O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


O'zbek (turkiy) geografik terminshunosligiga oid ilk manbalar



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

 
O'zbek (turkiy) geografik terminshunosligiga oid ilk manbalar 
O'zbek (turkiy) geografik terminshunosligining eng yaxlit va qadimiy yozma manbai - Mahmud 
Koshg'ariyning ―Devonu lug'atit - turk‖ (―Turkiy so'zlar devoni‖) asari bo'lib, ushbu asar 1074 - 
1075 yillarda yozib tugatilgan. Muallifning tarjimai holi haqida juda kam ma'lumotlar saqlanib 
qolgan. Uning to'liq ismi Mahmud ibn Muhammad Koshg'ariy ekanligi, u XI asr boshlarida 
Qashqar shahrida dunyoga kelganligi, uning otasi asli Issiqko'l bo'yidagi Barsg‘on shahridan 
ekanligi, yoshligidan puxta bilim olish uchun atoqli olimlar qo'lida bo'lganligi, ko'p o'lkalarga 
sayohat qilganligi ma'lum.
1
Koshg'ariy o'zi hadiqa ―...men turklarning xush faxmlaridan, eski qabilalaridan, jang ishlarida 
usta nayzadorlaridan edim‖ deb yozadi.
2
U umrining ko'p qismini Bag'dod shahrida o'z zamonasining atoqli olimlari bilan bir qatorda 
o'tkazgan bo'lib, arab, fors va turkiy tillarni atroflicha bilgan. 
Bag'dodda yashab uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rganidan so'ng ―...Mahmud o'z oldiga qo'ygan 
maqsadi - umumiy turkiy lug'at va turkiy shevalarning qiyosiy grammatikasini tuzish vazifasini 
bajarishga kirishdi. Shu maqsadda u o'z zamonasi sharoitida nihoyatda og'ir bo'lgan uzoq 
muddatli safarga otlandi...‖
4
Sayohat haqida Koshg'ariy quyidagicha yozadi: ―Men turklar, turkmanlar, ug'uzlar, chig‘illar, 
yag‘molar, qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko'p yillar kezib chiqdim, turli xil 
so'z xususiyatlarini o'rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki 
bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim... Ularga shuncha diqqat qildim - 
ki, turklar, turkmanlar, o‘g'uzlar, chig‘illar, yag‘molar va qirg'iz qabilalarining tillari butunlay 
tilimga jo bo'ldi. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim‖. 
Sayohat davomida Koshg'ariy mahalliy aholi bilan ko'p suhbatlar uyushtiradi: ―Men bu narsani 
Konigutda yag‘molardan eshitdim‖, ―Farg'onada kishilardan buqoq kasalligining sirini 
so‘raganimda, shunday javob bergan edilar...‖, ―bu so'zlarni ishonchli bir buxorolik olimdan va 
nisoburlik (nishopurlik) boshqa bir olimdan shunday eshitgan edim‖ kabi iboralar shulardan 
dalolat berib turibdi. 
Chamasi o'n yillar davom etgan sayohat davomida to'plangan filologik, etnografik ma'lumotlar 
ulkan ―Devon‖ tuzishga asos bo'ldi. 
―Kitob hijriy 464 yilda yozila boshlandi va to'rt marta qayta ko'chirilgandan so'ng, hijriy 466 
yilda yozib tugatildi.‖
5
. Demak, kitob 1072 - 1074 yillarda yozib bo'lingan va 1075 yilda 
Bag'dodga - xalifalikka taqdim etilgan. 
Asarda bir necha shaharlar tilga olingan va aholi so'zlashuvi, tillar haqida ma'lumotlar berilgan: 
―...Qashg‘arda kanjakcha so'zlashadigan qishloqlar bor. Shahar o'rtasida turuvchilar haqqoniy 
turkchasida so'zlaydilar. Rumdan Mochingacha bo'lgan turk shaharlarining hammasining bo'yi 
besh mingdan sakkiz ming farsaxgacha yetadi. Bu shaharlarning o'rnini aniqlash maqsadida 
1
Bu haqda qarang: Hasanov H. Mahmud Koshg
’ariy (hayoti va geografik merosi). 
Toshkent
“Fan” 1963. 
2
Mahmud Koshg'ari
y “Devonu lug'atit-turk” T. I. Toshkent, 1960 y. 
4
Жузье П.К. “Диван лу\ат-ат-турк”. Изв. Востафа АзГУ Баку 1928 т.2. с.27-58. 
5
“Devon” III tom 853 bet. 


ularning hammasini yer shaklidagi doirada ko'rsatdim‖
6
. Bu doirada Koshg'ariyning ―Devon‖ ga 
ishlangan dunyo xaritasidir. 
Shu o'rinda aytib o'tish joizki, bu yerda Mahmud Koshg'ariyning tilshunos, etnograf bo'lishi 
bilan birga, haqiqiy geograf ekanligi namoyon bo'lgan, chunki har qanday geografik ilmiy 
tadqiqotning poyoni geografik xaritadir. 
―Devon‖ning tadqiq etilishi ham o'z tarixiga ega. Asar va uning muallifi XX asr boshlarigacha 
sharqshunoslarga uncha ma'lum emas edi. U to'g'risida faqat ayrim asarlarda qisqacha to'xtab 
o'tilardi, xolos. Masalan, Badriddin Ayniy (XV asr) Mahmud Koshg'ariyning ―Devoni‖ni 
o'qiganligini yozadi.
―...Misrlik Sahobiddin Ahmadning ―Tarix - ul - badr fi avsof ahli al asar‖ kitobidagi etnografik 
ma'lumotlar..., Qashg‘arlik olim ibn Muhammad (XIV asrning ikkinchi yarmi) yozgan. ―Toj - 
ulq - saodat va unvon - ul - saodat‖ kitobidagi, hatto andalusiyalik Abu Hayyomning ―Kitob - ul 
- idroy‖ asaridagi ba'zi jumlalar aynan ―Devon‖dan ko'chirilgan. Ayniqsa, XVII asr mashhur 
sharqshunosi Xoji Xalfa Kotib Chalabiyning ―Kashf - az - Zunun‖ nomli asarida... shunday izoh 
berilgan: Muhammad inb Xusayn ibn Mahmudning ―Devonu - lug'atit - turk‖ bir jilddir ...Asarni 
arabcha izoh etgan. Turk tilining 18 harfi izohlangan. Asarni muqtadi bir Amrullox o'g'li Xalifa 
Abulqosim Abdulloxga hadya etgan‖... Shu ―Kashf - az - Zunnunga‖ asoslanib, bunday lug'at 
borligi Yevropa matbuotida ham tilga olindi. 1904 yilda Vengriya akademiyasining til bo'limi bir 
to'plam nashr etdi, unda XI - XV asrlar orasida turkiy tillarda yozilgan asarlardan biri ―Devonu 
lug'atit - turk‖ nomli bir asar ekanligi zikr etilgan. Ammo qo'lyozmaning o'zi ma'lum emas edi...
1
Qo'lyozma 1914 yili ktobsevar Ali Amiriy tomonidan Turkiyada topilgan. ―...Qo'lyozmani olib 
kelgach, Ali Amiriy bir necha kun, ertayu kech, uni varaqlab, undan ko'zini uzolmas edi. ―Kitod 
oldim, uyga keldim, yemak - ichmakni unutdim. Bu kitobga haqiqiy qiymat berilmak lozim 
bo'lsa - jahonning xazinalari kifoya qilmas‖ (deb baho bergan edi Ali Amiriy). Axir, bu 
tamomila yangi bir asar Mahmud Koshg'ariyning ―Devonu lug'atit - turk‖ degan ajoyib 
durdonasi bo'lib chiqdi...‖
2
Bu asar yozilgandan 200 yilcha keyin, 1266 yilda qayta ko'chirilgan nusxasi edi. U ikki tilda: 
so'z va iboralar turk tilida, izohlar arab tilida bitilgan. 
―Devonu lug'atit - turk‖ 1915 1917 yillarda arab tilida (3 tomlik) bosilib chiqqanidan so'ng, turli 
olimlar asarni tadqiq eta boshladilar. So'ngra boshqa tillarga ham tarjima qilindi. Asar va uning 
muallifi to'g'risida turli tillarda (nemis, turk, rus va boshqa) asarlar, maqolalar e'lon qilindi. 
Sobiq Ittifoqda ham ―Devon‖ga qiziquvchilar ko'p bo'lgan. V.V.Bartold, I.Samoylovich, 
P.K.Juzye, S.YE.Malov, S.P.Tolstov, A.N.Kononov, A.K.Borovkov, V.I.Belyayev va boshqalar 
asar haqida maqolalar yozgan, o'z fikr - mulohazalarini bildirishgan. 
Sobiq Ittifoqning birinchi koshg'ariyshunosi akademik V.V.Bartold hisoblanadi. U asarga yuqori 
baho beradi va muallif haqida shunday yozadi: ―Mahmud Koshg'ariy shunday yagona bir adibki, 
u, O'rta Osiyo haqida arab tilida yozgan mualliflardan farq qiladi; Mahmud turli kitoblardan 
ko'chirib emas, balki o'z ko'zi bilan ko‘rib bilib yozgan‖.
3
Atoqli arxeolog va etnograf S.P.Tolstov: ―Mahmud Koshg'ariy - turkiy qabilalar turmushini eng 
yaxshi bilgan muallifdir... U XI asrga doir til ma'lumotlarini nihoyatda mukammal va sinchiklab 
to'plangan‖ deb yozgan edi. 
O'zbek olimlari orasida Mahmud Koshg'ariyning ―Devon‖ini astoydil ilmiy asosda o'rganish 
1937 yildan boshlangan. Bu og'ir, murakkab ilmiy tekshirishlarning tashabbuskori keksa filolog 
olim va pedagog Solix Mutallibov bo'ldi.
7
6
“Devon” I tom 65-66 bet. 
1
Hasanov H.H. Mah
mud Koshg'ariy (hayoti va geografik merosi) Toshkent “Fan”, 1963 y. 11 bet. 
2
Hasanov H.H. O'sha asar 3-bet. 
3
Бартольд В.В. Сочинения. Т II. Стр. 491. 
7
Hasanov H.H. Mahmud Koshg'ariy (hayoti va geografik merosi). 
Toshkent, “Fan”, 1963, 20 bet 


Solix Mutallibov ―Devonu lug'atit - turk‖ haqida bir necha maqolalar, monografiyalar yozgan, 
asarni to'la ravishda o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr etgan. Solix Mutallibovning ―Devon‖ ga 
bag'ishlangan ilmiy ishlari quyidagilardir: ―Mahmud Koshg'ariy lug'ati va turkiy tillarni 
o'rganishda uning ahamiyati‖ (1947), ―XI asr filologi Mahmud Koshg'ariyning tilshunoslikdagi 
faoliyati‖ (1957), ―Mahmud Koshg'ariyning tilshunoslikdagi faoliyati‖ (1957), ―Mahmud 
Koshg'ariy va uning ―Devonu lug'atit - turk‖ asari (1958)‖, ―Morfologiya va leksika tarixidan 
qisqacha ocherk‖ (1959), ―Turkiy so'zlar devoni‖ (Devonu lug'atit - turk) I tom (1960), II 
tom(1961), III tom (1963), ―Mahmud Koshg'ariy‖ (1967), ―Mahmud Koshg'ariyning ―Devonu 
lug'atit - turk‖ asari‖ (1967) (nomzodlik dissertasiyasi avtoreferati). ―Devon‖ning S.Mutallibov 
tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan nusxasiga bir qancha ijobiy taqrizlar 
bosilgan. ―Mahmud Koshg'ariyning kamtarlik bilan lug'at deb atagan bu asari yolg'iz bu kungi 
ma'nodagi lug'atgina emas, balki shu bilan birga... bebaho bir qomusdir‖ deb yozgan edi S. 
Mutallibov. 
―Devonu lug'atit turk‖ning geografik jihatlarini birinchi bo'lib o'rganib, atroflicha yoritib bergan, 
ilmiy tadqiq etgan olim Hamidulla Hasanovich Hasanov hisoblanadi. H.Hasanov o'zining 
―Mahmud Koshg'ariy‖ (Toshkent, 1963, 82 bet) monografiyasida asar muallifining qisqacha 
hayoti, asarning tekshirilish tarixi, asardagi geografik ma'lumotlarni tahlil etib bergan. U 
Mahmud Koshg'ariyning geografik merosini quyidagilarga bo'ladi:. 
1. ―Devon‖ ga ilova qilingan dunyo xaritasi; 
2. ―Devon‖da uchraydigan joy nomlari va ularning izohi; 
3. O'rta Osiyodagi (Turkistondagi) ayrim qabilalarning joylanishi haqidagi ―aholi geografiyasi‖ 
ga oid ma'lumotlar; 
4. ―Devon‖ da berilgan tabiiy geografik terminlar, ularning izohi
5. ―Devon‖da izoh qilingan astronomik ma'lumotlar, kalendar sistemasi - muchalar va ularning 
tarixi.
8
Geografiya atamalari haqida shunday yozadi: ―Devonu lug'atit - turk‖ sahifalarini varaqlar 
ekansiz, unda tabiat va tabiiy hodisalarga doir - yer va suv, tog‘ va cho'l, iqlim va osmon, hayvon 
va o'simlik singarilarga bog'liq yuzlab xalq so'z - terminlari, maqol va iboralarni topasiz. 
Shunday so'zlarki, xilma - xil, sodda va sermazmun. Bularni yig'ish uchun Mahmud ko'p yillar 
sayohat qilgani, har bir hodisaga, har bir qabilaning so'zlariga diqqat bilan e'tibor bergani 
ko'rinib turibdi.
9
Geografik atamalarni H.Hasanov yer va tuproqqa doir terminlar, meteorologik terminlar va 
boshqalarga ajratib, ularni izohlab beradi, hamda o'z fikr - mulohazalarini bildiradi. Shu bilan 
birga ―Devon‖ga ilova qilingan dunyo xaritasini va undagi joy nomlarini izohlaydi. ―Devon‖dagi 
geografik ma'lumotlar xususida ayrim manbalardan fikr - mulohazalar bildirilgan. 
Mahmud Koshg'ariyning ―Devonu lug'atit turk‖ asari O'rta Osiyo (Turkiston) geografiyasini 
terminologiyasi nuqtai nazaridan ham juda muhim ilmiy manbadir.
10
―Devon‖da ko'pgina geografik terminlar berilganki, bu terminlar hozirgi vaqtda ham keng 
qo'llaniladi. Ariq, art (ort), botiq, bulut, yel, jar, kechik, kun, ko‘k (osmon), muz (buz), suv, 
sayram suv, talgoq, tog', tun, tuman, ungur, qayir, qor, quduq, qum, qish va boshqalar shular 
jumlasidandir. 
Chinlar (xitoylar) uni ―Adab - ul - mulk‖, mochinliklar (Sharqiy turkistonliklar) ―Anis ul 
mamolik‖, eronliklar ―Shoxnoma‖, turonliklar ―Qutadg'u bilik‖ deb ataganlar. Asar xalq orasida 
juda yaxshi ma'lum bo'lgan va keng tarqalgan. XIX asrda Yoyiq (Volga) daryosi qirg'og'ida 
joylashgan Saroychuq shaharchasi yaqinida topilgan oddiygina sopol ko'zachaga ―Qutadg'u 
bilig‖dan olingan misralar bitilganligi ma'lum bo'ldi. 
8
Hasanov H.H. Mahmud Koshg'ariy (hayoti va geografik merosi). Toshk
ent, “Fan”, 1963, 22 bet. 
9
Hasanov H. O'sha asar. 26-bet.
10
Rahimbekov R.U., Donsova Z.N. O'rta Osiyo tabiatini geografik o'rganish tarixi. Toshkent, ―O‘qituvchi‖, 1982 


Yusuf asarni yozish uchun turli o'lkalarga safar qilgan va shu o'lkalardagi xalqlarning
an'analarini o'rgangan. Qashg‘arda yozib tugatilgan asar Tavg‘ochxon (Qoraxoniylar davlatining 
o'sha davrdagi xoni) ga taqdim etilgan, xon uni qadrlab shoirga Xos Xojib unvonini bergan. 
―Qutadg'u bilig‖da tilga olingan masalalar qamrovi juda keng bo'lib, unda geografik 
ma'lumotlarni ham uchratish mumkin. Chin (Xitoy), Mochin (Sharqiy Turkiston), Eron, Turon, 
Qashg‘ar, Rum (Rim), Hind (Hindiston), Bolosog‘un kabi joy nomlari va bir qancha geografik 
terminlar keltirilgan. 
Asardagi ayrim terminlar Mahmud Koshg'ariyning ―Devonu lug'atit turk‖ asarida ham uchraydi. 
Chunki har ikki asar ham deyarli bir vaqtda (―Qutadgu bilig‖ - 1069 yilda, ―Devonu lug'atit turk‖ 
- 1074 yilda) yozilgan. 
―Qutadg'u bilig‖dagi terminlar XI asr va undan avvalgi davr til koloritini aks ettiradi. Albatta, 
bizning davrimizga kelib asarda qo'llanilgan ayrim terminlar, so'z va iboralar muomaladan 
(iste'moldan) chiqib ketgan, lekin ayrim terminlar hozirgacha saqlanib, asosan xalq og'zaki 
nutqida keng ishlatiladi, hamda tilimizning lug'at tarkibidadir. ―Qutadg'u bilig‖da uchraydigan 
geografik terminlarning ayrimlarini izohlaymiz: 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin