3-Mavzu: Toponimikaning rivojlanish tarixi
REJA:
1.
Antik davr Yunon – Rim yozma manbalarda toponimikaga oid malumotlar.
2.
O‘rta asr sharq va yevropa olimlari toponimika va atamashunoslik xususida
3.
O‘rta Osiyolik olimlarning toponimika va ilmiy atamashunoslik sohasidagi ishlari.
4. XX asrda toponimika va lug‘atshunoslik ishlari
5. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda joy nomlarni o‘rganishda H.Hasanovning hissasi.
Tayanch tushuncha va iboralar.
Toponimika, toponim, urbonim, toponimst, etnonim, gidronim, oronim
Detoponimizatsiya - geografik nomlarning terminlarga, oddiy turdosh otlarga
aylanishi: Geyzer bulog'i nomidan
geyzer
termini, Vulkan oroli nomidan
vulqon
termini,
Karst rayoni nomidan
karst
termini hosil bo'lgan va h.k.
Dromonim - yo'llar bilan bog'liq nomlar: Yangiyo'l, Buyuk Ipak yo'li, Toshkent -
Termiz yo'li.
Toponimikaning rivojlanish tarixidan, antik dunyo geograflari asarlarida joy nomlari. Ilk
o‘rta asrdagi olimlar asarlarida toponimik ma‘lumotlar. Toponimikaning hozirgi holati. Mahmud
Koshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur, E.M. Murzaev,
H.H.Hasanov, S.Qoraev va boshqalarning toponimik ishlari. Yirik sharqshunoslar asarlarida joy
nomlari.
O‘zbekistonda toponimikaning hozirgi ahvoli, toponimik tadqiqotlar. Toponimlarni
geografik jihatdan tadqiq etilishi
Toponimika geografik atamashunoslik – terminshunoslik va lug‘atshunoslik sohasidagi
tadqiqot va tasavvurlarning shakillanishi Yer haqidagi fizika, astranomiya, tarix va aniq
falsafa fanlarning taraqqiyot tarixi bilan bevosita bog‘liq.
Jamiyat taraqqiyot tarixining antik davri (eramizdan oldingi 476 va melodning 446
yillari oralig‘i) hozirgi ko‘pchilik fanlarning asoslari yaratilgan davr hisoblanadi. Yuqorida
takidlanganidek Yer haqidagi ilmlar , xususan geografiya fanlari, uning asosiy iboralari qoida va
fanning muayyan tushunchalarini ifodalaydigan so‘z va so‘z birikmalari ayni shu antik davrda
paydo bo‘lfgan. Toponimikaga doir tushuncha va ma‘lumotlar qadimgi yunon – Rim tarixchi
va faylasuf olimlarning ishlarida uchraydi. Ma‘lumki ―Geografiya ― atamasi birinchi marta
eramizdan oldingi 276-194 yillarda yashab ijod etgan yunon olimi Erotosfin tomonidan fanga
olib kirgan. Hozirgi Liviya davlati hududi doirasida mavjud bo‘lgan Keruna shahrida tug‘ulib,
bugunki Misrning hozir ham eng katta shahri Aleksandriyadagi o‘sha qadimgi davrning eng
boy kutubxonasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Eratosfenning ―geografik yozishmalar kitobida
geografiya atamasi bilan birga talay geografik terminlarlar - meridian paralel kabi so‘zlar
ishlatilgan. Shuni ham takidlash lozimki , hali geografiya so‘zi paydo bo‘lishdan oldin
eramizdan oldingi VI-V asrlarda Melyat shahrida yashagan. Rekatiy shahrida yashagan O‘rta
yer dengizi va Qora dengiz va boshqa o‘sha davr yunonlarning qadami yetgan o‘lkalar
geografik tasvirini tuzib, ko‘plab toponimlar ishlatgan. Tarix faning atamasi Gerodot (Rim
respublikasining meloddan oldingi 146-43 yillarda yashagan hukumdori setseronning
Gerodotga bergan bahosi) hozirgi o‘rta dengiz, Qora dengiz Kaspiy dengizi va ularga tutash
joylardagi geografik ob‘ektlar toponimlar va o‘lkalarning xalqlari haqida ma‘lumot bergan.
Shu bilan birga hozirgi geografiya fanida yetakchi tushunchalar sifatida ishlatiladigan iqlim ,
iqlim mintaqasi, Arktika doirasi, qutb doirasi, tropik kenglik shunibng Oykumena , Sfagrida
Gidrosfera, atmosfera, Metiorologiya va boshqa ko‘plab tushuncha va iboralar antik davrda
ishlatilgan.O‘rta dengiza va unga tutash joylardagi geografik ob‘ektlarning atoqli otlar Liviya,
Atlantida, Tavrida, Pantiya , Semferopol, Odessa, Kalxeda, Reoni, Don, Oks va boshqa
toponimlar qadimgi antik davr va yunon – Rim tarixi davrida paydo bo‘lgan. O‘rta Osiyoning
Yaksart Trajonsaniya kabi toponimlari yunon va yevropa kitoblarida qayd etilgan, lekin bu
lomlar asli mahalliy xalq tomonidan qo‘yilgan nomlardir. Abu – Rayhon Beruniy Yaksart -
Sirdaryoni Hasart deb yozgan. Amudaryodan sharqdagi hududlar yevropa o‘rta asr kitoblarida
Tronsaksiana , sharq tillaridagi kitoblarda Movorounnaxr (daryo orqasi) deb yuritilgan
bo‘lsada , mahalliy tilda Vorozjayhun va Vorozrud (daryo orqasi) nomlari bilan ma‘lum edi.
Buni buyuk alloma Abu-Abdulloh Rudakiy yozib qoldirgan ma‘lumotlardan ham ko‘rish
mumkin.
Gar bilmasang pahlaviy til,
Movorounnaxr aslida Varedrud bil
Deb takidlab o‘tgan. (Rudakiy devon 1100 bet)
Toponimika fani alohida ilm sifatida keyingi XX asrda shakillangan bo‘lsada
tilshunoslik, adabiyot, tarix va ayniqsa geografiya fanlarining rivojlanishi bilan nomlar paydo
bo‘lishi ma/nosi haqidagi masalalar o‘rta asrlarda ijod qilgan olimlarning ishlarida etiborli jihat
sifatida qaralgan. Chunki ilm bilan shug‘ullangan kishilarning ijodlarida bayon etiladigan
voqiyliklar aniq bir joy, hudud yoki suv akvatoriyasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu hudud yoki
geografik nomi bo‘lib, bu nomning ma‘nosi qaysi xalq tilidan olingani qachondan boshlab
paydo bo‘lgani hamisha qiziqarli bo‘lgan. Eng oldingi paydo bo‘lgan Osiyo, Yevropa, Liviya
(Afrika) , Atlantika kabi makrotoponimlar buning isbitidir. Hozirgi Effrat va Dajla daryolari
havzasida yashagan oskriya (finikiya)liklar o‘zlari istiqomat qiluvchi yerlarning quyosh
chiqishi tomonini Osiyo (Asu) kun botish tomonini Yevropa (Yerib) Afrika nomi melodningt
boshida yashagan rimlik geogrif Pomponiy mela uchunchi qit‘aning nomini Afrika deb
rasmiylashtirgan. Undan oldingi davrlarda yunon olimlari Liviya deb O‘rta dengiz janubida
Yerlarni atagan. Eramizdan oldingi uchunchi asrda Liviya paydo bo‘lgan. Keyinchalik
Rimliklar Karfogan (hozirgi Tunis doirasini Afrika deb atagan)
Mashhur rus sayohatchisi va geografiya fani tashkilotchilardan biri P.P.Simyanov -
Tyanshanskiyning o‘g‘li Viniamin Petrovich Semyanov toponimika fani uchun Tyanshanskiy
rus toponimika faniga juda ulkan hissa qo‘shagn olim. Rossiyada statestika boshqarmasi
boshlig‘i vazifasida , Rossiyada 1897 yilda birinchi aholi ro‘hatini o‘tkazishda faol
qatnashgan. 1899 yildan boshlab chiqa boshlagan ko‘p jildli ―Rossiya Poln‘e opesanie
nashigo otechestva - Rossiya. Vatanning to‘liq tarifi‖ kitoblarga muharrirlik qilish jarayonida
toponimika masalalarida alohida etibor berilgan. Olimning toponimika sohasidagi ishlarini
uchta yo‘nalishda ko‘rish mumkin. 1. Toponimika va kartografiya, 2. Toponimika va tarixiy
geografiya 3 Toponimikaning hudud geografik sharoiti bilan bog‘liqligi. Rus geografiya
jamiyatida xaritalarda nomlarni transkritsiya kichik komissiyasiga boshchilik qilishda ruscha
nomlarni lotin alfavetida berish tizimini ishlab chiqadi. Yu.M.Shokalskiy – okeonolog,
tilshunos akademik A.A.Shohmatov sharqshunos akademiklar K.G.Zaliman va
V.V.Bartol‘dlar ishtirok etganlar. Geografiya jamiyatining Moskva va filyalida toponimika
komissiyasi butun mamlakat bo‘yicha toponimik tatqiqotlarga yagona prinsp asosida
boshchilik qilgan.
XX asrning 60 yillarida ―Narodiy Azii i Afrikiy ‖ , ―Toponimiya Vostana ‖ jurnal
va yirik nashrlar chiqarildi. 1966-yilda ―Voprosi geoghrafi ‖ nashrning 70-soni ―geografik
nomlarni o‘rganish‖ (―Misl‖ Moskva 1966 ) toponimika sohasida olib borilayotgan
ishlarning oraliq yakuni nashr etildi. Rossiya va sobiq ittifoqda toponimika va geografik
atamashunoslik sohasida ko‘plab nomzodlik va doktorlik dsertatsiyalar yozildi va yoqlandi.
Monografiyalar , lug‘atlar , o‘quv qo‘llanmalar nashr etildi. Bu sohada A.P. Duyazon ,
E.M.Lurzayev, V.A.Nikonov, A.I.Popov, S.M.Paspelov, A.V.Superanskaya, V.N.Poporov,
O.N.Trubachev, va boshqa ishlari salmoqlidir. Akademik V.A.Nikolayevning toponimikani
o‘rganishga undovchi ilmiy metodik ishlari E.M.Murzayevning Markaziy va O‘rta Osiyo
toponimikani ommalashtirishga qaratilgan ishlari diqqatga loyiqdir. ―Kratkiy toponimicheskiy
slovar (Moskva 1966 y) nomli V.A.Nikonov lug‘ati fonni rivojlantirishga alohida ahamiyat
kasb etadi. E.M.Murzayevning ―Ocherki toponimi‖ (Moskva 1974-yil) ―Slovar mistnix
geograficheskiy terminov‖ (M 1959) ―Toponimika populyarnoya‖ (1968) kitoblari fan
rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Abu Abduloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf Al-Xorazmiy tug‘ulib o‘sgan 975-
991 yillar Nishopirda yashab ijod etgan ― Mofotix Al-Ulum ― (―Ilmlar kaliti‖ ) nomli ikki
kitobdan iborat asari bilan mashhur olimdir. Asar ikkinchi qismining oltinchi bobi matemetik
va astranomik geografiyaga bag‘ishlangan bu bobda geografiyaga doir atamalarning to‘la
izohi beriladi. Bu bobda Xuroson va Muvorounnaxrga doir ma‘lmotlar talaygina. Shharlarning
kengligi (arzi ) uzunligi (to‘li) , g‘arb bilan chekkasi yo‘qligi chunki astranomiyada ma‘lum
bo‘lishicha ekvatorning har bir nuqtasi bir joyga nisbatan sharqiy , ikkinchi joyga nisbatan
g‘arbiydir. Yerning ma‘mura , ―obod‖ qismi ekvatordan shimolda joylashgan. Farg‘ona,
Xo‘jan, Qashg‘ar, Shom, iloh, Usrushana , Samarqand, Buxoro, Shibirg‘on kabi nomlar
arab tilida yozilgan bu asarda geografik nomlar sifatida tariflangan. Faning faxri
umumbashariy ilm-fanga katta hissa qo‘shagn Abu Rayhon Beruniy 973 yili 4-sentyabrda
Xorazmda Amudaryoning o‘ng sohilidagi Kat shahri chekkasida tug‘ulgan . 1048 yilda
G‘aznada vafot etgan. Beruniy turli fanlarga doir ulkan merosida geografiyaga doir ilmiy
talqinlar ancha yetakchi o‘rin tutadi. H.Hasanovning ta‘kidlashicha , geografik bilimlar
yoritilgan asarlar soni sakkista. Bular ―Osari Boqiya‖ ―Geodeziya‖ ―Hindiston‖ ―At-
Tafhim‖ (Astronomiya ilmidan boshlang‘ich malumotlar) ―Qonuniy Mas‘udiy‖
―Mineralogiya‖ ―Kartografiya‖ va ―Saydana‖ (dorivor o‘simliklar haqidagi kitob)
olimlarning ma‘lumotiga Beruniyning 170 dan oshiq nomda asarlari bo‘lib, ―Xorazm tarixi ‖
―Iqlimlar taqsimoti‖ nomli yirik asarlari bizgacha yetib kelmagan. Beruniy ijodida Yer
haqidagi bilimlarning barcha soha yo‘nalishlariga doir nazariy masalalar xususida fikr
yuritilgan. Uning ijodiga O‘rta asr olimlarining deyarli hammasi murojot qilib, faoliyat
ko‘rsatganlar. O‘sha davrda ma‘lum bo‘lgan Atlantika okeani qirg‘oqlari Tinch va Hind
okeani, yettinchi iqlim mamlakatlari - shimoliy o‘lkalar ko‘llar va dengizlar shaharlar
borinki hamma turdagi atoqli geografik nomla izohi uning asarlarida tasvirlangan,
chunonchi, Jurjon (Kaspiy) dengizi bu haqiqatda Hazor dengizidir. Ularning vayron bo‘lgan
mamlakatlari shimoliy Etil (Volga) daryosining quyadigan joyiga yaqin. U yerda
shimoliy tomonda G‘oziya yeriga yopishgan. Sharqiy tomonda Jurjon yerida Obaskun degan
bondor borki , dengiz ham Obaskun nomi bilan ma‘lumdir. So‘ngra tobaristonga daylam
yeriga Sharvon va Bob-al-Abvobga, tutash ,.. uning g‘arbida u bilan Buntus (Qora dengiz-
Pontiya dengizi0 o‘rtasida alon va sarir toifalari, ularning mamlakatlarga va qit‘alari
joylashgan. U (Xazor dengizi0 o‘zidan boshqa dengizlarga tutashmasdan Xazor yeriga
qaytadi. Keyin Etil daryosining quyilish yonida Xazor viloyati tomon yoyilgan, so‘ng
G‘uzlor (Turkmaniston) viloyatidan o‘tib, yana Obaskunga qaytib keladi. Dengiz
qirg‘oqlaridagi viloyatlar nomi bilan yuritiladi. Ammo bizga Xazor nomi bilan ma‘lum
qadimiy xalqlarda Jurjoniya nomi bilan ma‘lumdir, nainki Ptolomiy uni Irqoniya
(Girkoniya) dengizi deb atagan. Bu dengiz boshqa dengiz bilan qo‘shilmaydi. Mana
Beruniyning ―qonuniy mas‘udiy‖ ―At-Tafhim‖ asarlarida berilgan Kaspiy dengizi -
toponimining geografik izohati.
Geografik nomlar bilan bog‘liq beruniy asarlarida meteorologiya (ob-havo)
iqlimshunoslik oid ilmiy atamalar izohlangan. Oxirgi sovuq haqida shunday deydi.
―Odamlar shunga hayron bo‘lib, ajablanmasinlarki (qish) oxiridagi sovuq qattiq bo‘ladi,
ketish oldidan ancha zo‘rayadi, bu bu hodisa issiqlikga ham hosdir‖
Olim kundalik ob-havoga baho berganda mana bunday izohlarni ishlatgan. Qish
havosi, qish shiddatli havosi, turg‘un havo, sovuq havo, sovuq shimoliy shamol,
o‘zgaruvchan shamol daydi shamol. Ozgina geografik mulohaza qilsak, hozirgi
iqlimshunoslikda bu so‘zlar o‘rniga o‘rtacha havo Atktika havosi seklon, antiseklonlar,
havo massasi, havo oqimi degan tushunchalar ekanligini bilib olamiz. Beruniy asarlarida
Binkat, Shosh shaharlaridan biri, turkiycha Toshkent, bu yunon mualliflarida Burj Al-Xurja
qal‘asidir. Demak ―Toshkent‖ toponim - turkiy Toshkent, forscha Choch, Binkay, arabcha
Shosh bo‘lib, barchasining ma‘nosi turkiycha Tosh shahar nomining tarjima va o‘sha tilga
mos talaffuz etilishidir.
Beruniy Sharhsabz shahrini kesh shahri forslar Ma‘jomat deb yuritgan deb xabar
beradi. Sirdaryo etaklaridagi Yangikent (hozirgi G‘azalkent shahri ro‘barasida, daryoning
chap sohilidagi xarobalar) turli xalqlarda turlicha yuritilgan. Mahalliy turkiylar Yangikent-
Janikent deb yuritgan nomni arablar ―Qariyat al- Xodisa‖ (Qariyat - qishloq, hodisa -
yangi) va Madinat al-jadida (Madina shahar, jadida yangi) fors tojikcha Doh Nov deb
yuritgani haqidagi aniq misolar orqali izohlagan.
Beruniy asarlarida Sirdaryoning eng qadimgi nomi Xasart daryosi bo‘lgan.
Meloddan avvalgi davrlarda yunonlar Yaksart deb yozganligi haqida ma‘lumotlar bor.
Beruniy asarlarida hozirgi geografik xaritalarida o‘zgartirilib yoziladigan yoki butunlay
boshqa nom bilan ataladigan toponimlar juda ko‘p. Masalan fam al-Asad – sher og‘zi -
dahani sher deb yuritilgan joyni hozir Donisher deb, Zaim va Omuyya – karki va Chorjev
shaharlari , Mazdubast - Amudaryodan Sariqqamishga oqqan daryo va boshqalar. Bunday
toponimik malumotlar sharq tarixiy geografiyasini o‘rganishda eng ishonchli manbalar
ekanligi ko‘rsatadi. Beruniy o‘zidan 800 yillar oldin o‘tgan Ptolomiyning Amudaryo
haqidagi yozganlarini keltirib, Omuyya shahridan yuqorida Balx daryosiga quyilib, keyin
Bolqon shahri yaqinida Xozor dengiziga quyilgan. Xozor esa G‘uz yerlarining chekkalaridan
burilib ketdi. Fam al-Asad degan joyda suv to‘planib, daryo suvining bir qismi Xorazm bilan
Jurjon orasida joylashgan cho‘ldagi mazdubast deb atalgan daryo o‘zanidan Sariqqamishga
oqqanligini xabar beradi. Demak , ulug‘ allomalarning asarlarida jamiyat va tabiat tarixiga oid
qimmatli ma‘lumotlar mavjud bo‘lib, allomaning geografiyaga doir ilmiy merosi tabiiy
muhitning ritmik taraqqiy etish qonuning aniq bir hududga tadbiq etish imkonini beradi.
O‘rta Osiyo va Sharq lug‘atshunoslingining eng katta yutug‘i M.Qoshg‘ariyning
―Devoni lug‘tit - Turk‖ nomli shoh asar hisoblanishi shubhasiz. Ota bobolari issiqko‘l
bo‘yidagi Borsg‘on shahridan bo‘lgan xizmat taqozosi Qashg‘arga borib qolganlar. Mahmud
o‘sha davr hukmronlarining yirik markaz shahari Qashg‘arda diniy bilimlar bilan birga
astronomiya geografiya matematika va boshqa dunyoviy bilimlarga ham qiziqqan. Buxoro va
Bog‘dodda o‘z bilimlarini mukammallashtirish uchun davom etttirgan. Turk tillarining qiyosiy
gramatikasini talqin etish nmaqsadida, Mo‘g‘ilistondan Qora dengiz bo‘ylariga keng
hududlarda yashagan turkiy qabilalar orasida yurib, ma‘lumotlar to‘playdi. Bu daliliy
malumotlar asosida 1074 yilda ―Devoni lug‘atit Turk‖ asarini yozib, tugatib, 1077 yilda xalifa
Muqtadirga tadbiq etadi. M.. Qoshg‘ariyning umumiy turkiy tilarni o‘rganish, turkiy til
shevalarining qiyosiy gramatikasini tuzish folklar va etnografiya sohasidagi xizmatlari nihoyat
ulug‘dir. Shu bilan birga turli fanlarning atamashunosligini yaratish va geografiya faniga ham
ulkan hissa qo‘shgan. Qoshg‘ariyning geografik merosi asosan besh yo‘nalishda o‘z mazmunini
topadi. (H.Hasanov 1981 )
1.
Devonda berilgan tabiy geografik atamalar va ularning izohi;
2.
Devoni lug‘tit Turkga ilova qilingan dunyo xaritasi;
3.
Devonda uchraydigan joy nomlari va ularning izohi;
4.
O‘rta Osiyoda ayrim qabilalarning joylashishi haqida ―aholi geografiyasi‖ ga oid
ma‘lumotlar
5.
―Devon ‖ dagi astronomik ma‘lumotlar taqvimlar tizimi – muchalar va ularning
tarixi.
M.Qoshg‘ariyning geografik merosi birinchi galda geografik atamalar tahlilidir. Tabiat va
tabiiy hodisa, tabiiy jarayon hususan cho‘l, tog‘, iqlim yer, suv, hayvon, o‘simlik va
boshqalarg doir iboralar izohiga olim alohida o‘rin bergan. Qoshg‘ariy ishlatgan ariq, buz,
(muz), bulut, yomg‘ir, yoz, kechik , kent, kuz, kun, ko‘l, oy, ort,(davon) oqim va oqindi, sel
va selindi, suv va suvloq tog‘ tuz, (tekis) tuman ungur chaqmoq, yayloq, yashin, qayir,
qoq, qir, qish va qishroq, qor, qo‘ltiq, qum, va boshqa so‘z iboralarni ishlatgan, ularning
izohini bergan. Olimlarning yozishicha, bu so‘z va iboralarning ba‘zilari VII asrga mansub
O‘rxun bitiklarda, Qultegin yodgorliklarida uchraydi. ―Devon‖ da bu so‘zlarning ishlatilishi
va ularning ko‘pchiligi hozirda ham istemolda ekanligini hozirgi o‘zbek geografik
atamashunosligining mustahkam qadimiy zaminga ega bo‘lishini ko‘rsatadi. Yer va tuproqqa
doir so‘zlarni izohiga kengroq o‘rin berilgan. Chalang yer – qora yer, bout-sho‘r yer Sag‘izlik
- sog‘ tuproqli yaxshi yer, sag‘iz tuproq – toza tuproq, sog‘ tuproq, toza yer-o‘simligi kam
yer, oriq, hosillar. Qayir yer – yumshoq tuproqli yer, tekis yer, qumloq yer; takidlash
lozimki, qayir hozirgi geografiya fanlarida ko‘p ishlatiladigan daryo vaqtinch suv bosadigan
qumloq-toshloq qismiga aytiladi
Boldir tog‘ – tog‘ burun, tog‘ning tekislik ichiga kirib ketgan tarmog‘i. Hozirgi
toponimlarda uchraydigan boldir so‘zini osongina izohlash mumkin. Muzrabot tumanidagi
Boldir temir yo‘li bekati haqiqatdan ham Ko‘hitang tarmoqlarining bir uchu bo‘lganligi uchun
shunday atalgan. Ort - orqa, bo‘yin , gordon, tog‘ devoni, badalort, Ko‘kort, Qizilort, Muzort,
Oqort, Turug‘oert kabi o‘rta osiyodagi davonlar nomi nima uchun shunday nomlanganligini
bilib olsa bo‘ladi. Qurug‘ - amirlari boqiladigan ko‘katzor, atrofi qurshalgan joy. Bu so‘z
tojik tiliga ham o‘tgan. Qo‘riqning hozirgi manosi - qo‘riqlanadigan dahlsiz tabiat komleksi.
Qo‘riqxona, zapovednik so‘zlarining o‘zagi, qo‘rig‘ hasrdayoq hozirgi manosiga o‘xshash
mazmunda ishlatilgan.
Ob-havoga - meteorologiyaga oid so‘zlar atmosfera hodisasi, osmon hodisasini ifodalash
ushbu qimmatli asarda o‘z ifodasini topgan. Masalan talg‘og‘ har tarafdan esgan qattiq izg‘irin
shamol, qarog‘u – qirov, bulut sugoldi – bulut tarqaldi, erkin yomg‘ir – bir necha kun
to‘xtamay yog‘adigan yomg‘ir. Geografik nomlarning talqiniga asarda katta o‘rin berilgan –
Bolosug‘un Beklig, mo‘g‘ilcha G‘ubalik - go‘zal shahar, Barsg‘on yoki Basrxon - Issiqko‘l
bo‘yidagi shahar, kishi nomidan olingan. Yaponiya Jafarqa Morka, Poloda, Chunonchi deb
yozilgan M.Qoshg‘ariy Beruniy asarlaridan foydalangan. H.Hasanov tadqiqotiga Devon da
ishlatilgan 70 ta joy nomi Beruniy asarlaridan olingan. Shu bilan birga Beruniy asarlarida tilga
olinmagan Toshkentdan G‘arbiy Xitoygacha masofada ko‘pchilik joy nomlari ham
berilgan. Shunday qilib, Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy va Hudud al-Olamning muallifi O‘rta
osiyo geografiya nomshunosligi va toponimiyasining asoschilaridirki, ulardagi ilmiy merosni
chuqur o‘rgangan geogrfiya tarix va tilshunoslik fanlarining hali bahstalab sahifalarini
to‘ldirishi shubhasiz. Toponima va umuman geografik meros sohasida Marv shahrida
tug‘ilgan Xivada yashab ijod etgan XI asr oxiri va XII asr boshida yashagan falaklarning
taxsimi haqida idrokning nihoyasi asari bilan mashhur bo‘lgan. Al-Xorazmiy muhim o‘rin
tutadi. U Jayhoniy asaridan foydalangan, Ptolomiyga ergashib, ma‘ruzani paralel ravishda 39
zonachaga bo‘lgan. Iqlim beshta zonachani II-VI iqlimlarning har biri ikkitadan zonachani
VII iqlim bir yo‘la 18 ta zonachani o‘z ichiga olgan. Ekvatordan boshlab chizilgan bu
zonachalar kunning uzun – qisqaligiga bir – biridan avvalo chorak soatdan, keyin yarim
soatdan shimolroqdagilari bir soatdan farq qilgan eng shimoldagi zonachalarni bir oy yorug‘
tun, bo‘ladigan yerlar, ikki oy yorug‘ tun bo‘ladigan yerlar, uch oy, to‘rt oy, besh oy va
nihoyat olti oy kecha yu kunduzi yorug‘ bo‘lib turadigan yerlar deb shimoliy qutbgacha
belgilab chiqqan.
A.Mahmud ibn Umar az-Zamaqshariy (1074-1144) Xorazmning Zamaqshar
qishlog‘ida tug‘ulgan. U sermahsul olim bo‘lib, elliktacha turli sohaga doir asar yozgan.
Shulardan 25 tasi bizgacha salanib qolgan. Zamaqshariy asosan arab tilshunosligi sohasida
juda ko‘plab asarlar yozgan. O‘z zamonasining yetuk arab tilshunos olimi bo‘lib yetishgani
holda ―Vodiy va tog‘ ismlari‖ nomli arab tilidagi geografik asari ham bor. Asarni Arabiston
yarim orolidagi shaharlar, qishloqlar, tog‘lar, vodiylar, suvlar izohi berilgan. Bamisoli
toponomik entsiklopediya deyish mumkin. Geogarfik nomlar alifbo tartibida belgilab
nomlab manosi nomlarning atalishi bilan bog‘liq rivoyatlar berilgan.
Asl vatani Xuroson bo‘lgan mashhur olim Najib Bahronning XVIII asr boshida yozilgan
―jahonnoma‖ asarida Beruniy , Tusiy, Xurdodbeh, Istohriy, Xusrav va boshqa olimlarning
asarlari jadval tariqasida belgilangan va izohotnoma tarzida tuzilgan asardir. Johannomada
600 tacha joy nomi belgilangan. Ular xaritada ko‘rsatilgan Biyoboni Xuroson (janubiy
Qoraqum) Biyoboni Xorazm (shimoliy Qoraqum) Turkiston , Termiz, Issiqko‘l, Barsxon va
boshqa joylar bilan bir qatorda Kalif Movoraunnaxr, Naqshob, Vahon kabi bizning yurtimiz
nomlari ham o‘z tasvirini topgan.
Faxriddin Banokatiy XIV asr boshida o‘z ijodi bilan dong taratgan Sirdaryo o‘ng
qig‘ogidagi Banokat Shohruxiya shahrida yashab ijod etgan olimdir. 1317 yilda ko‘pincha
―Tarixi Bonokati ‖ nomi bilan yuritiladigan tarix va geografiyagfa doir asar yozib, uni sulton
Abu Saidga bag‘ishlagan. Asar unga ilova qilingan, xaritasi xaritada ko‘rsatilgan. Toponimlar
jihatdan diqqatni o‘ziga jalb etadiki o‘sha davr geografik nomlarini o‘rganishida muhim
manba deyish mumkin.
Shunday qilib, IX-XIV asrni sharq tarixi va geografiyasida sharq fani gullab yashnagan.
Barcha ilmlar sohasining eng ommabopi bo‘lgan geografiyada faqat tarixiy davr uchungina
emas balki butun sharq ilm fan taraiyotida muhim ahamiyatli asarlar yozilgan. Dunyoni tabiiy
iqlimlar yuqori darajada rivojlanganligi bilan ahamiyatlidir. Markazlashgan kuchli davlatni
tashkil etgan ilm fan me‘moriy san‘at va madaniyat yuksak darajada taraqqiy etgan Amur
Temur avlodlari davrida (1360-1507 ) yillarda dunyoviy ilmlarning boshqalari qatori
geografiya fani ham yuqori darajada rivojlangan edi. Amur Termurning tuzluklarida iqlimlar
shaharlar tabiiy sharoitlar xususida ilmiy asoslangan tushunchalar bayon etilganki bular buyuk
davlar arbobining geografiyani teran tasavvur etganligini ko‘rsatadi. O‘zining harbiy
yurishlarida qo‘llagan taktikasi muayyan hudud geografik sharoitini yaxshi bilganligi joy relefi
va boshqa tabiiy sharoit harbiy yurish va davlatni boshqarishida yetakchi ahamiyatga ega
ekanligini hisobga olishning namunasi ekanligini bildiradi. Temuriyzodalarning ko‘pchiligi
davlat va harbiy yurish san‘atini egallagan sarkarda adabiyotni yaxshi bilgan, ayrimlari
yozgan g‘azallardan devon tuzgan, shoir hukmdor bo‘lish bilan birga , madaniyat fan va
memorchilikning homiysi sifatida faoliyat ko‘rsatganligi ma‘lum. Shuning uchun temuriylar
hukmronligi davrida umumbashariy madaniyat va fanda chuqur iz qoldirgan Ulug‘bek, Ali
Qushchi, Navoiy, A.Jomiy, A.Samarqandiy, Hofizi Abru, G‘iyosiddin Naqqosh, Ali Yazdiy,
ibn Arabshoh, Xondamir, Mahmud Davlatbek Samarqandiy Kamoliddin Behzod kabi
mutafakkirlar etishib chiqqan. Bu tarixiy siymolarning aksariyati ilm fanning boshqa sohalari
qatorida geografiya fani sohasida ham muayyan iz qoldirganlar. Muhammad Tarag‘ay
Ulug‘bek astranomiya sohaisda o‘z zamonidan ancha ilgarilab ketgan. ―Ziji Jadidiy
Kuragoniy ‖ yulduzlar jadvali asaridan tashqari ―To‘rt ulus tarixi‖ asari kun qirrali ijod
sohibi bo‘lgan olim sifatida tarixda o‘z o‘rniga ega. ―To‘rt ulus tarixi‖ 1425 – yilda Mirzo
Ulug‘bekning ilmiy rahbarligi va shahsan ishtirokida yozib tugatilgan asarda Mo‘g‘iliston ,
O‘rta Osiyo Eron Afg‘oniston tarixiy geografiyasi Chingizxon avlodlari hukmronligi va
shajarasi Xorazm davlatining Chingizxon tomonidan bosib olinish aniq hududlar va muayyan
geografik nomlar orqali bayon etilgan. Masalan Chigizxonning o‘tgan 1988-yili 860 yilligi
yubiliyi nishonlangan. Jaloliddin ibn Sulton Muhammad Xorazmshoh bilan Chingizxon
o‘rtasida urushlari tarixi orqali Kot, Qiyot, Hirot, G‘azna, Nasaf , Voliyon, Bobiyon, Nimruz,
Utror, Dashti Qipchoq, Sind, Jayhun va boshqa shunga o‘xshash ko‘pgina geografik nomlar
tilga olingan, ayrimlarga geografik izoh ham berilgan.
Temuriylar davrining eng yirik olimlaridan Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh Al-
Xavofiy-Xofizi Abrudir. O‘zining xizmat faoliyati Amur Temurning sayohatlaridan birida
Munshiy-Kotiblik vazifasidan boshlangan, ko‘p marta sayohatga chiqqan. Ko‘p joylarni
ko‘rgan Hofizi Abru atoqli tarixchi geograf olimdir. ―Yiroq safarlar asnosida shimoli – g‘arbiy
tomondan Movoraunnahr Turkiston, Dashti Qipchoq, Xuroson, iroq, Fors , Ozarboyjon, Eron,
Gurjiston, Armaniston diyorlari rus va shom yerlarining barchasini firot daryosi sohillarini ….
Hizor sohillarini sharqiy tomondan esa Qobulni , Multon O‘ch va Hindistonning eng yirik
shaharlari Dehlini gang daryosi qirg‘oqlarigacha bir necha bor bordim ‖ deb yozgan.
Hofizi Abru 1414- yilda Hirot hokimi Shohruhmirzoga Arab tilidagi ―Yo‘lar va mamlakatlar
kitobi‖ yoki ikkinchi nomi ―iqlimlar surati nomli kitob taqdim etdilar.
Shohruh uni Hofizi Abruga fors tiliga tarjima etishni topshiradi. Olim bu kitobni
tarjima qilar ekan sharqdagi Mutarjimlik qoidasiga amal qilib, o‘zining ko‘rgan, bilganlarini
va Xitoyga elchi sifatida borgan G‘iyosiddin Naqqoshning xotiralarini, bir qism Amur Temur
yurishlarini ham qo‘shadi. Natijada yangi bir asar ―Zubdot at - Tovorih‖ tarixlar qaymog‘i
vujudga kelgan. Asarda dashti Qipchoq, o‘zbeklar diyori Movoraunnaxr shahar va
viloyatlarining geografik tavsifi berilgan. Viloyatimizning yirik manzillari kesh vaQarshining
tarifini shunday keltirgan. Kesh uni Sharhsabz ham deydilar. Eni uch farsang bo‘yi uch
forsang yaqinida tog‘ bor. U tog‘da harsangtuz bor, tiniq ba‘zan rangdor Keshning har xil
mevalari ko‘p, ko‘pgina mevalar uning chegarasidan chiqariladi. Kesh Movaraunnaxrning
issiq joyi. Naqshob, Kesh atrofida uni Nasaf ham deydilar. Hozir Qarshi nomi bilan mashhur.
Bu qadimiy shahar bo‘lib, tekis yerda joylashgan. Undan tog‘gacha ikki kunlik yo‘l. Boshqa
tarafdan to Jayhunga qadar cho‘l. Kesh suvidan boshqa daryo yo‘q. Podshohning qasrini
turkiy tilda Qarshi deyilardi. ―
Hofizi Abruning bu asarida boshqa nomlarning ham izohi berilgan. Bordog‘iy Jayhun
Qanoriyda, Termiz mavzeylariga tutash , Bo‘rdog‘uy yunoncha so‘z bo‘lib Iskandar
zamonasida atalgan ―Mehmonxona manosini bildiradi‖ Panjob haqida shunday yozadi.
Xudlon va Vaxsh chegarasida beshta daryo qo‘shilib bu mavzeyni Panjob deb ataydilar.
Hozirgi Amudaryoning Vaxsh daryosigacha bo‘lgan bo‘lagi Panj daryosi nomini Hofizi Abru
tomonidan shu tariqa to‘g‘ri izohlangan. Abdurazzoq Samarqandiy Shohruh saroida tarixchi
olim va davlat arbobi , elchi, vazifalarida xizmat qilgan. ―Ikki saodatli (yuldiz)ning balqishi
va ikki dengizning qo‘shilishi‖ nomli mashhur asarini bir qismi 1441-1442 yillarda
Hindistonga Xuroson elchisi sifatidagi sayyohlar tasurotini o‘z ichiga oladi. Asar chinakkam
tabiat hodisalari tasvir etilgan. Geografik tadqiqot bo‘lib, unda Hindiston va uni o‘rab turgan
Hind okeani geografiyasi va tabiat sharoiti haqida mukammal ma‘lumotlar keltirilgan. Asarda
Bodxez, Qoraqum va geografik ob‘ektlarning toponimik izohi ham o‘z tarifini topgan.
―Bodxiz qirlari ko‘klam chog‘lari go‘zal qizning jamolidan ham tozaroq, bahr oluvchi va
ma‘shuqaning vadasidan ham yoqimliroqdir‖ deb yozadi. Hofizi Abru, A.Samarqandiy, Mirzo
Ulug‘bek Ali Qushchi kabi o‘rta asrning yirik olimlari va ularning bashariyat uchun qimmatli
asarlari Temuriylar hukmronligi davrida ilm fan rivoji uchun to‘la shart sharoit yaratilgan
degan ijod ahli doimo qo‘llab quvvatlangan degan hulosa chiqarishga imkon beradi.
O‘rta asr sharqning olimi, shoiri, tarixchisi, sarkardasi va Hindistonda 150 yildan ortiq
hukmronlik qilgan Boburiylar saltanatining asoschisi bo‘lgan. Bobur bor yo‘g‘i 49 yil umr
kechirgan. Boburning hindistonliklar tomonidan hurmat bilan tilga olinishining sababi shuki
u Hindistondagi fiodal tarqoqlikka barham berdi. Boshqa ellardan kelgan istelochilardan
farqli ravishda hech narsani Hindistondan olib ketmadi. Aksincha bu elda Hozirda odamlarning
hayratga solgan oliy imoratlar barpo etdi, ilm fan memorchilik, dehqonchilikni
rivojlantirishga ahamiyat berdi. ―Boburnoma‖ hozirgi O‘rta Osiyo, g‘arbiy Xitoy, Eron,
Ozarbayjon, Afg‘oniston, tarixi tarixiy geografiyasi, tarixiy voqealarining qariyib 100 yilga
yaqin davri haqida ma‘lumot beruvchi qomusiy asar bo‘lishi bilan birga birinchi marta eski
o‘zbek tilida bitilgan juda hajmdagi nasriy tarixiy geografik asar bo‘lishi bilan ahamiyatlidir,
zero bundan oldin bitilgan asarlar asosan fors va arab tillarida ona tilimizdagilarning
ko‘pchiligi badiiy dostonchilik yo‘nalishida bo‘lgan. Ayni vaqtda ―Boburnoma‖ eng muhim
atamashunoslik va toponomik manba hamdir. Unda yer suv havo va turli tabiiy hodisalarga
tegishli xalq so‘zlari ko‘plab topiladi. Masalan ―tog‘dagi g‘or va kovaklarni havol derlar‖
―Hidi yaxshi o‘langni quruq qilurlar‖ ―tup tuz yer, ne tog‘ va ne pushta ko‘rinadur‖
―Pushtalardan va qo‘llardan tuzgi chiqg‘och‖ , ―chopqin bilan yog‘ar edi‖ iboralaridagi
so‘zlar o‘z o‘zidan izohlab berilgan. Guzor kichik daryodan o‘tadigan joy, jilg‘a kichik soy ,
daryocha nayshakar – shakarqamish, pushta – tepa, balandlik, qirlar, tangi - dara, tog‘
oralig‘idagi yo‘l, chuqur daryo vodiysi; uchma chuqur jar yoqasi, tik yonbag‘ir; o‘lan-o‘tloq,
yer, keng maydon, suv yoqasi-qirg‘oq; choqor- toshqo‘rg‘on; yayloq-yaylov, keng dala.
Boburnomada qo‘l so‘zi ikki manoda ishlatilgan. - biri suv qozg‘on jarlar, ikkinchisi
daryo irmog‘i . asarda daryolarda suvning kamayishini - suv kichuk bo‘lganda, suv toshqinini
esa, suv kirganda deb ataydi. Davonlarda qor bosib qolishini – yo‘llar bog‘lanur deb ,
daryolar qo‘shilishadigan joyni suvning qotilishi (aralashuv) deb ifodalaydi. Shuning Rud –
daryo, yakraxa – yolg‘iz oyoq yo‘l, kohpoya – tog‘ etagi, shohijo‘ytarmoq (shoh ariq ) deb
turkcha so‘zlarning tojikcha sinonimini ham ishlatgan. Bobur har bir tilni hurmat qilgan, til
boyliklardan unumli foydalangan, forscha afg‘oncha, hindcha atamalarni dadil ishlata vergan.
Ba‘zan ularga izoh ham bergan. ―Boburnoma‖ XVI asr boshidagi joy nomlari (bir mingdan
ziyod) o‘sha davr holatida va transkriptsiyasida bergan. Bu nomlarning ko‘pchiligi ba‘zi
fonetik o‘zgarishlar bilan shu kungacha mavjud. Ba‘zilari unitilib ketgan. ―Aksi – Kitoblarda
Aksikat bitirlar‖ ―Toshkent viloyati .. kitoblarda shosh bitirlar bazan Choch bitarlar‖
―O‘ratekaxim , asl oti kitoblarda Usrushna va Usrush ham biritlar‖, ―Kesh shahrini Bahorlar
sahrosi va shahri va boshi va batamom xob sabz bo‘lir uchun Sharhsabz ham derlar‖
―Kopdibodom bodom yaxshi bo‘lur. Bu jihatdan bu ismga mavsumdir.‖ ―bu tog‘da qor
hargiz o‘ksimas, bu jihatdan g‘olibo Kohi Safiz (Oq tog‘) derlar ‖ ―Afg‘on ko‘talni
(davonni band derlar, G‘or sari bu ko‘tal bilan borurlar g‘olibo ul Jahotdan G‘o‘rband
derlar) .Asardagi nomlar izohi orqali ko‘pgina joylarning ma/nosini tushunib olish
mumkin. Hindiqush tog‘laridan bir ko‘talning nomi To‘l deyiladi, bu eng yaxshi davon
bo‘lsa ham, yo‘li uzoq ekanki , nomi shunga yarasha to‘l - uzoq (geografik uzoqlik sharqda
to‘l deyilgani ma‘lum. ) ―Boburnoma‖ da Himolay nomi uchramaydi, ammo Himolay
etaklarini ―Sivolik Pazrvoz ‖ derlar hind tilida siva – chorak , lak – yuz ming parvat – tog‘
sivolik Parvat – chorak vaqt yuzming tog‘kim, yuzyigirmabeshming tog‘ bo‘lgay. Deb
izohlagan. ―Kashmir‖ tog‘da yashovchi Kas qabilasi nomi bilan bog‘liq ekanligini yozadi.
Agra yonidagi bir darvoza nomi Hotaypul deyiladiki Hindlar Xitoy deb filni, pul darvoza –
filda darvozasi deyolishi sababiga darvoza chiqishidan fel rasmi chizilgani tufaylidir.
―Borurnoma‖ o‘sha davrlarda qo‘llanilgan o‘lchov berliklari ham izohlangan. ―yig‘och – 8
km, Kiruh – 2,5 km, sha‘ri 2,4 km, bir o‘q otim yer – 110-125 m, quloch – 120sm, bir
kunlik yo‘l – 40-45 km, tushlik yer – yarim kunlik masofa va boshqalar ishlatilgan.
―Yana Qarshi viloyatidirkim Kamobroq yerdir. Bahori ho‘p bo‘lur, Samarqanddan janub
saridir. Bir nima g‘arbga moyil, 18 yig‘och yo‘ldir. ‖ hozirgi masofasi ham 144 km aniq
bo‘lib chiqadi.
―Kuhak suyi shimolidan oqar. Samarqanddan ikki kiruh bo‘lg‘ay – demak
Samarqanddan Zarafshongacha 5 km, bu masofa ham ancha aniq. Bunday misollar shuni
ko‘rsatadiki Bobur asarlaridagi geografik voqeyliklar juda aniqlik bilan berilganligi bilan
katta ahamiyat kasb etadi.‖
―Boburnoma‖ ning chinakkam geografik asari ekanligini , unda berilgan joylar tarifidan
ham bilsa bo‘ladi. Shahar va o‘lkalarning geografik o‘rni tabiiy sharoiti aholisi xo‘jaligi
ma‘lum tartibda tasvirlanadi. Tabiat boshqa hududiyligidan abekt sharoiti bilan taqqoslanadi.
O‘simlik va hayvonlarning diqqatiga sazavor turlariga ko‘proq to‘xtatiladi. Biror ob‘ekt nomi
tarixi bilan bog‘liq xalq orasidagi rivoyat hikoyatlari keltirarlar.
Zaxriddin Muhammad Boburning geografik merosi uning tarixiy sheriyat sohasidagi
madaniy meroslari bilan qo‘shilib qorishib ketganki, ko‘p qirrali olim va shoir sifatida
xalqimizning bu daho farzandi hammamiz faxrlanishga haqlimiz. Zero Bobur asarlari tengi yo‘q
xazina. Uning asarlarini o‘qigan kishi ularda geografiya biologiya astranomiya va boshqa
tabiat fanlariga oid boy daliliy ma‘lumotlarga duch kelishi mumkin. Bobur sayohatchi
o‘lkashunos, donishmand, tarixchi va tilshunos bo‘lish qatorida joy nomlarining tarixi va
manosini chuquqr tahlil etgan toponimist nomshunos olim bo‘lganligini his etamiz.
Badiy adabiyotga doir merosda ham toponimika va biografik atamashunoslikka tegishli
ma‘lumotlar talaygina.
Alisher Navoiyning asarlaridagi toponimika va lug‘atshunoslik haqida ba‘zi mulohazalarni
keltirib o‘tamiz. Atrofini o‘rab turgan tabiatning falsafiy mulohazasi bo‘lishi bilan
ahamiyatlidir.
To‘tti yashil ho‘lla kiyar shevasi,
Tugmalari bo‘ldi aning mevasi.
Bu paytda daraxtlar yashil libosga o‘ralib, meva tugishi va tugkan tugmalarning mevaga
aylanishi tabiatning muayyan qirrasini ifodalaydigan atamalarda badiiy vositalar orqali tasir
etilmoqda.
A.Navoiy kurrai zaminimizni naqadar aniq tasavvur etganligini geografiya tayanch
atamalari va tushunchalari - yo‘l orol, dengiz, shamol, osmon, va boshqalarni o‘z o‘rnida bir
neha muqobil variantda ifodalanganligini ko‘ramiz. ―Layli va Majnun‖ dostonining na‘fol
qizining Majnun bilan nikohlash marosimi quyidagicha ta‘riflaydi.
Oy bilan Quyoshni ayladi naqd,
Boshi uzra sochdilar base naqd.
Chun mehr kelish kibi yoshundi,
Tun yerga kuyav kibi bexundi.
Gardur ko‘ribon bu ish muofiq
Kelturdi to‘qqiz taboqda sochiq.
Bu tasavvurdagi kelinni oyga , kiyovni quyoshga o‘xshatishi mehrning kelindek ichki
hisligi, kiyov ta‘zimining gulning yer yuzasiga tegib turishi naqadar yuksak badiiy ifoda
ekanligini ko‘ramiz. Ayni chog‘da bu yerdagi tabiiy fan atamalari orqali tabiiy hodisalar
mohiyati chuquqr idrok etilib, mohirlik bilan o‘z o‘rnida ishlatilanligi ko‘ramiz. Alloma
shoir tabiatidagi bitta hodisa yoki jarayoning turli holati va qirralari xalqda ishlatilgan
so‘zlar bilan izohlanishini ko‘rishimiz mumkin. Shamolning tezligi qaysi vaqtda bo‘lishi –
yel, sabo, nasim, bod shamol, dovul, bo‘ron, to‘fon kabi atamalar bilan, osmonning holati
ko‘k gumbazi, hamol ayvoni, osmon, samo, gardun, sipehr so‘zlari bilan sifatlanganlik va
real voqeylik jihatlarini ko‘ramiz.
Geografik nomlar Navoiy dostonlarining badiiy yuksaklik va real voqeylik
Movaraunnahrning geografik o‘rni – oqib hadi sharqida Sayhun suvi
Borib hadiya g‘arbida Jayhun suvi deb ―Saddi Iskandariy‖ dostonida tarannum etiladi.
Kovakibganib yeti taqsim erur,
Jahon mulki ham yeti iqlim erur.
Xuroson badandir Xiriy jon anga
Xirijiy jon badandir Xuroson anga
Demak insonlar yashaydigan dunyo yettiga taqsim qilingani ular yetti iqlim atalishi
Navoiyning dunyo aniq ilmiy tasavvur etganligini ko‘rsatib, ―Rubiy Maskun‖ - obod
yerlarni yetti iqlim, kavokib atamalari bilan ifodalangan. Xuroson mamlakati dunyoning
obod o‘lkasi (Xuroson Lug‘aviy manosi ―Quyosh yurti‖ demakdir) dunyoning jasadi bo‘lsa
, Xirot shahri, bu jasadning jonidir deb ham badiiy ham ilmiy jihatdan aniq ifodalaydi.
Bo‘lu yuz pushta xamuk sel chog‘i,
Turar o‘z o‘rnida Alburuz tog‘i
―Farhod va Shurin‖ dostonida keltirilgan bu baytlar Eronning m Kaspiy dengiziga
tutash elburus tog‘ining dengizga tutash shimoliy yon bag‘ri nam subtropik iqlim
sharoitiga ega. Dengizdan esgan namli havo nihoyatda seryog‘in bo‘lganligi – yuzlab
pushtalar - tog‘ tarmaqlaridan tashkil topgan bo‘lsa-da juda kuchli yomg‘irda ham o‘z
o‘rnida turib nomli havo massasini janub o‘tkazmaydi, natijada shimoliy yon bag‘ir sernam
suptropik iqlim bilan xarakterlanishi badiiy tasvirlanmoqda.
Ulug‘ shoirning ―Sababi Sayyoz‖ dostoni o‘z mazmuni bo‘yicha badiiy geografik tasvir
deyish mumkin.
Dedilar Kishvadi durur dilkash,
Oti ham sharhsabz erur, ham Kesh
Xizr monand Sabzadan rangi
Sabzasi suvi ko‘rgusi rangi,
Sharhsabz o‘ldi bizga chun mulkat
Yo‘q ajab gar yashil dirur Kisvat
Insoniyatga Amur Temurdek shaxsni bergan. Sharhsabzni badiiy yuksak tabiati
hayotining o‘zidek yashil (o‘sish - rivojlanish) shahar ekanligini rangin bo‘yoqlarda real
voqeylik orqali tarannum etmoqda. Getersifik atama va geografik nomlar ―Xamsa‖
dostonlarining mazmunini tashkil etadi. Orol mamlakat tog‘, dengiz, shahar, yo‘l, bandor
va boshqa geografik atamalar orqali voqealar mohiyati hikoyatlar yo‘nalishi ochib beriladi.
Yana yuz ming o‘zbek mo‘g‘ul birla zam
Yuz ellik ming sari qalmoq ham
Bo‘lib barchasi olti yuz ming kihshi
Bariga hunar qabila razm ishi
Yasab Chin elin turkiy chiniy Sirisht
Tarovatda andog‘ki bog‘ behisht
Darhaqitat o‘zbek, rus, mo‘g‘ul, qalmoq va boshqa ellar xalqlar Eron Turon, Dashti
Qipchoq, Chin Hind kabi mamlakatlar ko‘p bora tabiatiga mos ravishda Navoiy asrlarida
tasvir etilganing guvohi bo‘lamizki, ulug‘ shoir geografik nomlar tasvir etilayotgan
vaohaning o‘ziga xosligiga kuchaytirish uchun foydalangan.
Muhammad Solihning ―Shayboniynoma ‖ dostoni ham Sharq geografiyasi , xususan
O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasini tasavvur etishda muhim manbadir.
Qarshining qushlari bisyor bo‘lur
Qushchining tumosi tayyor bo‘lur
Turna-yu g‘oz farovon asru
Qirg‘ovul bog‘larida sonsiz.
Qirchog‘oyning sog‘inishidan sonsiz
Demak, bu parchada Qarshining qushlari ko‘p va turli-tuman bo‘lishi ayniqsa tus
tovuq qirg‘ovul qarchig‘oy, turna va g‘ozlarning bisyor ekanligi tanitilmoqda.
Viloyatimizning Kesh, Kaspi, G‘uzor kabi shaharlari Qarshi shahrining Qashqadaryo,
Surxandaryo, janubiy Tojikiston, sharqiy Turkmaniston shimoliy Afg‘oniston uchun muhim
strategin o‘rni qayta-qayta ta‘kidlanmoqda. Shunday qilib, geografik tasavvur, geografik
nomlar atamalar va ualrning muayyan joy tabiati bilan bog‘liq tasvirlash yirik asarlari
uchun xos xususiyatdir.
Tarixiy sarguzasht va lug‘atshunoslik asarlari toponimik manbalar sifatida.
Ummiy tarix tipida yozilgan asarlardan biri Ma‘sud Usmon Ko‘histoniyning ―tarixi
Abulhroniy‖ bo‘lib, unda XV asrning ikkinchi yarmida Sibir , Ural va O‘rta Osiyoning
hududida o‘zbeklar davlatining tuzgan Abulayrxonning xonlik tarixi bayon etiladi. 1428
yilda Abulayrxonning xonlik masnadiga ko‘targan 30 ga yaqin qabilalar sanab o‘tiladi.
Burxut, Jot, do‘rmon iyjon, qoonboyli, qorliq, kenagasi qiyot, qo‘ng‘irot, mang‘it
masshtab, Nukus, uyg‘ur uyshun o‘tarchi chimboy. Asrning hozirgi o‘zbeklar tarkibiga
kirgan ulug‘ va qabilalar yashagan tarixiy davr bu davrda mavjud bo‘lgan geografik
nomlar nuqtai nazaridan ahamiyati kattadur. Sanab o‘tilgan qabilalar va urug‘lar hozirgi
kunda o‘zbek milati tarkibida shevalari ayrim urf-odatlari saqlagan holda yashab
kayrimlarning nomi sifatida geografik xaritalardan mustahkam o‘rin olgan - qo‘ng‘irot
shahri mang‘it , chimboy quronlari, nukus shahri va viloyatimizdagi Nukus qishlog‘i Qiyot
Qorliq Uyshun masit nayman, saroy qishloqlari – o‘zbek urug‘lari nomi bilan ataluvchi
etnonim ekanini hech kimda shubha tug‘durmaydi. ―Tarixi Abulxayrxoniy‖ asarida
Sirdaryoning o‘rta oqimidagi Sig‘noq, Sarvon, Suzoq, O‘zgand, Oqqo‘r‘gon, Arhuh va
boshqa shahrlar nomi va geografik o‘rni haqida ma‘lumotlar beriladi. Ushbu asar o‘zbek
ulusi bilan Temutiylar davlati o‘rtasidagi munosabatlarning tarixini o‘rganishda katta
ahamiyatga ekanligini eslatib o‘tamiz. Ulug‘bek fojiali o‘limidan (1449 yil 25 oktabr)
keyin Temuriy Mirzolar o‘rtasida toju taxt uchun kurash benihoyat kuchayadi. Xoja
Abdulloh Axrorning maslahati bilan Sulton Abusaid Sig‘noqqa Abulxayrxon huzuriga
yordam so‘rab boradi va uning bevosita qo‘llab quvvatlashi bilan 1450 yilda Abusaid
Mirzo Temuriylar saltanatining qo‘lga kiritdi. O‘shanda Abulayrxon marhum Ulug‘bek
Mirzoning qizi Robiya sulton begimga uylanib qaytdi. Abilxayrxon Robiya Sulton
begimdan ikki o‘g‘ilik bo‘ldi. Ko‘chkinchixon va Suyunchixo‘ja Mirzo Ulug‘bek
nabiralaridir.
Mashhur turkiyzabon shoirlardan biri Komoliddinxon Binoyining ―Shoyboniynoma‖
asari Shayboniyxon yoshligi Buxoroda madrasasida taxsil olganligi shoirning o‘zi Xirotdan
Samarqandga Temuriylar saroyidan Shayboniy saroyi kelib qolishi kabi qimmatli tarixiy
ma‘lumotlari bilan birga juda ko‘p shaharlar masalan xarodning vaizr Adoh, Bo‘ldimsoh
shaharlari haqida ham ma‘lumot berihi bila ahamiyatlidir.
TARIXCHI Abulxayr Fazlulloh Ro‘zbehonning ―Mehmonmonai Buxoro‖ asari ham
geografik toponimika jihatidan muhim manba hisoblanadi. Dashti qipchoqdagi o‘zbeklar uch
toifaga bo‘lganlar. Shayboniylar ya‘ni jochixonning beshinchi farzandi Shaybon naslidan
bo‘lgan erur va qabilalar . Qozoqlar, ya‘ni Abulayrxon hukmronligining so‘ngi davrda
Shayboniylardan ajralib chiqib dashti Qipchoq sharqiy rayonlari - cho‘l va Quziboshiga
ko‘chib ketgan turk-mo‘g‘il qabila 3. Mang‘itlar
Asar muallifi asarning bir bobida Sayhun daryosi, Turkiston diyorining tavsifi Arhuq
qal‘asining tarifini keltiradi. ―Turkiston iqlimi barcha iqlimlardan a‘lo iqlim‖ Turkiston
30 ta qal‘a qaraydi. ―Sirdaryo‖ jannatdan chiqqan daryolardan biri bo‘lib, uni Xo‘jand
daryosi, o‘zbeklar va mo‘g‘illar Sir deb ataydilar. Uzunligi 300 farsak deb nomlarni
toponimik izohini keltiradi. Dashti Qipchoqning sathi 600farsak daryolari va ko‘llari ko‘p
ob-havosi yaxshi, chorva boqish uchun moslashgan. Yaylovlar sultonlar va qabila
boshliqlari o‘rtasida qat‘iy taqsimlangan. Dashti Qipchoq xalqi namat bilan o‘ralgan maxsus
aravalarda istihomat qiladilar, janubdan shimol sari ko‘chib yuradilar. Yozni Itil (Volga)
Tobol daryolari bo‘yida qishni esa sohilida o‘tkazadilar. Bu malumotlarni Shayboniyxon
Ruzbehonga qo‘shni O‘grar shahari qarshisida turgan paytda aytib bergan. Tarixdan
ma‘lumki Muhammad Shoyboniyxon shoir va o‘qimishli donishmand hikmron bo‘lgan.
Keltirilgan ma‘lumot dashti Qipchoqning tarixiy geografik o‘rnini belgilashda juda
muhimdir. ―Mehmonnomai Buxoroda‖ Samarqanddan Qarshiga jo‘nab ketish Qarshi bilan
Samarqand oralig‘idagi manzilar haqida ma‘lumot beriladi. Qohi Mohiyon (Samarqanddan
ikki farsak masofada) Qohlik (beshfarsak) Damashq oqcha Buho haqidagi fikr yuritilgan.
Oqcha Buho yaylov Qarshi chorbog‘i, bu yerda Shayboni qurdirgan qasr haqidagi tarixiy
geografik ma‘lumotlar toponimika uchun ahamiyatlidir.
O‘rta Osiyo Qozog‘iston Sharqiy Turkiston shuningdek ularning shahar va yirik
geografik ob‘ektlari haqida 1541-1545 yilarda Kashmirda yozilgan ―Tarixi Rashidiy‖ asari
muhim manbva hisoblanadi. Boburning xolavachchasi bo‘lsa, Mirzo Muhammad xaydar
bu tarixiy geografik asarning muallifidir. Toshkentda tug‘ulgan Toshkent xoni
yunusxonning nevarasi bo‘lgan Muhammad Xaydar Mirzo Dug‘latning otasi Toshkent va
O‘rtatepa shahrining hajmi bo‘lgan Olimning otasi Husayn Kuragon Shayboniyxon
buyrug‘iga ko‘ra Xirotda 1908 yilda qatl etilgan. Haydarning hayoti xavf ostida bo‘lgani
uchun otasining do‘stlari Buxorodan Qobulga yashirin olib ketilgan. Bubur bilan birga
bo‘lgan qashqar Yorkent, Oqsuv, Mo‘g‘ilsiton Hindiston, Kashmir yerlarida turli vazifalarda
ishlagan. Qashqar va yerkent hokimi Abdurashidxonga bag‘ishlab yozilgan bu asarning
nomi ―tarixi Rashidiy‖ shundan Haydar Mirzaning geografik saviyasi bilan bo‘lgan.
Issiqko‘lni chiroyli badiiy tariflab, uning oqmas yo‘l ekanligini yozadi. Balxash (Ko‘kcha
dengiz) yo‘lini o‘lchamlari Kashmirning mukammal tarifi, Tebetning ―xaloy‖iqning kam
yetishi kabi geografik ob‘ektning chinakkam izohini keltiradi. Hofiz Tonish Buxoriyning
―Shafarnomai shohiy‖ nomli asari Buxoro xoni Abdullahon ikkinchining tarixi bo‘lish biln
birga O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasi shahar va boshqa ob‘ektlarning bayoni
berilganligi bilan ahamiyatlidir.
Mahmud ibn Valining ―Sirlar dengizi‖ o‘rta asrning eng so‘ngi chinakkam geografik
asardir. Masalan ―Xuroson – to‘rt viloyatga bo‘linadi – hirot, Nishopur, Balx va Marv ..
Xuroson Eroniy so‘z bo‘lib, Xuroftob son yer ma‘nosidadir‖ deb izohlaydi olim. Shayx
Sulaymon Buxoriy ham sayyoh ham lug‘atchi olimdir. Uning lug‘ati chig‘atoy va Turkiy
Usmoniy geografik atamashunoslik va toponimik jihatdan qimmatli manba hisoblanadi.
Bundan 150 yillar oldin yaratilgan bu asar geografik nomlar lug‘ati sifatida tarixiy
geografiya uchun o‘z ahamiyatini yo‘qitgan emas. Masalan ―Andijon, Farg‘ona, qit‘asida
mashhur bir balda ismidir, nomi qadim Odoqdir‖ Xorazm chegaralari avvalgi pytaxti ko‘hna
Urganch hozirgisi Xivoh dir deb aniq yozadi. Arno-ariq, og‘och masofa o‘lchovi, quyar ikki
suvning quyilishi, oyoz – sof, shaffof, oyli kecha, qoq-suv to‘planadigan joy, selob
yomg‘iri kabi atamalarning izohli lug‘atini tuzgan. Qori Rahmatulloh Buhoriy 1886 87
yillarda Turkmaniston, Eron, Kavkaz, Turkiya, Arabiston, Iroq sayohatida bo‘lib, qaytgan,
yo‘l xotiralari maxsus asar va risolalar tarzida tartib berilgan.
Joy nomlai va geografik ob‘ektlarning atoqli otlari hamma vaqt muayyan informativ –
axborotlar manbai hisoblanadi. Buning ustiga XX asr boshlarida qator fanlar alohida ilmlar
sohasi sifatida shakllanib, ularning muayyan tushuncha qoida va qonunlarni ifoda etuvchi
ilmiy termin, so‘z, iboralarni lug‘aviy jihatdan izohlash ko‘p tartibga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda tabiiy fanlar – geologiya, geografiya, geomorfologiya, biologiya biogeografiya,
tuproqshunoslik, fizika, kimyo va boshqa ilm sohalarida yangi terminlar paydo bo‘ldi. Bu
ilmiy ifodalarning o‘zbek tilida mazmun-mohiyatini aks ettirgan ekvivalentlik muhbilini
topish va izohlashga ehtiyoj kuchaydi. Tilning lug‘at tarkibiga kirgan bunday ilmiy
atamalarni tilshunoslik qonun-qoidalari asosida izohlash ilmiy atamashunoslikning vujudga
kelishiga olib keldi.
Geografiya va umuman Yer haqidagi ilmlarda qo‘llaniladigan o‘zbek tilidagi so‘z va
iboralarni shu bilan birga boshqa tilardan kirib kelgan so‘zlarni o‘zbek tilining lug‘at
boyligi asosida aniq so‘z birikmasi bilan ifodalash masalasida o‘zbek ilmiy merosimizning
bilimdoni va targ‘ibotchisi H.hasanovning ishlari alohida ahamiyatga ega. Qomusiy ilmlar
sohibi bo‘lgan ustos H.Hasanovning 1964 yilda ―Fan ‖ nashriyotidan ―Ruscha – O‘zbekcha
va o‘zbekcha – ruscha geografiya terminlari ‖ kitobi beqiyos ahamiyati kasb etadi. Kitob
geografiya va boshqa tabiiy fanlar uchun manbai bo‘lishi qatorida o‘zbek tilida lug‘atlar
yaratish tarixi bo‘yicha malumotlar beruvchi manba hamdir. O‘zbek tilida dastlab
lug‘atshunos olim. Odam Ibrohimov ―Geografiya atamalari‖ nomli kitobini
O‘z.Dav.nashriyoti (Toshkent 1935 ) yozib chop etirgan. Kitobda geografik nomlar bilan
birga yonma – yon geografik terminlar ham berilgan. Hasanovning ko‘rsatishicha tarminlar
malum bir tartib bilan berilmagan. Shunga qaramay bu lug‘atning o‘zbek tilida chop etilishi
muhim ahamiyat kasb etadi. 1940 yilda prof. Malitskiy rusch-o‘zbekcha terminlar lug‘ati ,
Bektemirov, Saidrasulov.
XX asr fanlarning defferentsiatsiyasi (tarmoqlarga bo‘linishi) va integratsialashuv
jarayonlari jadalashgan asrdir. Zotan tarmoq va sohalarning chuqur tadqiq etilishi yangi
tarmoq fanlarining vujudga kelishiga sharoit yaratdi. Bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlarning
muayan yo‘nalishlari tutashgan bo‘g‘inlarda yangi ―oraliq‖ fanlarning vujudga kelishi ro‘y
berdi. Huddi shunday fanlardan biri toponimika bo‘lib, ―yuqorida takidlaganimizdek
tilshunoslik geografiya tarix va boshqa fanlar o‘rtasida vujudga keldi. Joy nomlarining
ma‘nosi qayin tildan olinganligi qanday tarixiy va ijtimoiy voqeylik natijasi ekanligini
tadqiq etadi. Shu bilan birgalikda joy geografik sharoiti aniq nomda joy geografik sharoiti
aniq nomda mujasamlashivi masalasini toponimika o‘zgaradi.
Nomlarni bilish faqat ilmiy va marifiy jihardan ahamiyatli bo‘lmasdan amaliy va
mafkuraviy jihatlardan katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2004 yil 11 avgustda chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasidagi ma‘muriy
hududiy birliklar aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik ob‘ektlaga nom berish
ishlari tartibga solish to‘g‘risidagi qarori miliy qadryatlarimizning ko‘z ilg‘amas― qismiga
tarixchi tilshunos geograf mutaxasislar qolaversa bu ishga bosh qosh bo‘lgan ma‘sul
kishilar diqqatini jalb e tadi. Va tan tarixiga va qadryatlariga yanada jiddiy munosabatda
bo‘lishini talab etadi. Lug‘at tarkibiga kirgan so‘zlar har bir sohasida muayyan tushuncha
qonun- qoidalarni ifodalaydi. Geografiya termini bu qadimiy Yer ilmining tushuncha va
qonunlari mazmunini ifodalab mustaqil fan sifatida mavjud bo‘lishini takidlaydi. Shu
boisdan bo‘lsa kerakki geografik terminlarni o‘rganish va tartibga solish toponimika fani
bilan birgalikda olib borilgan. O‘zbekistonda dastlabki geografiya terminlarini tuzish XX
asrning 30-40 yillaridan boshlangan. Garchi ―Devoni Lug‘atit Turk‖ ―Lug‘ati Chig‘atoy va
turki usmoni‖ va boshqa lug‘atlar qadimdan mavjud bo‘lsada hozirgi zamon geografiyaning
termin va so‘zlariga asosan XX asrda tartib berildi. Dastlabki geografik lug‘atlardan biri
Odam Ibrahimov tomonidan yozilgan ―Geografiya atamalari‖ lug‘ati bo‘lib, lotin imlosida
1935 yilda nashr etilgan. Lug‘atda geografik nomlar bilan birga yon –ma yon terminlar ham
berilgan. Terminlar ro‘yhati betartib tasodifiy toplangan bo‘lishiga qaramay lug‘at tuzish
tajribasida ma‘lum ahamiyat kasb etadi. 1940 yilda Prof. Mallitskiy va G‘furovlar tahririda
nashr etilgan ―ruscha – o‘zbekcha geografiya terminlar lug‘ati‖ ancha mukammal ishlangan,
terminlar asosan to‘g‘ri, ammo \xalq so‘z terminlaridan foydalanilmagan. Bir guruh geografik
terminlardan umuman foydalanilmagan. Mahmud Qoshg‘ariyning ―Devoni lug‘atit Turk‖
Sulaymon Buxoriyning ―Lug‘ti chig‘atoyi va turki usmoniy‖ XVII asrda Hindiston podshosi
Boburiy Avrangzeb taklifiga muofiq Muhammad Yaqub Changiy tomonidan yozilgan
Chig‘atoycha-forscha ―qilurnoma‖ lug‘atlaridagi so‘zlardan foydalanilmagan. Shunday bo‘l-
sada ―Geografiya atamalari‖ va ―Qisqacha ruscha – o‘zbekcha terminlar lug‘ati‖
qo‘llanmalari O‘zbek miliy geografik terminshunosligida muhim bosqich bo‘ladi.
Har ikkala lug‘at lotin alifbosida chop etilgan bo‘lib, muayyan kamchiliklarga
qaramay geografik terminshunoslikda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Xalq terminlariga
etibor berilmagan yasama so‘zlar keltirilgan shuningdek ustun stremnina skala praduxt,
nurga poyma ples, obolochkka, nonos, korabel kabi o‘zbek tilida shundayligicha berilgan.
(Ustun-tik, qiyalik, utes qoya, stremnina – tez oqar joy, skala qoya tosh, preduxt- mahsulot,
nurga – shirabo‘ron, poyma-qayir, plyos-daryo o‘zani sayozligi, obolochka - qobiq, nopos-
yemirilgan jins to‘plami)
1953 yilda o‘zbek milliy geografiyasining tamal toshini qo‘ygan Dolimov Qarayev,
Hasanov, Mirboboyevlarning ―Qisqacha ruscha-o‘zbekcha geografiya terminlari lug‘ati‖ ni
tuzib, o‘quv pedagogika nashriyoti tomonidan nashr ettirdilar. Bu lug‘at haqida matbuotda
uni o‘quv ishlarida qo‘llash uchun qulayligi xususida qator taqrizlar elon qilindi. Lug‘at
tuzush masalasi boshqa fanlar uchun muhim ahamiyatga bo‘lgani uchun M.Bohodirov, Ya.
Nosirov, M.Umarov, H.Mirohmuhevlarning ―qisqacha ruscha-o‘zbekcha tuproqshunoslik
terminlari lug‘ati‖ A.Sodiqov, ―Geologiya terminlar lug‘ati‖ Z.N.Saidnosirova T.V. Derxsnov
―Ximyadan qisqacha izohli rusch-o‘zbekcha lug‘at‖ S.S.Sohabiddinov ―qisqacha ruscha-
o‘zbekcha botonika terminlari lug‘ati‘, Q.Zokirov M.M.Nabiyev, U.Pratov, H.A.Jomolxonov
―ruscha – o‘zbekcha botonika terminlarining qisqacha izohli lug‘ati‖ va boshqa o‘quv
qo‘llanmalari yaratilib, ilmiy terminshunoslik asoslari yaratildi
Rus tilidagi geografik terminlar lug‘atini o‘zbek tiliga tarjima qilib, nashr etish XX
asrning 50-60 yillarida ko‘proq ahamiyatga berildi, chunki geografiya faning terminlari
mazmunini izohlash fanni bilishda muhim jihat hisoblanadi. A.S.Borkov ―Tabiiy
eografiyadan izohli lug‘at‖ E.M. Murzayev V.Murzayeva ―Mahalliy geografik terminlari
lug‘ati‖ kabi izohli lug‘atlar ko‘p nusxada chop etildiki geiografik lug‘atshunoslik
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Oliy maktab geograf olimlari F.N.Mil‘kovning
―Slovar – lopediya – I-V jildlar (1959-1963) o‘z amaliy faoliyatlarida foydalanmoqdalar.
Aslini olganda H.Hasanovning ―Geografik terminlar lug‘ati ‖ atoqli geografik, nomlar
– toponimlarni qamrab olmaydi, lekin atoqli geografik nomlarning geografik tushunchaga
aylangan ―Osiyo maksumumi‖ , ―Islandiya maksumumi‖ kabi iqlimiy, geologik – geografik
turdosh otlarga aylanib qolganlarini izohlab beradi. ―Geografik terminlar lug‘ati‖ ning
ahamiyati shundaki, o‘zbekcha geografik terminalogiyaning manbalari , xalq geografiya
terminlari O‘rta Osiyo xalqlari tillaridan olingan so‘zlarning rus geografiyasiga, ayni vaqtda
xalqaro geografik terminalogiyaga kirgan - adir barxan, bagora Djeuliv, Kiyaris, qishloq,
kurgon, qir, soy, sel, soz, sir, taqir , to‘qay, chink, cho‘l, sho‘r va boshqa so‘zlar izohlab va
asoslab berilishidir. Xalqaro geografik terminalogiyada ishlatilayotgan bunday so‘zlar lug‘at
tarkibining bir ismi bo‘lish qatorida darslik va geografik- geologik adabiyatlarda muayyan
geografik mazmundagi voqiylik va hodisani ifodalahsda ishlatilmoqda. H.Hasanov asarida
o‘zbek tili lug‘atiga kirgan geografik terminlar - (okean passat kompos va hakozo – ikkiyuz
so‘zdan ko‘proq), rus tilidan aynan tarjima qilinib, kal‘ka yo‘li bilan yasalgan so‘zlar
(vodorazdel- suv ayirg‘ich, vodoxrapilishe – suv ombor, ) kabi so‘zlarni aniq iohlab bergan.
Arabcha – forscha, turkiy so‘zlarning geografik mazmunini ifodalashda xalqaro geografik
terminalogiyada qo‘llanib kelayotgan muhobil variantlarini ham tariflab beradi. Shuni aytish
kerakki H.Hasanov vaqtli matbuotda muayyan chalkashliklar bilan ishlatilayotgan cho‘l
so‘zini chinakkam ma‘nosini izohlab beradi. Kitobning asosiy qismi rusch-o‘zbekcha terminlari
lug‘ati bo‘lib, unda kiril imlosida alfavit tartibida rus tilidagi terminlarning o‘zbekchada
ishlatilish va yozilish variantlari berilganki buni o‘zbek geografik terminshunosligida katta
voqea qaramoq lozim. bor yo‘g‘i besh ming nushada chiqarilgan bu muhim geografik
qo‘llanma allaqachon nodir kitoblar qatoridan o‘rin olgan.
O‘zbek toponimika faning taraqqiyotida qomusiy geograf alloma H.Hasanovning ―O‘rta
Osiyo joy nomlari tarixidan ‖ (Toshkent ―Fan‖ 1965 ) nomli to‘rt ming nushada chop etilgan
asari beqiyos ahamiyatga ega. Kitobning toponimika uchun birinchi navbatdagi ahamiyati
shundaki, toponimlarni yerning tili deb tariflab bu fan muhiyatini tushuntirib berganligidir.
Birinchi ―Toponimika tarixi ‖ deb nomlangan qismida toponimika va joy nomlarini o‘rganish
ta‘rixi, tarixiy toponimiya, tayanch tushunchalar , O‘rta Osiyo joy nomlarining paydo bo‘lishi
olimlarning asarlarida toponimika qanday ahamiyatga ega ekanligi tariflangan. Kitobning
ikkinchi qismi ―Qisqacha toponimik lug‘at‖ ga bag‘ishlangan bo‘lib, Amudaryo Andijon,
Ashg‘abot, Bortang, Balxash, Borsa-Kelmas, Kaspiy, Bo‘kantov, Sarisen, Atrou, Sirdaryo,
Termiz, To‘palang, va boshqa o‘rta Osiyoning makro va mezo toponimlari paydo bo‘lishi
tarixiy lingvistik jihatdan tariflangan. Kitob ―tarixiy- geografik, nomlar izohati‖ bilan
tugaydi. O‘rta Osiyo toponimlarining tarixiy geografik o‘rni va nomlanishi haqida qimmatli
manba hisoblanadi. H.Hasanovning ―Geografik nomlar imlosi (Toshkent ―Fan‖ 1962) ‖
―Yer tili‖ Toshkent O‘zbekiston 1978. ―Geografik nomlar siri‖ (Toshkent ―Ozbekiston‖
1985) kitoblari - Respublikamizda toponimika va geografik atamashunoslik faning
asoschisiga aylanganini ko‘rsatadi. ―Geografik nomlar siri‖ ilmiy – ommabob ta‘rif bo‘lsada
toponimika bilishga ehtiyoji bo‘lgan barcha mutahasis, o‘qituvchi, barcha o‘zbek kitobhonlari
uchun har doim ma‘lumotnoma sifatida o‘qishga arziydigan zaruriy qo‘llanmaga aylanib qolgan
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero ―Yerning tili ‖ , ―Tarixiy toponimiya‖ , ―Beruniy va
Bobur toponimiya hususida‖, ―Toponimistlar‖ ―Anana va yangilik‖, ―Nomlar qanday paydo
bo‘ladi‖, ―Eng xato nom‖, ―Toponimlar‖, ―Toponimik o‘lkashunolsik ‖ va ―Toponimik
lug‘at‖ deb nomlangan boblar chuqur ilmiy va qiziqarli tarifda berilgan. Toponimika ilmi -
Yer yuzidagi joy nomlarining turlari, hususiyatlari, shakllanish qonuniyatlari haqida bahs aytadi.
Geografik nomlar o‘zgaruvchan, nomlarning o‘ziga xos siri haqida bilish geografiyadan ta‘lim
beruvchi muallimlar bilan bir qatorda barcha barchasini qiziqtirishi shubhasiz. 1520 yilda
dunyo aylana sayohatni amalga oshirib, Yerning shar shaklda ekanligini va dunyo okeaning bir
butunl;igini amalda isbotlagan F.Magellan janubiy sharqiy Osiyodagi orollar to‘plamini Ispan
shahzodasi Filip ikkinchi sharafiga Filip orollari deb atagan. Ruschadan o‘zbekchaga tarjima
qiluvchilar Filippin degan. Ruscha egalik qo‘shimchasi bilan noto‘g‘ri tarjima qilganlar bu
xato hozirgacha xaritalarda saqlanmoqda. Filippin davlatining hukumati va fuqorolari
orollarning tarixiy Maharlik – ulug‘vorlik, mahalliy nomini tiklash masalasi kun tartibida
turibdi. Shu Filippin toponimining paydo bo‘lishi voqeasi toponimika faning qiziqarli va
ommabop soha ekanligini yana bir bor isbotlandi. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida va
undan keyingi vaqtlarga vujudga kelgan Amerika, Avstraliya, Tinch okean regionlarda paudo
bo‘lgan. Ko‘pchilik nomlar haqida ham shu fikrni bildirish mumkin. Professir H.Hasanovning
o‘zbek miliy toponimika fanining asoschilaridan deyishimizning boisi ham bunday yangidan
paydo bo‘lgan nomlarning tarixi manosi, geografik imlolari qatiylashtirgani ,
standartlashtirgandir.
XX asr o‘zbek toponimikasidan eng ko‘p ish qilgan olimlar jumlasiga geografiya fanlari
doktori S.Qorayev, Qarshi davlat unversteti pro f. T.Nafasov , O‘zbekiston milliy unverstet
professirlari R.Rahimbekov Potihkamol G‘ulomovlarni ko‘rsatish mumkin. S. Qorayev
―O‘zbekiston‖ nashriyotidan chiqarilgan ―Geografik nomlar manosi‖ , kitoblari chiqarilgan.
Shu jumladan shuningdek boshqa olimlar birgalikda chiqargan asarlari muhim qo‘llanma
bo‘lib xizmat qilmoqda. S.Qorayev , P.G‘ulomov. R.Rahimbekov tomonidan tuzilga
―Geografiyadan izohli lug‘at‖ P.G‘ulomovning ―Jo‘g‘rofiya atamalri va tushunchalari izohli
lug‘ati‖ va boshqa joy nomalri va ulardan geografik talimda foydalanish metodikasiga
bag‘ishlangan ishlari O‘zbekistonda toponimika va geografiya terminshunoslikning
rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Miliy Unverstetda ijod qilgan geografiya fanlari doktori
marhum proffessor R.Rahimbekov bir qancha ishlar elon qilish bilan birga bir qancha ishlar
elon qilish bilan birga bir necha nomzodlik ishlariga ilmiy rahbarlik qildi. Toponimika
sohasida 45 ta fan nomzodlari yetishtirdi. Atoqli geograf va filolik S.Qorayev ―Toponimika
O‘zbekistonda‖ nomli kitobi bilan olib borgan toponimikaga doir ishlarni bir darajada
xulosalaydi., toponimika va geografik terminshunoslik jabhasida kelgusida qilinajak ishlar
haqida fikr yuritadi. Ayni paytda oldin nashr etilgan ―Topshkent toponimlari‖ , ―Geografik
nomalr ma‘noiisi ‖ kitoblarini mustaqillik mafkurasi talablariga binoan qayta ishlab nashr
ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |