Anatomik xalq (mahalliy) geografik terminlaridan namunalar
№
Termin
Geografik ma’nosi
1
Barmoq
Tik qoya, eol ishi natijasida hosil bo‘lgan ystuncha
2
Bel
Dovon, oshuv, ko‘tal
3
Bosh
Daryoning boshlanish qismi, tog‘ cho‘qqisi
4
Burun
Burun, quruqlikning dengiz ichiga kirib borgan qismi
5
Bo‘yin
Quruqliklar, tog‘larni (relyeflning musbat shakllarini) tutashtirib
turuvchi kambar joy
6
Bo‘g‘iz
Dengizlarni, ko‘llarni va ularning qismlarini tutashtirib turuvchi
kambar suv hududi, akvatoriya
7
Kindik
Tabiiy - hududiy birliklarlarning o‘rta, markaziy qismi
8
Ko‘z
Buloq ko‘zi - buloq chiqqan joy
9
Oyoq
Etak, quyi qism, odoq
10
Og‘iz
Daryolarning quyilish joyi (ko‘rfaz), tog, darasining eng tor joyi
11
Til
Ko‘rfaz oldi qum orollar
12
Тirsak
Daryoning burilish joyi
13
Тumshuq
Tog‘, tepalik va orollarning burni, uch tomoni
14
Qovoq
Daryo va ko‘llarning baland qirg‘og‘i, jarlik; baland terrasa
15
Qosh
Uzun cho‘zilgan tepalik, marza
10-Mavzu: Geografik terminlar
Reja.
1. Terminlarning manbalari
2. Toponimik terminlar va ularning turlari
3. Toponimik atamalar va tushunchalar
Tayanch tushuncha va iboralar.
Polisonimlar Speleonim Toponim Transkripsiya Toponimiya Toponom Topoformant
Topotermin - joy nomlarini hosil qiluvchi terminlar (atamalar). Masalan, daryo, soy, tepa,
qo'rg'on, kent, obod, burg, grad, siti va boshqalar: Kattaqo'rg'on, Oqsoy, G'azalkent,
Yangiobod.
Ularga qo‘yiladigan talablar. Terminlarning manbalari. Milliy, mahalliy, baynalmilal
atamalar, tarjima atamalar, metafora atamalar.
Geografik terminlarning turlari. Toponimik terminlar va ularning turlari: joyning geografik
o‘rnini bildiruvchi, geomorfologik, gidrologik, iqlim bilan bog‘liq, landshaft bilan bog‘liq,
floristik va faunistik, oykonimik, etnonimik va boshqa topoterminlar.
Ba'zan atama bilan termin so'zlarini chalkashtirib yuborishadi. Aslida
atama
narsa –
hodisa, belgi va harakat kabilarning nomi, atovchi so'z, ya'ni umumiy nomdir. Atama terminni
ham, geografik nomni ham o'z ichiga oladi. Masalan, momaqaldiroq, sharshara, girdob,
chaqmoq, uchqun, olma, hovuz, buloq, tutun, yaproq, Jumabozor, Yangiqo'rg'on va h.k.
Geografiyada atamalar ikki tur otlarga bo'linadi; termin va geografik nom.
Termin
lotincha so'z
bo'lib, fan, texnika, kasb - hunarning biror sohasiga, shu jumladan geografiyaga ham xos bo'lgan
muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo'lgan so'z yoki so'zlar birikmasidan
iboratdir. Termin–turdosh ot, ism, nom - atoqli ot. Har ikkisi ham atama.
Geografik terminlarga quyidagi
Dostları ilə paylaş: |