O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

(XI asr) 
“Devonu - lug’atit - 
turk” (XI asr) 
Abu 
Xayyon 
asarlari 
 (XIII 

XIV
asrlar) 
J.Turkiy asarlari 
 (XIV 

XV 
asrlar) 
Hozirgi
Shakli 
Qaya 
Qaya 
Qaya 
Qoya 
Ko‘l 
(dengiz, 
hovuz) 
Коl 
Кo‘l 
Кo‘l 
Art 
Art 
Оrt, art 
Botar
G‘arb 
Buz 
Buz 
Buz 
Buz 
Muz 
Yaz (yoz) 
Yaz (bahor) 
Yaz (yoz) 
Yaz (yoz) 
Yoz 


Jar 
Jar 
Jar 
Jar 
Тubi 
Tupi 
Tipi
Bo‘ron 
Quz 
Quz 
Quz 
Quz 
Кungay 
Qiragu
Qirgu (arkim) 
Qiravu
Qiravu
Qirov
O‘bri 
O‘bri (obri) 
O‘r 
O‘r (or) 
Chuqurlik
Chiq
Chiq
Shudring
O‘kuz 
O‘kuz
Ukuz 
Say
Daryo
O‘zan (ozan) 
O‘zan
O‘zan 
Tabiz 
Tibiz 
Tibiz 
Sho‘rhok 
Тubrak 
Tubrak
Тoproq 
Тoprak 
Tuproq 
XI asrda bitilgan, yuqorida zikr etilgan asarlarda shuni ko'rish mumkinki, qadimdan ishlatilib 
kelgan turkiy terminlar qatoriga arab tili orqali (VII arsdan boshlangan arablar istilosidan so'ng) 
ham turli terminlar kirib kelgan. Demak, milodning I asrdan VII asrlarigacha Turkiston xalqlari 
keng qo'llangan turkiy terminlar, arablarning zo'rma - zo'raki olib kirgan arab terminlari bilan 
boyidi. 
XIII - XIV asrlarda esa mo'g'ullar istilosi sababli kirib kelgan mo'g'ulcha terminlar ham turkiy 
terminlar qatoridan o'rin olgan. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘rta Osiyo - Turkiston zaminidagi ulkan tarixiy o'zgarishlar, 
bosqinchilik yurishlari - avval arablar, so'nrga mo'g'ullar istilosi natijasida o'sha xalqlar 
terminlari ham kirib keldi va o'rnashib qoldi. 
Qadimiy qo'lyozmalar bilan bir qatorda, tarixiy geografik memuar asarlar ham 
terminshunoslikning muhim manbalaridan hisoblanadi. Tarixiy - geografik memuar asarlarda 
muayyan davrdagi tarixiy voqea - hodisalar, biror tarixiy shaxsning hayot yo'li aks ettirildi. Ana 
shunday asarlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning ―Boburnoma‖ asaridir. 
O'zining ajoyib qobiliyatlari bilan Bobur Sharq tarixida faqatgina shox va harbiy sarkarda, 
Hindistonda Boburiylar sulolasining asochisi bo'libgina emas, balki buyuk olim, o'zbek mumtoz 
adabiyotining yirik namoyondasi, etnograf, tarixchi, mashshoq, binokor, sayyoh va tabiatshunos 
sifatida o'chmas iz qoldirgan. Uning sarguzashtlarga boy hayoti avtobiografik xarakterdagi 
―Boburnoma‖ da keltirilgan. 
Andijonda boshlanib, Hindistonda yozib tugatilgan ushbu asar XV asr oxiri, XVI asr 
boshlaridagi O‘rta Osiyo, Afg'oniston va Hindiston xalqlari tarixi, tabiati, har bir 
tasvirlanayotgan hududning geografik o'rni, iqlimi, o'simliklari, qazilma boyliklari, hayvonot 
dunyosi va umuman muallifning Farg'ona vodiysida o'tgan yoshlik yillaridan to Hindistonda 
podsholik qilgan yillarigacha bo'lgan voqea - hodisalarni o'z ichiga olgan tarixiy asardir. 
―Boburnoma‖dagi ma'lumotlar bevosita Boburning kuzatishlari asosida yozilgan original asar 
bo'lib, muallif asarni yozishda birorta hattot ham yollamagan. 
Asardagi keng qamrovli ma'lumotlar shu darajada qimmatliki, mana besh asrdan buyon 
tarixchilar, geograflar, tilshunoslar, sharqshunoslar, etnograflar, arxeologlar, adabiyotshunoslar 
va botaniklarni o'ziga jalb qilib kelmoqda. 
Asar uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida Movarounnahr voqealari, ikkinchi qismida 
Kobul davlati hududidagi voqealar, uchinchi qismida esa Hindiston aks ettirilgan. 
―Boburnoma‖dagi geografik nomlar, tarixiy sanalar va voqealarni ko'pligiga qaramay, u oson va 
qiziqib o'qiladi. Bobur asarda Movarounnahr, Afg'oniston, Xuroson, Eron, Hindistonning ko'plab 
shahalarini tilga olgan. Andijon, Samarqand, Buxoro, Kobul, G‘azna, Balx, Badaxshon, Dehli, 


Delavpur, Lohur shaharlarining geografik joylanishi, o'sha davr xo'jaligida tutgan o'rni haqida 
ma'lumotlar qoldirgan. 
Muallif Farg'ona vodiysidan Hindistongacha bo'lgan ulkan hududni ustalik bilan ma'lum tartibda 
tavsiflaydi. Bunda uning yirik geograf ekanligi namoyon bo'ladi: avvalo joyning geografik o'rni 
(qaysi iqlimga mansubligi), uning chegarasi, qishloq xo'jaligi, suvlari, o'simliklari, foydali 
qazilmalari, hayvonot olami, aholisi va boshqa ma'lumotlar beriladi. Bunday tartib ayrim 
hollarda buzilsada, har bir joyning tavsifi shu yo'sinda keltiriladi. 
Bulardan tashqari Bobur taqqoslash metodidan foydalanib, O‘rta Osiyo va Hindiston tabiatini 
taqqoslab, ularni bir - biriga o'xshamasligini aytadi. 
―Boburnoma‖ning birinchi qismida Zarafshon daryosi haqida ancha ishonarli ma'lumotlar 
keltirilgan. Bu ma'lumotlarning haqqoniyligini Samarqand tarixini bayon etuvchi ―Samariya‖ 
asari ham tasdiqlaydi. 
―Boburnoma‖dan Kobul (Afg'oniston) viloyatining geomorfologik, iqlimiy va geobotanik 
rayonlashtirishga oid misollarni uchratish mumkin. H.H.Hasanov buni Bobur geografiyasining 
eng yuqori cho'qqilaridan biri deb hisoblaydi. 
Asarning uchinchi qismida Hindiston tabiati, undagi tarixiy voqealar aks etgan. Hindiston 
tabiatini ta'riflab uning tog'lari va daryolari, iqlimi, o'simliklari, hayvonot dunyosi haqida batafsil 
ma'lumotlar yozgan. 
―Boburnoma‖ geografik terminshunoslik uchun ham muhim manba hisoblanadi. Unda turli 
tabiiy hodisalar, tabiatning turli komponentlariga oid xalq terminlaridan keng foydalanilgan. 
Hatto ba'zi terminlar o'z o'rnida izohlab berilgan. Bobur ishlatgan xalq geografik terminlarini 
quyidagicha guhulashtiramiz va ayrimlarini izohlaymiz: 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin