O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Art - dovon, tepalik, balandlik, do‘nglik. ―Devon‖da ham ―art‖ - chiqish qiyin bo'lgan balandlik,  dovon (III, 9);  Botar



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

Art
- dovon, tepalik, balandlik, do‘nglik. ―Devon‖da ham ―art‖ - chiqish qiyin bo'lgan balandlik, 
dovon (III, 9); 
Botar
- kunbotar, mag'rib, g'arb. Asarda ―Tugardan Botarga...‖ degan ibora 
qo'llanilgan, bu ―sharqdan g'arbga‖ ma'nosini beradi; 
Buz
- muz. ―Devon‖da ham ―buzdan suv 
tomar‖ (III, 137), ya'ni ―muzdan suv tomar‖ deyilgan, demak, XI asrda va undan avval muz, 
―buz‖ shaklida ishlatilgan; 
Buloq
- buloq, chashma; 
Yoz
- bahor fasli, ko'klam ma'nosida. 
Folklorda ―Laylak keldi, yoz bo'ldi‖ deyiladi, bu ―Laylak keldi, bahor boshlandi‖ ma'noni 
bildiradi. 
Yoy
- yoz fasli ma'nosida; 
Kechig
- kechuv, kechik, ko'l, daryo va soylardan kechib 
o'tish mumkin bo'lgan sayoz joy; 
Kus
- kuchli shamol, dovul; 
Mashriq
- mashriq, sharq, kun 
chiqish tomoni; 
Mulk
- keng ma'noda mamlakat; 
Sabo
- ertalab tog'dan esadigan mayin va 
yoqimli shabada; 
Tarig'
- ekin, hamma turkiy qabilalar tilida aslida bug'doy, o‘guzlar uni tarig' 
deyishadi, targ'ilig - ekinzor, ekin ekiladigan joy; 
Tubi
- kuchli shamol, bo'ron; 
Tunak
- tunash 
joyi, kechasi tunab o'tiladigan joy; 
Chechaklik
- gulzor, maysazor, o't - o'lan, ko'p bo'lgan joy; 
Ol
- buloq, qaynar, chashma. M.Koshg'ariy olni buloq ko'zi deb atagan (III, 158); 
Yar
- jar, tik 
qoya; 
O’bri
- chuqurlik, dara. Yuvilish natijasida hosil bo'lgan tor va chuqur soy, vodiy, dara 
deyiladi. ―Qutadg'u bilig‖dan keyingi manbalarda bundan tashqari soy, soylik, tangi ko'rinishida 
ham uchraydi; 
O’ngdun
- sharqdan esadigan mayin shabada; 
Kuz
- tog'ning quyosh nuri 
tushmaydigan yonbag'ri, terskay, M.Koshg'ariyda ham ―Kuz tog' - qyosh nuri tushmaydigan tog', 
tog'ning quyosh nuri tushmaydigan joyi, shimoliy yonbag'ir (III, 136). Xullas, ―Qutadg'u bilig‖da 
ko'pgina geografik ma'lumotlar bor. Asarni ilmiy jihatdan o'rganishga V.V.Radlov, A.Vamberi, 
P.M.Melioranskiy, A.A.Samoylovich, R.R.Arat va boshqa ko'pgina turkshunos olimlar katta 
hissa qo'shganlar. ―Qutadg'u bilig‖ jahonning ko'pgina tillariga tarjima qilingan bo'lib, uning 
ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. O'zbekistonda asarni to'liq holda birinchi bo'lib, 
tilshunos olim K.Karimov 1971-yilda nashr ettirdi. Unda asar matni transkripsiyada berilib, 
o'zbekcha matn ilova qilinib berilgan. Keyinchalik 1990 yilda filologiya fanlari nomzodi 
B.To'xliyev o‘zbek tilidagi bayoni va so'z boshisi bilan nashrga tayyorladi. Ilova qismida izoh va 
lug'atlar berilgan. 
Quyida ―Qutadg'u bilig‖da ishlartilgan xalq geografik terminlari ro'yxati keltirildi: 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin