ko'pchilik yaxshi biladi. Lekin chet ellik sayyohlar
hammasi ham bilmasligi mumkin. Huddi shunday Yunusobod mavzeyi kimning nomiga
qo'yilganligini ko'pchilik bilmasa kerak. Bu joyni nisbatan yaqinda, 1919 yilda taxtapullik
Yunus
ismli kosib bu yerga kelib, o'zlashtira boshlagan. Yer ochib, dehqonchilik qilgan. Keyinchalik
taxtapullik ko'p oilalar kelib unga qo'shilishgan. Bu yer shu tariqa obod bo'lgan.
Mavze nomi
birinchi bo'lib qo'riq ochib, obod qilishni boshlagan Yunus aka nomi bilan Yunusobod deb
ataladigan bo'lgan.
5. Toshkentda ma'nosini tushunish qiyin bo'lgan
Dostları ilə paylaş: