2. Shevalar tili so'z zahirasi
. Shevalar tili so'z zahirasidan ilmiy adabiyotga ko'pgina terminlar
kirib, o'zlashib ketgan. Masalan, qayir, adoq (odoq), gaza, cho'qalak va b. Xorazmda sug'orma
dehqonchilik juda qadimdan rivojlangan. Shuning uchun u yerda sug'orma dehqonchilikka oid
terminlar ko'p: yop, arna, ariq, zayk, xariq, solma, yorma. Bularni o'zbek tili muomalasiga asta -
sekin kiritish mumkin.
3. Tarjima qilish yo'li bilan ham yangi terminlar paydo bo'ladi
. Chunonchi, qalashma muz,
qirg'oq bo'yi, daryo boshi, quyar joyi, suv sarfi, oqim, qora sovuq kabi terminlar tarjima yo'li
bilan muomalaga kiritilgan.
4.
Har bir xalqning lug'at boyligi boshqa xalqlardan kirib kelgan terminlar
hisobiga boyib
boradi. Shu jumladan, geografik terminar ham kirib keladi. Masalan: sunami, garmsel, chashma,
sohil, erg, hamada, siklon, antisiklon va b. Chet ellar bilan, turli xalqlar bilan aloqalarning
ko'payishi turli atama, termin va tushunchalarning kirib kelishiga sharoit yaratadi. Lekin bunda
biz o'zimizda yo'q, tarjima qilib bo'lmaydigan terminlarni olishimiz kerak. O'zimizda bo'la turib
yoki tarjima qilsa bo'ladigan terminlarni chetdan olmaslik zarur.
Ilm - fan, texnika, ishlab chiqarish o'sgan sari yangi atama va terminlar ham paydo bo'lib va
eskirganlari til muomalasidan chiqib keta beradi.
Geografik terminlarni shartli ravishda
ilmiy
,
xalq (mahalliy)
,
baynalmilal, toponimik
va
tarjima
terminlarga bo'lish mumkin. Milliy terminlar biror millatning adabiy tilida va ilmiy
adabiyotlarida barqaror o'rin olgan hamda mazkur millat vakillarining ko'pchiligi tushunadigan
terminlardir. Bularga tog', tekislik, dara, ko'l, soy, dara, vodiy, jar, cho'qqi, g'or, sel, bulut,
yomg'ir, qor, ko'chki, dovon va boshqalar misol bo'la oladi. Mahalliy terminlar ma'lum hududda,
biror shevada qo'llaniladigan terminlar bo'lib, ularni boshqa shevasidagilar, boshqa hududdagilar
tushunmasligi mumkin. Masalan, Xorazm shevasidagi yop, arna, zayk, xariq, solma, yorma
terminlari, Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlari tog'li yerlarda gaza, adoq, xovar kabi
terminlar uchraydi. Baynalmilal terminlar boshqa xalqlar tilidan kirgan bo'lib, ko'pchilik
xalqlarda bir xil qo'llaniladi. Bunga fan nomi geografiyani, lyoss, geyzer, karst, delta, artezian
suv, siklon, antisiklon, fyon, kondensatsiya yadrosi, kristall va boshqalar misol bo'ladi. Tarjima
terminlarga suv sarfi, daryo boshi, quyar joyi, qirg'oq bo'yi, suvayirg'ich, havza kabi terminlarni
misol keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |