O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

6-Mavzu: Toponimika va landshaft 
REJA: 
1.
Atoqli geografik nomlarning kelib chiqishi, umumlashgav tartibga solingan
toponimlar tasodif nomlar 
2.
O‘xshatib qo‘yilgan nomlar ko‘chma nomlar atoqli otdan hosil bo‘lgan nomlar. 
3.
Geografik nomlarning paydo bo‘lishi va xususiyatlariga ko‘ra turlari. 
4.
Geografik nomlarning tasniflash masalalari. 
5.
Tayanch tushuncha va iboralar. 
Toponimika, toponim, urbonim, toponimst, etnonim, gidronim, oronim 
 
Geografik joy nomlarida muayyan hudud tabiatining aks etishi. Toponimika va landshaft. 
Toponimlar – o‘tmish tabiiy sharoitini aniqlovchi manba sifatida.
Geografik nomlarning toponimlar atoqli otlar turkumiga kiradi. Turdosh otlardan yasalgan 
nomlar ma‘lum bir so‘z birikmasini tashkil etishi mumkin. Nomlar umumiy tushunchalarning 
mujassamlashuvi individuallashivi natijasida paydo bo‘ladi. Qizilqiya, Qoratog‘, Chuqurko‘l
aslida so‘z va so‘z birikmalari to biror joyning atoqli otiga aylanishiga qadar turdosh ot 
bo‘laveradi. Abektning joylashuvi biror bir belgisini miqdorini sifatini rangini va boshqa 
xususiyatlari aynan shu ob‘ektga mujassamlashgandan.. Keyin abektning atoqli otiga
toponimga aylanadi. Unumlashgan avvolo umumlashgan ob‘ektning umumiy jihatini boshqa 
ob‘ektlardan farq qiladigan turini bildiradi. Cho‘l - quruq iqlimlik qoplami siyrak oqar suvi
bo‘lmagan quruqlik maydoni cho‘l hududining sho‘rxoklar ko‘p uchraydigan bo‘lagi
individuallashgan cho‘lning va sho‘rxok doirasi sho‘rhokcho‘l atoqli otga aylanadi. Qumloq 


maydonli qismi qumli cho‘l va rangi kattaligi kabi sifat jihatlari qo‘shilib, kattaqum
cho‘li Qizilqum cho‘li deb atoqli otga aylanadi. Geografik nomlar dastavval til taraqqiyotining 
boshlang‘ich davrlarida oddiy turdosh otlardan iborat bo‘lgan odamlar geografik ob‘ektlarni
oddiygina suv daryo tog‘, to‘qay va hokazo deb yuritganlar. Bora-bora rangi bo‘yicha 
Qorasuv Qizilsuv, Sarisuvga aylangan. Muayyan alomatlar shu ob‘ektlar uchun
mujassamlashib, tanhoz asli Tanqiz Jinnidaryo Uradaryo Tantaksoy atoqli otlar paydo 
bo‘lgan. Qadimiy turkiy tilda katta daryo ―O‘kiz‖ ―Edil‖ ―Jayhun‖ der ekanlar bu so‘zlar 
keyinchalik daryolarda atoqli ot bo‘lgan O‘kuz, Jayhun Amudaryo Idil Volga Kavkaz
xalqlarida daryoni Don deganlarni Don-Amur Gang daryolarining nomi ham shu tariqa 
paydo bo‘lgan. Misisipi, Kattasuv, Yenisiy – Ona daryo, shu yo‘sunda ma‘lum va mashhur
mikrotoponimga aylangan. Ko‘chma nomlar toponimikada talaygina tog‘ yoki tepalik nomi 
shu yerdan boshlangan. Soyga, qishloq nomi toqqa, tog‘ning nomi shaharga beriladi. Tom,
Om‘, Biya, Angara daryolarining nomi shaharlarga o‘tgan. Respublikamizda Zarafshon daryosi 
nomi oltin qazuvchilar shahri Zarafshonga Ohangaron daryosi nomi Ohangoron shahriga 
berilgan. O‘rta Osiyoda odatda daryolar qaysi aholi manzili yonidan o‘tsa daryo nomi o‘sha 
shahar nomi bilan ataladi. G‘uzordaryo Yakkabog‘daryo, Amudaryo Yevropa va Rossiyadan 
daryolar nomi shaharga ko‘chadi. Venetsiya shahar nomi janubiy Amerikaning Venesuella 
davlati nomiga ko‘chgan. Amerika qitasida Yevropa shaharlarining nomlari ko‘p ekanligini 
ko‘rish mumkin. Shaharlarimiz mikrotoponimiyasida barcha shahar va tumanlarning nomlarini
uchratish mumkin ki bu nomlar shu shahar va tumonlarga bo‘lgan hurmat belisi desa bo‘ladi.
Edil Don, Amur, Ganga Oxota Yayla, Chinik Qopchig‘oy nomlari ham aynan shunday 
so‘z nomlardir.
Al‘p qismiga kel‘t tilida tog‘ balandlik degan oddiy so‘z edi. Zamon o‘tishi bilar 
Yevropadagi eng baland tog‘ nomida mujassamlashib, atoqli otga aylandi. Shu bilan birga Al‘p 
nomidan Alpinizm, Al‘p o‘tloqlari Al‘p burmalanishi kabi iboralar to‘qildi. Ikki ob‘ektni bir-
biridan farqlash uchun Katta suv, Kichiksuv, Oqsuv, Qorasuv, suvlisoy, Quruqsoy,
Chuchukquduq, Sho‘rquduq kabi qishloq nomlari paydo bo‘lgan. Atoqli otlar ilmiy atamalarga 
aylangan hollar ham mavjud. Balxan yarim orolidagi Karst plotosi nomida karst ilmiy 
atamasi O‘rta Yer dengizining Vulkana oroli nomidan Vulqon so‘zi turkiyada ilon izi bo‘lib,
oqadigan Menderes daryosi nomidan Meandr Islandiyadagi Gezer Qaynarbulog‘i nomi 
otilib turadigan issiq buloqlarga berildi.
Nomlarda ko‘chish qonuniyati planitamizning hamma regionlarida davon nomi shu 
yerdan boshlanadigan soyga o‘tadi. Qishloq nomi toqqa, tog‘ nomi shaharga shar nomi 
viloyatga berildi. O‘rta Osiyoda aholi manzili nomi ko‘pincha uning yonidan oqib o‘tadigan 
daryoga Amudaryo, G‘uzardaryo, Yakkabog‘ daryo boshqa regionlardan daryolar bo‘yida 
paydo bo‘lgan shaharga shu daryo nomi beriladida shaharni bildiruvchi qo‘shimcha bilan 
shahar nomi hosil qilinadi. Or‘-Orsek Yenesiy - yenesesik , Uj-Ujgorod shahar nomi
daryoga ko'‘hish mumkin. dUshanbe shahri Dushanba daryosi mamlakat nomlarining 
ko‘pchiligida - Iston – iya, qo‘shimchalari yozilishi qonun bo‘lib qolgan deyish mumkin.
Tojikiston Vengriya geografik nomlarda umumlashtirish ham odat bo‘lib qolgan. Osiyo 
dastlab kichik bir yerning hozirgi Falastin Livan Suriyaning nomi edi. Zomanlar o‘tishi bilan
kata qitaning umumlashgan nomi bo‘lib qoldi. Tiyanshan nomini biron o‘zbek qirg‘iz. Qozoq, 
uyg‘ur bilmas edi. Bu tog‘ning ayrim bo‘laklari qurama chotqol terskay Xoliq tog‘ va 
hakozo nomlar bilan yuritilgan faqat markaziy qismi eng baland tepasi tangritog‘ va Xotangri
nomi bilan mashhhur bo‘lgan. Xitoylar turkiycha Tangritog‘ni Xitoychaga tarjima qilib,
Tanshanov nomini yaratdilar. (Tyan – tangri, osmon shan – tog‘) bu tarjima nom butun daryo 
xarita va adabiyotlarida o‘rnashib qoldi. Tyan – tangri osmon, shan – tog‘, chunki turkiy xalqlar 
ham xitoylar ham tangri osmonda yashaydi deb hisoblashadi. Tyanshan nomi xalqaro 
adabiyot va xaritalarda butun bir tog‘li ma‘lumot uchun mujasamlashib qoldi. Tasodif nomlar 
ham geografik xaritalarda ko‘pchilik ispanlar janubiy Amerikani egallashlari davomida, tog‘ 
etagida yashovchi mahalliy aholidan ―yuqorida nima bor deb so‘rashibdi . yerli mahalliy aholi
ispanlar savoliga ‖ ―Chili‖ yani yuqori sovuq bor deb javob bergan ekan. Shu shu bu tog‘li 
mamlakat nomi chili nomi bilan atay boshlangan.
Geografiya kashfiyotlar tarixida eng katta kashfiyot qo‘shaloq materik Amerikaning 
X.Kolumb tomonidan ochilishi bo‘lib, Amerika nomi ham bir jihatdan tasodif tufayli paydo


bo`ldi. Gollandiya olimi M.Val‘dzemyuller Sen-de shahrida Amerigo Vespuchchining o‘zini 
klashfiyotchi qilib, Flirensiya shahrining mashhur fuqarosi P‘ero Sderenga yozgan ikki 
xatini Florensiyolik banker Medrichi va yoshlikda birga o‘sgan Val‘dzenyuller
kosmografiyaga kirish kitobiga yangi ochilgan quruqliklarni uning nomi bilan atashni taklif 
etadi. Haqiqatdan bu materikning kashfiyotchisi X.Kolumb bo‘lib, Amerika Vespuchi
Kolumbning ikkinchi sayohatida oddiy qatnashchi bo‘lib ishtirok etgan, tarixda bironta 
davlatning ekispeditsiyasiga Vespuchi boshliq bo‘lib qatnashgan emas. Boshqalarning
kashfiyotini o‘ziniki qilib, o‘zlashtirish uchun ―sayohatga boshliq bo‘lganman ― - deb ikkita 
xat yozib qoldirgan., M.Valzimullier kartograf Merkatr proektsiyasini qo‘llab yangi 
materiklar xaritasini tuzadiki , tasodif tufayli qo‘shaloq materiklarga ―Amerika ‖ nomi 
mujassamlashib qoldi. Nomlanish tarixida eng katta xato va Kolumbga nisbatan o‘ta ketgan 
adolatsizlik geografik voqiylik bo‘lganidan etiboran Amerika nomi paydo bo‘ldi.
Al‘p qadimiy kel‘t tilida - tog‘ , balandlik degan oddiy so‘z bo‘lgan. Zamon o‘tishi bilan 
Yevropadagi eng baland tog‘ning nomiga aylangan. Ayni vaqtda Al‘pinizm, Al‘p o‘tlog‘i
Al‘p burmalanishi kabi iboralar geografiyada paydo bo‘ldi. Xingan Xibin nomlari aslida
Yassitog‘ilk tizma ma‘nosidagi nomlardir. Toponimlarda umumlashtirish ham ananaga 
aylangan. Ilgari Toshkentning faqat bir darvozasi, so‘ngra darvoza atrofidagi bir guzagina 
Samarqand darvoza deyilgan. Hozir esa Chorsudan to Zaxariqacha bo‘lgan katta hudud
umumlashma - Samarqand darvoza ko‘chasi deyiladi. Yana bir misol Xitoyning janubidagi
eng katta daryoning nomi Chntzi bo‘lib, uning quyi qismi okeanga quyilish joyigacha
Yantsizi deyiladi. Yevropalik va umuman geografik kitoblarda butun daryo Yantizi deb 
umumlashma nomi bilan ataladi.
Ayrim nomlar aniq bir sanada hosil qilinadi. 1520 yilda Tinch okeani nomi Magellan
sayohati natijasida paydo bo‘ldi. Avstraliya nomi 803 yilda rasmiylashdi. Afrikada 
Tanganika Zanjibar davlatlari 1964 yilda tanlov asosida ikki davlat nomlarining birinchi
bo‘g‘inidan kesib olinib Tanzaniya hosil bo‘ldi. Hozircha izohi aniqlanmagan nomlar
ham uchraydi. Bunday nomlar nooydin nomlar izohi bir muncha aniq qaysi tilda
nima sababdan atalganligi aniq nomalr haqida XX asrning eng yaxshi geografiya
darsligi mualliflaridan biri Moskvalik geograf professor B.P. Maksokovskiy toponimika 
fani uchun kartadagi nomlar bo‘lajak o‘qituvchilar uchun o‘zi haqida so‘zlab turadigan
darajasida toponimikani o‘qitish kerak. Nomlar haqidagi fanning o‘qitilishiga ahamiyat
berish diqqatni jalb etadi. Joy nomlari nihoyatda turli tuman, ularni tasniflash ham turlicha
tamoiyillar asosida bo‘lihsi mumkin. Nomlarni semantik - til qoidalari nuqtai nazardan
turlarga ajratish holari ko‘proq uchraydi. Nomlarni shakllanish bosqichlari bo‘yicha ham tahlil 
etish o‘rinli bo‘ladi. Geografik adabiyotlarda xususan geografik atoqli geograf olim
H.Hasanov ko‘rgazmalariga amal qilib, Nomlarning paydo bo‘lishi shartli ravishda 
quyidagicha b tartibda tasniflash mumkin.
1. Joyning holati xosiyati yer yuzasi va umuman tabiatiga bog‘liq nomlar. Yer 
yuzasida shimoliy, janubiy sharqiy va g‘arbiy ma‘nolarini anglaatadigan ob‘ektlar nomi
talaygina. O‘rta Yer dengizi shimoliy orollar rel‘efiga bog‘liq. Monblan, Kesek tog‘i
gidronimlar Xuanxe Rio-Negro Jinnidaryo Bodhez nurash natijasida hosil bo‘lgan
geomorfologik shakllar- Odamtosh Arratosh Uradaryo. 
2. O‘simlik va hayvonlarga bog‘liq nomlar To‘ldi Qo‘rg‘on, Qarag‘anda Yo‘lbars 
to‘qay Bo‘kantov, Shvarsvald Qoplonqir
3. Foydali qazilmalarga bog‘liq nomlar Toshko‘mir, Jezqazg‘an, Tasqazg‘an,
Temirtov, Neftdag, Kumushkon, Oltintopgan, Tillakon, o‘z navbatida mineralarga yoki 
tog‘ jinslarga joy nomlari bilan atalgan. Labradorit, Amazonit
4. Kasb-hunardan olingan nomlar - shaharlar mikrotoponimiyada ko‘pchilikni
tashkil etadi. GalaOsiyo (ko‘ptegirmon0 Sarasiyo (Tegirmon boshi) So‘zangaron,
Ohangaron, Dehqanobod, Charvador 
5. Xalq qabila va ulug‘larga bog‘liq nomlar – Baxrin, Barlos, Jaloir, Mang‘it, 
Qarluq, Qo‘ng‘irot, Qipchoq, Qovchin, Nukus va boshqa aholi punktlari 
6. Shaxslarning nomi bilan bog‘liq nomlar Antroponimlar – Patronimlar Navoiy 
viloyati va shahri, Beruniy Sharof Rashidov tumanlari, Sankt-Petrburg shahri Boliviya,


Kolumbiya davlatlari. Vashington shahri Dreyx bo‘g‘ozi, Viktoriya sharsharasi va oroli,
Lingvitson sharsharasi, Barens dengizi, Tasman oroli. 
7. Afsanoviy va diniy nomlar – Oqmachit (Qizilo‘rda shahrining nomi) Mozori sharf
Mashhad shaharlari, Shohimardon qishlog‘i. El‘-Nino Fenomeni – Tinch okeaning janubiy
Amerika qirg‘og‘ida issiq oqimning har 7-10 yilda paydo bo‘lishi Rajestvo bayrami ar 
afasida kashf etilgani uchun Zangi ota tumani,
8. G‘aroyib-ajoyib va erish tuyiladigan nomlar - Namangandagi ―Labay tog‘i‖
mahalasi , Aqshdagi Ajal vodiysi, Erondagi dashti Noumid cho‘li, Qora dengizning
sharqiy sohilidagi Gelenchik (Kelinchaklar) shahri Al‘p tog‘ining Yungfrau – kelinchak
cho‘qisi Rossiyadagi Tyani (Mast0 Shaytanka daryolari bunday nomlarga misol bo‘ladi.
Qashqadaryo havzasining tog‘lik qismida O‘lmas daryochasi Chit yaylovi, Kesik tog‘i
Belisiniq ellikboshi qirlari, Tersoqar soyi kabi nomlar uchraydi. 
9. Yangi zamon nomlari – ramziy geografik nomalr - Mirzacho‘lni o‘zlashtirish munosabati
bilan Do‘stlik Zarbdor, Mirzabod, Sayhunobod, Guliston kabi tumanlari paydo bo‘ldi.
Afrikaning janubida yaxshi umid burni, Rossiya dagi Vladikavkaz, Viladivostok, Krasnador
(Qizillar in‘omi) shaharlarning nomlari ham ramziy toponimlardir. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin