O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


talablar  qo'yiladi; 1. Terminlar ilmiy va etimologik jihatdan to'g'ri bo'lishi kerak



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

talablar 
qo'yiladi;
1. Terminlar ilmiy va etimologik jihatdan to'g'ri bo'lishi kerak. 
Bunga fanning nomini misol 
qilib keltirish mumkin; geografiya deb atalgani ma'qulmi, jo'g'rofiya deyilganimi? Geografiya 
termini asli yunoncha bo'lib, ―ge‖ - yer, ―grafo‖ - tasvirlayman so'zlaridan iborat. Jo'g'rofiya 
bizga ingliz va turklar orqali kirib kelgan bo'lib, geografiyaning buzilgan shaklidir. Ge – yer so'zi 
bilan boshlanadigan bir qancha fanlar bor; geografiya, geologiya, geomorfologiya, geofizika, 
geotektonika va boshqalar. Hammasi o'zgarmay qolgan. Faqat geografiyani o'zgartirsak ham 
ilmiy, ham etimologik xatoga yo'l qo'ygan bo'lamiz. Chunki jo'g'rofiya deganda asl ma'nosi 
o'zgarib ketadi, bema'ni so'zga aylanib qoladi.
2. Terminlar ko'pchilikka tushunarli, aytishga oson, ixcham, tugal ma'noli bo'lishi kerak. 
Keyingi vaqtda taklif qilingan muvoziy, mador, bahr, jo'g'rofiyun kabi terminlar arabchadan 
kirib kelgan bo'lib, hozirgi vaqtda muomaladan chiqib ketgan, ularga ko'pchilik tushunmaydi. 
Binobarin, ularni qo'llansh maqsadga muvofiq emas. Ular o'rniga parallel, tropik, dengiz (okean), 
geograf terminlari paydo bo'lgan, hamma tushunadi. 
3. O'zbek tili normalariga mos bo'lishi kerak. 
4. Terminlar lug'at boyligi, qotib qolgan emas.
Eskirgan terminlar muomaladan chiqib ketib, 
yangilanishi, yangi terminlar kirib kelishi mumkin. Masalan: xattiystvo, mador, qarat, bahr, 
ummon o'rniga ekvator, tropik, materik, dengiz, okean deb ataladigan bo'lgan. 
Ho'sh, terminlar qayerdan olinadi? Terminlarning bir qancha 
manbalari 
mavjud. 
1. O'zbek abadiy tilining so'z zahirasi, ya'ni lug'atlar, badiiy va ilmiy adabiyotlar. 
Bunday 
adabiyotlarda mavjud bo'lgan terminlarni ikki guruhga bo'lish mumkin: 
a) Sof o'zbek (turkiy) terminlari. Masalan: jar, bulut, yoz, yomg'ir, kechik, kent, qo'rg'on, soz, 
gilmoya va boshqalar. 
b) O'zbek tili zahirasiga kirib, o'zlashib ketgan boshqa xalqlar terminlari: manba, mansab, 
chashma, sohil, daryo va boshqalar.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin