O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Joyning xolati, xosiyati, er yuzasiga va iqlimiga bog‘liq nomlar. Er



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

 
Joyning xolati, xosiyati, er yuzasiga va iqlimiga bog‘liq nomlar. Er
 
yuzida «shimoliy», 
«janubiy», «g‘ar-biy», «sharqiy» ma`nolarini anglatadigan burun, orol va daryolar borligi 
ma`lum. Masalan, Nardkap («SHi-moliy burun»), Xokkaydo («SHimoliy orol»), RioTrande 
del‘-Norte («SHimoliy Katta daryo»), SHarqiy Xi-toy dengizi, g‘arbiy Berlin va 
boshqalar. To`qqizdo-von va Orqatog‘ (g‘arbiy Xitoyda), Orqaolay (Zaoloy), SHrta 
dengiz (qit`alar orasida), Sakkizinchi Gradus bo`g‘ozi (xind okeanida), SHamolli orollar 
va SHa-molsiz orollar (Markaziy Amerikada). 
Afrikaning shimoli-sharqiy rayoni, xind okeaniga suqulib kirgan yarimorol kartada 
karkidonning shoxi-ga o`xshaganligidan Afrika Muguzi deb ataladi. Mos-kvadagi Krilatskoe 
(xovuz) ilgari qanotga o`xshab cho`zilgan jarlik bo`lganidan shunday atalgan. 
Er yuzasi — rel‘efga bog‘liq nomlar ayniqsa ko`p: Qoraqurum — suvsiz, o`simliksiz,
xunuk tosh uyumlari demakdir. Islandiya («Muz o`lkasi»), SHpitsbergen («Nayzatog‘»), 
Monblan («Oq tog‘»), SHrta Osiyodagi Qumtepa, Ko`chkak, Kungay Olatov, Io`g‘ontepa, 
egartosh, Belisshshq tizmasi va xokazo. 
Turkiyadagi Tavr tog‘lari — uzoqdan qaraganda yot-gan xo`kizga o`xshaganidan 
grekcha tavr — «buqa» deb atalgan. Al‘p cho`qqisi YUngfrau — «Kelinchak» emish. 
Nurash natijasida xosil bo`lgan geomorfologik shakllar — Odamtosh, Qizemchak, 
Beshiktosh, CHo`qqitosh deb, chuqur, tor daralar — Zindonsoy, Uradaryo deb atalgan. 
Ba`zi joylarda «Temir darvoza» deb atalgan yo`-laklar bor. Tog‘ orasidagi torgina 
o`tkil, dara yoki daryoning qisiq joyi shunday ataladi. 
Joyning xavosi va Quyoshga nisbatini ifodalovchi nomlar: Kungay Olatov, Terskay 
Olatov, Sovuqdara... 
Gidronimlar. 
Daryo, ko`l va quduqlar katta-kichik-ligiga, suvining rangi, sho`rligi, 
tozaligi, chuqurligi-ga qarab.turlicha nomlangan. Suvi tiniq va toza bo`l sa — Oynako`l, 
Oynabuloq, chuqur va tiniq bo`lsa — Ko`ksuv, qordan boshlangan suvlar — Oqsuv, 
loyqaro-g‘i — Ayronko`l, Sarisuv deyilgan. Xitoydagi Xuanxe — «Sarg‘ishdaryo» degani.. 
CHuqur va sho`x daryolar 
qizil 
so`zi bilan ifodalanib, Surxob, Qolorado deb atalgan. 
Qorasuv 
— «buloq suvi»— tekis erda sekin oqadi. SHox-shabba, xashak oqib ketayotgan 
suv xam Qorasuvde-yiladi. 
Farg‘onadagi daydi suvni Tentaksoy deganlar. Sur-xondaryoda Jinnidaryo xam bor; u 
baxorda burqirab oqib, toshib ketadi, qirg‘oqlarni o`piradi, emiradi, yozda esa suvi qurib 
qoladi. 
Issiqko`lning suvimuzlamaydi, Sassiqko`l, Achchi(q)-ko`l, SHo`rquduq, SHo`rbuloq — 
suvining tami tufayli shunday atalgan. 
Korizdan chiqqan suv — Qorizquduq, muz tili bo`lsa — Muzko`l, biqillab, 
fontansimon otilib turgan suv esa Qaynarbuloq deyiladi. Quruqsoy, Quruqquduq nomlari 
suvning kamligidan darak beradi. 
SHifobaxsh va mineral suvlar — Issiqsuv, Obi garm, Obiraxmat, Qo`tirbuloq, 
Mynvodi, Arashan. 
Ters, Tersoqar nomli soylar bor. Bular asosiy daryoning oqim yo`nalishiga teskari, 
ters xolatda bo`l-ganidan shunday nom olgan. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin