san, sent, svyatoy
so`zlari bilan
ifodalangan: San-Marino, San-Tome^ San-Frantsisko, San-Sal‘vador, Santo-Domingo, San-to-
Krus, Sant`yago, Svyataya Elena, Svyatoy Lavrentiy, Svyatoy Nos.
Zangiota, YAlang‘ochbuva, Iskandariya (Misr) kabi nomlarda tarixiy shaxslarning izi
bor; masalan: Zan-giota — Axmad YAssaviyning zanjiy (xabash) muridi; YAlang‘ochbuva —
bangi «avliyo»; Iskandariya (Misr) — makedoniyalik Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn) Misr-
dan SHrta Osiyogacha o`z nomini tarqatgan.
Afsonaviy nomlar orasida xayoliy va faraziy nom-lar, ya`ni biror voqea yoki mish-
mish gaplar sababli bor deb taxmin qilingan, aslida mutlaqo bo`lmagan joylarning nomlari
xam uchrab turadn: YA`juj-Ma`-juj eri, Saddi Iskandar, Ko`xi Qof, Sannikov eri va xokazo.
Afsonaviy Atlantida orolini ba`zi birovlar oke anda desa, boshqalar Gretsiya atrofida
bo`lsa kerak dey di; ammo xanuz aniqlangani yo`q.
g‘aroyib nomlar. Dunyo kartasida xazilnoma, kulgi li yoki vaximali nomlar xam oz
emas. Masalan, Angliya da — «Raxming kelsin», «So`qir kuyovlar», «Qurbaqa lar»,
«Qalamushqal`a», «Zo`r muxabbat», «Ko`rinma^ qoldi», «Piyanistaning tavbasi...» nomli
shaxarlar Italiyada — It g‘ori, Amerikada — Ajal vodiysi, eron da — Dashti Noumid kabi
nomlar bor.
Bunday nomlar o`zimizda xam topiladi: Borsakel -mas, xo darvesh cho`li, Labbay
tog‘i (Namanganda), CHar-chamang (SHaxrisabzda), Jonchiqar (Zarafshon vodiy-sida),
CHo`ntakqishloq (Andijonda), Ko`kdo`ppi (Farg‘o na oblast‘ Kirov rayonida),
Bo`g‘ozterak, Kelinchak, Mo-xovtovuq, Og‘zikeng, CHopontiqqan, Jo`jao`g‘ri, Qorko`m-di,
Gadoytopmas, Itovat va xokazo. Bu nomlar eshi-tilishidan g‘alati-g‘aroyib bo`lib tuyulsa-da,
xar biri-ning o`z tarixi, o`z tafsiloti bor.
YAngi zamon nomlari. Bunday nomlar dastlab Sovet Ittifoqida va boshqa sotsialistik
mamlakatlarda vu-judga keldi. endigina ozodlikka erishayotgan mamla-katlarda xam eski
nomlar o`zgartirilib, yangi nomlar qo`yilmoqda.
Doxiylarimiz K. Marks, F. engel‘s va V. I. Lenin (Il‘ich, Ul‘yanov) nomlari, partiya
va davlatimiz-ning atoqli arboblari, revolyutsiya, grajdan va Vatan urushlari qaxramonlari
— SHaumyan, CHapaev, Omangel-di, Sverdlov, Frunze, Kirov, Kuybishev, Orjonikidze,
Kalinin, general Raximov, Yo`ldosh Oxunboboev, Usmon YUsupov, Dmitrov, Tol‘yatti,
Voroshilov, Jukov, Brej-nev, Andropov, atoqli olimlarimiz va mo``tabar adib~ larimiz — Al
Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy, Lomonosov, Pushkin, Gor‘kiy, Furqat, xamza,
Tursunzoda, kosmonavt Titov va Gagarinlarning ismla-ri Vatanimiz kartasidan munosib o`rin
oldi. Zarbdor, Paxtakor, Paxtaobod, Paxtaorol, Dexqonobod, YOshlar-obod, YAngiqadam,
YAngiro`zg‘or, xosilobod, Zernograd, Guliston, Do`stlik, Kommunizm singari yangi nomlar
yangi xayot ko`zgusidir.
V‘etnamda Saygon shaxri v‘etnamliklar doxiisi xoshimin ismi bilan ataldi.
CHexoslovakiyadagi Got-val‘d. Bolgariyadagi Dmitrovgrad nomlari xam zamona-viydir.
Qalmiq Amur respublikasida Lenin bilan uchrashgan atoqli yozuvchi Anton Amur-
Sananning ismi qo`yilgan Amur 32 Sanan posyolkasi bor. Leni ngrad ostonalarida
fashist bosqinchilariga qarshi kurashda o`zbek yigiti To`ychi erjigitov qaxramonona xalok
bo`lgan edi. Usha erdagi Lyuban‘ posyolkasining bir ko`chasi xozir «Soiq Sovet Ittifoqi
Qaxramoni To`ychi erjigitov ko`chasi» deb atalmoqda. Ush oblastining Qorako`l posyol-kasi
komsomolning 50 yilligi munosabati bilan Komsomol‘sk-Norin deb nomlandi.
Pomir tog‘larida balandligi 4874 metr keladigan tepalikka Voronej shaxri sportchilari
birinchi bo`lib qadam qo`yganligi munosabati bilan bu tepalik «Molodoy Kom-munist»
(Voronej oblasti yoshlar gazetasining nomi) deb ataldi.
Geografik nomlarning paydo bo‘lishida bir qancha qonuniyatlar mavjud. Bular
quyidagilar:
1. Ko‘pgina geografik nomlar til taraqqiyotining dastlabki davrida oddiy turdosh otlardan
iborat bo‘lib, keyinchalik, vaqt o‘tishi bilan atoqli otlarga - geografik nomlarga aylanib ketgan.
Masalan: ilgari odamlar oddiygina suv, soy, daryo, qo‘rg‘on, kent, ko‘l, to‘qay deb ataganlar.
Keyinchalik bu oddiy so‘zlar geografik nomga aylangan. Bularga Amur, Jayhun, Don, Edil,
Ganga, O‘kuz, Nil, Shott nomlari misol bo‘ladi. Hammasining ma‘nosi bitta, suv demakdir.
Aydar - qir, yayla - yaylov, chink - jarlik, alp - tog‘, rio - suv, xingan - tizma va boshqalar.
2. Oddiy so‘zlarga, toponimlarga aniqlovchi qo‘shish yo‘li bilan geografik nomlar hosil
bo‘ladi. Bunda aniqlovchi sifat so‘z turkumidan, otdan, sondan, ravishdan, sifatdoshdan iborat
bo‘lishi mumkin. Masalan, sifat qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘lgan toponimlarga Yangiqo‘rg‘on,
Kattaqo‘rg‘on, Oqmachit, Ko‘kterak, Yangiobod, Qoradaryo, Oqdaryoni misol qilib keltirish
mumkin. Ot qo‘shish yo‘li bilan Qumqo‘rg‘on, Toshqal‘a, Taxtako‘prik, Toshkent, Chimkent,
Shoshtepa, G‘azalkent toponimlari vujudga kelgan. Son qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘lgan
toponimlarga Yettiterak, Beshqayrag‘och, Uchtom, Qo‘shtut, Yakkatut kabi toponimlarni misol
qilib ko‘rsatish mumkin. Qaynarbuloq, Xo‘jabaqirgan, Kuyganyor kabi toponimlar otga
ravishdosh qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
3. Geografik nomlarning bir obyektdan ikkinchi, ba‘zan uchinchi, to‘rtinchi obektlarga
ko‘chishi natijasida yangi joy nomlari vujudga keladi. Masalan, Sirdaryo daryosi, Sirdaryo
viloyati, Sirdaryo shahri, Sirdaryo tumani; Chirchiq daryosi, Chirchiq shahri; Ohangaron shahri,
Ohangaron daryosi; Zarafshon daryosi, Zarafshon shahri, Farg‘ona vodiysi, Farg‘ona viloyati.
Ayrim daryolar bo‘yidagi shaharlar nomi daryo nomiga suffiks qo‘shish yo‘li bilan hosil
bo‘lgan. Masalan, Angara daryosi - Angarsk shahri, Tom daryosi - Tomsk shahri, Ij daryosi -
Ijevsk shahri, Or daryosi - Orsk shahri.
4. Ko‘pchilik mamlakatlarning nomlari xalqlar nomiga - iya, - iston suffikslarini qo‘shish
yo‘li bilan hosil bo‘lgan: Turkiya, Ispaniya, Finlandiya, Vengriya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston,
Tojikiston, Afg‘oniston va boshqalar. Lekin ayrim davlatlar nomining yasalishida - iya, suffiksi
xalqlar nomiga emas, balki boshqa so‘zlarga ham qo‘shilishi mumkin. Masalan, Braziliya (brazil
- o‘simlik nomi), Kolumbiya (Kolumb - mashhur sayyoh), Islandiya (island - muz mamlakati).
5. Geografik obektlarga nom qo‘yishda o‘xshatib nomlash ham mavjud. Bu har xil
maqsadlarda bo‘lishi mumkin. Chunonchi, Amir Temur Samarqandning shuhratini oshirish
maqsadida poytaxt atrofiga bir qancha qishloqlar qurib, o‘sha vaqtdagi mashhur shaharlar
nomini qo‘ygan; Damashq, Parij, Sheroz, Bag‘dod, Misr va boshqalar. Bularning ba‘zilari hozir
ham nomini saqlab keladi. H.Hasanov keltirgan ma‘lumotga ko‘ra, Yer yuzida 18 ta Amerika, 13
ta Vengriya, 9 ta Kanada, 5 ta Braziliya, 3 ta Italiya, 7 ta Venesiya, 4 ta Praga, 4 ta Kiyev
nomlari mavjud ekan. Amerikada Moskva, Parij, London, Uels, Nyukasl va boshqa shaharlar
mavjud.
6. Geografik nomlar umumlashtirish yo‘li bilan, ya‘ni kichik joy nomini katta hudud yoki
obektga ko‘chirish natijasida ham vujudga keladi. Bunga misol qilib Osiyo nomini keltirish
mumkin. Qadimda Osiyo (Osu) deb Livan, Falastin, Suriya joylashgan kichik hudud atalar edi,
keyinchalik bu nom butun qit‘a nomiga aylandi. Hozirgi Tyanshan deb ataladigan tog‘larning
umumiy nomi bo‘lmagan,
Har bir tog‘ tizmasi o‘z nomi bilan Chotqol, Qurama, Ko‘kshag‘al, Talas, Farg‘ona va
boshqa nomlar bilan atalar, faqat Tyanshanning markaziy qismi Tangritog‘, Xontangri, deb
atalar edi. Xitoylar Tangritog‘ni o‘z tiliga tarjima qilib, Tyanshan deb atashgan. Keyinchalik bu
nom butun tog‘ tizimining umumlashma nomi bo‘lib qolgan. Huddi shunday Yevropa, Afrika
nomlari ham umumlashma nomdir.
7. Tarjima qilish yo‘li bilan ham shakllanib, yangi nomlar paydo bo‘ladi. Bunday nomlar
bir joyda turli xalqlar yashaydigan hududlarda yoki bir geografik obekt (xususan daryo, tog‘
tizmalari) turli xalqlar hududlaridan o‘tadigan joylarda uchraydi. Bunday geografik nomlarga
Qora dengiz - Chyornoye more, Qorasuv - Siyohrud, Qizilsuv - Surxob, Ilono‘tti - Morguzar,
Baliqchi - Ribachye, Movarounnahr - Daryo orasi, Qizil dengiz - Bahri muhit Ahmar - Krasnoye
more, Yangikent - Dehinov, Temir Darvoza - Jeleznoye vorota, Shaytonmakon - Chertovo
gorodiщye va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |