3. YAkuniy bosqich (15 daqiqa) 3.1.Mavzuni umumlashtiradi, xulosalar qiladi,
yakun yasaydi.
3.2.Guruhlar
ishini
baholaydi,
faol
ishtirokchilarni alohida qayd qiladi va baholarni e‘lon
qiladi.
3.3. Mustakil ishlashlari uchun nazorat va test
savollariga tayyorgarlik ko‘rib kelish vazifasini beradi
(4,5- ilovalar). Eshitadi.
Vazifani yozib oladilar.
Guruhlarning bilim va ko’nikmalarini baholash mezonlari Topshiriqlar, baholash ko’rsatkichlari va mezonlari 1- guruh 2- guruh 3- guruh Maksimal ball - 2
- savol to‘liq yoritib berildi (0,5 ball)
- javoblar etarli darajada asoslab berildi (0,5 ball)
- guruh ishtirokchilarining faolligi (0,5 ball)
- berilgan savollarga javob berdi (0,3 ball)
- reglamentga rioya kildi (0,2)
Jami: (2 ball) Nazariy tushuncha Geografiya fani paydo bo‘lgan kundan boshlab hozirgi kunga qadar kishilarning - qaerda? degan
savoliga atroflicha javob berib kelmoqda. Bu vazifani to‘liq bajarishda unga geografiya fanlari tizimiga
kiruvchi Toponimika va Kartografiya fanlari yaqindan ko‘makchidir. Toponimlarga geografiya fanining
o‘rganish ob‘ekti sifatida qaralishining eng asosiy sababi nomlarning bugungi kundagi bosh vazifasi
(funksiyasi) ya‘ni har qanday geografik ob‘ektning manzilini (adresini) ko‘rsatib berishi bilan bog‘liqdir.
Materik va okeanlar dengiz va daryolar, ko‘l, buloq yoki muzliklar, tog‘ yoki tekisliklar, mamlakat va
shaharlar, qishloq, mahallalar va ko‘chalar o‘z nomiga ega. Er yuzasidagi millionlab geografik
ob‘ektlarning hududiy joylashgan o‘rni, manzili shu nomlar orqali aniqlanadi, xaritaga tushiriladi, u
erlarda yuz bergan va berayotgan voqea, hodisalar haqida ma‘lumot beriladi.